OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
72b-20 guruh talabasi
G'iyosiddinov Sanjarbek
“Buxgalteriya hisobi” fanidan
Mustaqil ish
BUXGALTERIYA SCHYOTLARI VA ULARNING MOHIYATI. SCHYOTLARNI TURKUMLANISHI
Reja
Buxgalteriya hisobining schotlari va ularda xo'jalik muomalalarini
Buxgalteriya hisobi schotlarining turkumlanishi va schotlar rejasi
Korxonalar faoliyati hisobini yuritish zaruriyatida korxonaning xo‘jalik jarayonlari natijasida doimo tarkibiy va miqdoriy jihatdan o‘zgarib boradigan xo‘jalik mablag‘lari haqida har doimo ma’lumotga ega bo‘lib turish talab etiladi. Bu talabni bajarish uchun esa xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalarni hisobda guruhlab borish va tezkor nazorat o‘rnatishi kerak bo‘ladi. Buning uchun bux- galteriya hisobi elementlaridan biri schyotlar tizimidan foydalaniladi.
Buxgalteriya hisobida xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalarining harakati to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish uchun har bir mablag‘, manba va xo‘jalik jarayonlari alohida-alohida raqamlar bilan belgilanadi. Mablag‘, manba va xo‘jalik jarayonlari uchun belgi- langan raqamlar buxgalteriya schyotlari deb yuritiladi.
Buxgalteriya hisobi schyotlarining ikki tomoni bo‘lib, bir tomoni
«Debet», ikkinchi tomoni tomoni «Kredit» deb yuritiladi.
DT KT
Qadimiy savdo kitoblarida schyotning «Debet» tomonida kirim,
«Kredit» tomonida chiqim ko‘rsatilgan. Hozirda ham bu ma’no qisman saqlanib qolgan.
Bu schyotlar xo‘jalik mablag‘lari, ularning tashkil topish manba- larining harakatini hisobga olish ishlarini osonlashtirish va ulardan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilishda ham qo‘l keladi. Masalan, buxgalteriya hisobi tizimida «Xomashyo va materiallar» so‘zi o‘rnida — l0l0, «Kassa» so‘zi o‘rnida — 50l0, «Asosiy ishlab chiqarish» so‘zi o‘rnida — 20l0,
«Tayyor mahsulot» so‘zi o‘rnida — 28l0 kabi raqamlardan foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi schyotlari raqami bir davlatda bir xil qabul qilinadi. Buxgalteriya hisobi schyotlarining bir xilligini ta’minlash maqsadida
O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobi Milliy Standartlarining 2l-sonli «Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma» nomli standart qabul qilingan. Ushbu standartdagi schyotlar yig‘indisiga
«Buxgalteriya hisobi schyotlar tizimi» deyiladi.
Schyotlar tizimi xo‘jalik mablag‘larini va ularning tashkil topish manbalarini, xo‘jalik jarayoni natijasida ularning tarkibiy, miqdoriy va harakat jihatidan o‘zgarib borishini iqtisodiy guruhlash va doimo tezkor nazorat qilib borishdir.
Korxona faoliyatida yoppasiga, uzluksiz hisob qilib borilar ekan, korxona barcha mulkini o‘rganib, ularning xususiyatlarini yaxshilab anglab yetmoq kerakdir. Korxona mulklari hisobi to‘liq yuritilar ekan, hisob ishlarini osonlashtirish, oqilona tashkil etish maqsadida schyotlar rejasi ishlab chiqilgan. Shuni nazarda tutmoq kerakki, Buxgalteriya Hisobi Milliy Standartining ishlab chiqilishi va hayotga tatbiq etilishi zaruriy hol bo‘lganidek, schyotlarning yangi rejasini ishlab chiqish ham zarur bo‘lib qoldi va schyotlarning yangi rejasi korxonalar moliya xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobida qo‘llanilib kelmoqda.
Schyotlar rejasi 6 qism va 9 bo‘limdan iborat. Schyotlar rejasining qismlari quyidagilardir:
l-qism. Uzoq muddatli aktivlar. 2-qism. Joriy aktivlar.
qism. Majburiyatlar.
qism. Xususiy kapital (mulk).
qism.Moliyaviy natijalarni shakllanishi va ishlatilishi. 6-qism. Balansdan tashqari schyotlar.
Schyotlar rejasidagi bo‘limlar quyidagicha nomlangan:
l-bo‘lim. Asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlar.
bo‘lim. Tovar-moddiy zaxiralari.
bo‘lim. Kelgusi davr sarflari va muddati uzaytirilgan sarflarning joriy qismi.
bo‘lim. Olinadigan schyotlar.
bo‘lim. Pul mablag‘lari, qisqa muddatli investisityalar va boshqa joriy aktivlar.
bo‘lim. Joriy majburiyatlar.
bo‘lim. Uzoq muddatli majburiyatlar.
bo‘lim. Kapital (mulk), foyda va zaxiralar. 9-bo‘lim. Daromad va sarflar.
