Buxgalteriya hisobi falsafadan keng foydalanadi. Jumladan, buxgalteriya hisobining ontologik jihati – bu falsafaning bir qismi bo‘lib, mazkur fan mazmunini o‘ziga xos usullar bilan o‘rganadigan, xo‘jalik jarayonlarini bilish to‘g‘risidagi ta’limotdir. Shuningdek, buxgalteriya hisobida falsafaning gnoseologik jihatlari ham qo‘llanilib, axborotlarning haqiqiyligi(ishonchliligi)ni aniqlashga imkon beradi.

Buxgalteriya hisobida hisobga olinayotgan obyektlarning iqtisodiy mohiyatini umumiqtisodiy fanlar o‘rganadi. Ularning ichida iqtisodiyot nazariyasi buxgalteriya hisobi uchun tayanch fan hisoblanadi. Mazkur fan xo‘jalik jarayonlarining iqtisodiy mohiyatini bilishda muhim o‘rin tutadi va unga asosan buxgalteriya hisobi xo‘jalik yurituvchi subyektning mablag‘lari va manbalarining kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonidagi mavjudligi hamda harakatini o‘rganadi. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy kategoriyalar va qonunlarning mohiyatini o‘rganadi. Jumladan, mehnat predmetlari, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, foyda, rentabellik va boshqalar.
Iqtisodiyot nazariyasi butun iqtisodiy tizimni, negizini mulkiy munosabatlar tashkil etuvchi, uning muhim harakatlanish qonunlarini o‘rganadi
Buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi axborotdan foydalanuvchilarni o‘z vaqtida, to‘liq hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya axborotlari bilan ta’minlashdir. Buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-buxgalteriya hisobi schotlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to‘g‘risida to‘liq va ishonchli axborotlarni shakllantirish;