Schyotlar rejasini bilish nafaqat buxgalterlar, balki auditorlar, soliqchilar qisman tashqi foydalanuvchilar (aksiyadorlar, ta’sischilar) uchun ham kerakdir.
Schyotlarning tuzilishi. Schyotlar ikkiga ajratiladi:
Aktiv schyotlar — xo‘jalik mablag‘larini aks ettiruvchi schyotlar.
Passiv schyotlar — xo‘jalik mablag‘larini tashkil topish manbalarini aks ettiruvchi schyotlar.
Aktiv va passiv schyotlarning tuzilishi quyidagi sxema orqali aks ettirilgan:
D m + Aktiv K m - D m - Passiv K m +
Yuqorida ko‘rinib turganidek, har ikkala turdagi schyotlarning ham debet va kredit tomonlari mavjud. Farq shundaki, aktiv schyotlarning debetida ko‘payish, kredit tomonida esa kamayish aks ettiriladi.
Passiv schyotlarda esa aksincha, debet tomonida kamayish, kredit tomonida esa ko‘payish aks ettiriladi.
Ma’lumki, schyotlar oy boshiga ochiladi. Bu vaqtda mablag‘ va ular manbalari mavjud bo‘lib, ular oy boshiga qoldiq deb ataladi.
Oy davomida xo‘jalik jarayoni natijasida mablag‘lar va ular manbalari harakati (ko‘payishi, kamayishi) oborot deyilib, ularni debet yoki kredit tomondaligiga ko‘ra, debet oborot, kredit oborot deb ataladi.
Aktiv schyotlarda debet oborot oy davomida mablag‘larning kiri- mini, kredit oboroti esa mablag‘lar oy davomida kamayishini bildiradi.
Passiv schyotlardagi debet oborot oy davomida mablag‘ tashkil
topish manbasi kamayishini, kredit oborot esa oy davomidagi manba ko‘payishini bildiradi.
Buxgalteriya hisobi schyotlari doimo bosh qoldiq bilan boshlanib, oxirgi qoldiq bilan yakunlanadi. Ba’zi bir yig‘ib taqsimlovchi yoki tranzit schyotlarda bosh qoldiq ham, oxirgi qoldiq ham bo‘lmaydi. Chunki ular oy boshiga ochilib, oy oxirida yopiladi. Aktiv schyotlardagi oy oxiriga qoldiqni aniqlash uchun, oy boshiga qoldiq summaga debet oborot summasini qo‘shib, kredit oborot summasini ayirish orqali topiladi:
D T oq. = D T bq. + DT ob. − K T ob
bunda, DT oq. — debet oxirgi qoldiq; DT bq. — debet boshlang‘ich qoldiq; DT ob. — debet oborot;
KT ob. — kredit oborot.
Buni chizma ko‘rinishida quyidagicha aks ettirish mumkin:
Dm + 50l0 Km -
Bq. 400
42.000 40000
454.000 454000
4000 6.200
DT ob. 500000 KT ob. 500200
DT oq. 200
200 = 400+500000-500200
Korxona kassasidagi naqd pul oy boshida 400 so‘m bo‘lgan, oy davomida esa 500.000 kirim bo‘ldi, oy davomida sarflangan naqd pullar 500200 sumni tashkil etdi. Demak, oy oxiriga 200 so‘m naqd pul kassada qoldi.
Xuddi shunday tuzilish passiv schyotlarda ham ko‘zga tashlanadi.
DT - 67l0 KT +
bq.40000
l40000 600000
60000
20000
420000
DT ob. 640000 KT ob. 600000
KT oq. -
Korxonaning xodimlar oldida mehnat haqi yuzasidan 40.000 so‘m qarzi mavjud edi, oy davomida esa 600.000 so‘mlik mehnat haqi yuzasidan majburiyat ko‘paydi. Xodimlar oyligidan ushlangan summalar va to‘langan summalar oy davomida 640.000 so‘mni tashkil etdi.
Demak, oy oxiriga korxonaning xodimlar oldida qarzi qolmadi, ya’ni
K T oq. = K T bq. + K T ob. - D T ob.
0 = 40000+600000−640000
k. Schyotlarning turkumlanishi
Buxgalteriya hisobi schyotlari haqida yaxshi tushunchaga ega bo‘lish uchun ularning xususiyatlarini o‘rganish zarur. Buxgalteriya hisobi schyotlari o‘zining vazifasi, mazmuni, joylashgan joyiga qarab bir necha guruhlarga bo‘linadi.
Buxgalteriya hisobi schyotlari quyidagi xususiyatiga ko‘ra turkum- lanadi:
schyotlarning tuzilishiga ko‘ra;
ko‘rsatkichlarning aks ettirilishiga ko‘ra;
balansda aks ettirilishiga ko‘ra;
mo‘ljaliga, tayinlanishiga ko‘ra.
Schyot tuzilishiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:
aktiv schyot;
passiv schyot.
Aktiv schyotlar xo‘jalik mablag‘larini aks ettirishga, passiv schyotlar esa ular manbalarini aks ettirishga mo‘ljallangandir.
Ko‘rsatkichlar aks ettirilishiga ko‘ra, schyotlar ikki xil bo‘ladi:
sintetik schyotlar;
analitik schyotlar.
Sintetik schyotlar xo‘jalik mablag‘lari va ular manbalari haqida umumiy hamda qiymat ko‘rinishida ma’lumotlarni olish maqsadida hisob yuritishga mo‘ljallangan.
Analitik schyotlar ma’lumotlari xo‘jalik mablag‘lari va ularning manbalarini nafaqat qiymat, balki natura hamda mehnat o‘lchov birliklarida ham hisob yuritishga mo‘ljallangandir.
Analitik schyotlar bo‘yicha buxgalteriya provodkalari amalga oshiril- maydi.
Balansda qatnashishiga ko‘ra schyotlar ikki xil bo‘ladi:
— balansdan tashqari schyotlar.
Balansdagi schyotlar deb, balansda qatnashadigan schyotlarga aytilib, ular bo‘yicha ikki yoqlama yozuv amalga oshiriladi.
Balansdan tashqari schyotlar esa l0 ta bo‘lib, ularda hisob yozuvlari faqat bir yoqlama olib boriladi.
Tayinlanishi — mo‘ljaliga ko‘ra schyotlar 5 xil bo‘ladi:
l. Asosiy schyotlar.
Tartibga soluvchi schyotlar.
Taqsimlovchi schyotlar.
Kalkulatsiya schyotlari.
Taqqoslovchi schyotlar.
l. Asosiy schyotlar.
Asosiy schyotlarning 2 turi mavjud: Aktiv va Passiv. Aktiv schyotlar o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi:
mehnat vositalari va uzoq muddatli aktivlarni;
aylanma mablag‘larni;
xo‘jalik munosabatlarini aks ettiruvchi aktiv schyotlar.
Mehnat vositalarini va uzoq muddatli aktivlarni aks ettirish uchun quyidagi schyotlar mo‘ljallangan:
0l00 — «Asosiy vositalar»;
0300 — «Lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar»; 0400 — «Nomoddiy aktivlar»;
0600 — «Uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar»;
0700 — «O‘rnatiladigan asbob-uskunalar»;
0800 — «Kapital qo‘yilmalar va hokazo schyotlari».
Aylanma mablag‘larning hisobi quyidagi schyotlarda olib boriladi: l000 — «Materiallar»;
5000 — «Kassadagi naqd pullar»; 5l00 — «Hisob-kitob schyoti»; 5200 — «Valuta schyoti»;
5500 — «Banklardagi maxsus schyotlar»; 5600 — «Pul hujjatlari»;
5700 — «Yo‘ldagi jo‘natmalar»;
5800 — «Qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilma»; 2800 — «Tayyor mahsulot»;
2900 — «Tovarlar va hokazo schyotlari».
Xo‘jalik munosabatlarini aks ettiruvchi aktiv schyotlarga quyidagilar misol bo‘ladi:
0900 — «Uzoq muddatli debitorlik qarzlar va hokazo schyotlar»;
4000 — «Olinadigan schyotlar»;
4200 — «Xodimlarga berilgan bo‘naklar yuzasidan hisobla- shishlar»;
4700 — «Xodimlar bilan boshqa operatsiyalar bo‘yicha hisob- lashish»;
4800 — «Turli debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitob».
Asosiy schyotlardan yana biri passiv schyotlar, o‘z navbatida korxona o‘z mablag‘lari manbalarini va schyotdan jalb qilingan mablag‘lar manbalarini, ya’ni majburiyatlarini aks ettiruvchi passiv schyotlarga bo‘linadi.
Korxona o‘z mablag‘lari manbalarini aks ettiruvchi passiv schyotlarga quyidagilar misol bo‘ladi:
0200 — «Asosiy vositalar eskirishi»;
0500 — «Nomoddiy aktivlarning eskirishi»;
8700 — «Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)»; 8300 — «Ustav kapitali»;
8900 — «Kelgusidagi xarajatlar va to‘lovlar yuzasidan zaxiralar»;
9600 — «Maqsadli moliyalash, tushumlar va hokazo schyotlar».
Chetdan jalb etilgan mablag‘lar manbasi, ya’ni majburiyatlarni aks ettiruvchi schyotlarga misol:
68l0 — «Banklarning qisqa muddatli kreditlari yuzasidan hisob-
lashish»;
78l0 — «Banklarning uzoq muddatli kreditlari yuzasidan hisob- lashish»;
6820 — «Qisqa muddatli qarzlar yuzasidan hisoblashish»;
7820 — «Uzoq muddatli qarzlar yuzasidan hisoblashish»;
72l0 — «Muddati uzaytirilgan uzoq muddatli majburiyatlar va hokazo schyotlar».
Ushbu schyotlar mablag‘lar va ular tashkil topish manbalarining ba’zilarini kalkulatsiya obyektlariga yoki davrlar bo‘yicha to‘g‘ri taqsim- lanishini ta’minlaydi.
Taqsimlovchi schyotlar ikkiga bo‘linadi:
— yig‘ib taqsimlovchi;
— hisobot davrlari bo‘yicha taqsimlovchi.
Yig‘ib taqsimlovchi schyotlariga 23l0 — «Yordamchi ishlab chiqa- rish», 25l0 — «Umumishlab chiqarish xarajatlari» schyotlarni misol tariqasida keltirish mumkin.
Masalan, asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar yordamchi ishlab chiqarish yordamida ta’mirlanadi. Yordamchi ishlab chiqarish tomonidan bajarilgan ta’mirlash xarajatlari 23l0 — «Yordamchi ishlab chiqarishlar» schyot debetida yig‘iladi va ta’mirlash ishlari tugatilgach, asosiy ishlab chiqarish xarajatlariga qo‘shiladi. Agarda ishlab chiqarishda bir necha mahsulot tayyorlanayotgan bo‘lsa, shu mahsulot tannarxiga mahsulot turini ishlab chiqarishda band bo‘lgan asosiy vositalar qiymatiga ko‘ra mos ravishda taqsimlanadi.
Yig‘ib taqsimlaydigan schyotlardan yana biri 25l0 — «Umum ishlab chiqarish xarajatlari» schyot bo‘lib, uning debetida umumishlab chiqa- rish bilan bog‘liq xarajatlar jamlanadi va ushbu xarajatlarni alohida hisobga olish obyektlari o‘rtasida (A mahsulot, B mahsulot yoki yordamchi ishlab chiqarish) taqsimlash tartibi tegishli normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Hisobot davrlari bo‘yicha taqsimlanadigan schyotlarga 3l00 —
«Kelgusi davrlar xarajatlari», 49l0 — «5hubhali qarzlar bo‘yicha zaxira- lar», 89l0 — «Kelajakdagi xarajatlar va to‘lovlarning zaxirasi» larni misol qilib keltirish mumkin. Kelgusi davr xarajatlari 3l00 — «Kelgusi davrlar xarajatlari» schyotida yuritilib, aktiv schyot hisoblanadi. Kelgusi davr bilan bog‘liq xarajatlar sarflanganida ushbu schyotlarning debetida aks ettiriladi. Xarajat qo‘shilishi zarur bo‘lgan hisobot davrlari kelganda esa 3l00 — «Kelgusi davrlar xarajatlari» schyotida yig‘ilgan xarajatlar summasi shu schyot kreditida va tegishli ishlab chiqarish xarajatlari schyotlari yoki davr xarajatlari schyoti debetida aks ettirib borish yo‘li bilan taqsimlanadi.
Masalan, korxonada 2009- yilning noyabr oyida kelgusi 20l0- yil uchun 60000 so‘mlik obuna to‘lovi hisoblandi va hisoblashish schyotidan to‘landi.
58
Obuna to‘lovi hisoblanganda:
DT 3l90 − 60000 so‘m
KT 6990 − 60000 so‘m.
Obuna to‘lovi nashriyotlarga o‘tkazilganda:
DT 6990 − 60000 so‘m
KT 5ll0 − 60000 so‘m.
20l0- yilning yanvar oyida esa obuna shu oy uchun ham amalga oshirilganligi e’tiborga olinib, kelgusi davr xarajati emas, balki joriy davr xarajati sifatida aks ettiriladi.
60000 so‘m : l2 oy q 5000 so‘m
DT 9430 − 5000 so‘m
KT 3l90 − 5000 so‘m.
Xuddi shu buxgalteriya provodkasi 2009- yilning barcha oylarida aks ettirilib boriladi va 20l0- yil boshiga 2009- yil uchun sarflangan obuna xarajatlari qoldig‘i qolmaydi.
89l0 — «Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari yuzasidan zaxira» schyoti xususiyati ham xuddi shunday xarajatlarni hisobot davralari bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlashga mo‘ljallanganligidadir.
Dostları ilə paylaş: |