Buxgalteriya va audit



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/32
tarix21.10.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#65730
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32
Saidazimxon Salohiddinov

Hujjatlar tili va uslubi 
Hujjatlarning tili va uslubiga qadimdan e’tibor berishgan. Bir qat'iy
tartibda qonun-qoidalarga rioya qilingan holda yozilgani ma’lum. Turkiy tilida
teri, yog‘och, sopol, va pergamentlarga yozilgan hujjatlar talablariga ko‘ra
bitilgan. Turkiy tilda bitilgan hujjatlar X-XII asrlarda, o‘zbek (turkiy) tilida
yozilgan hujjatlar XIV-XVI asrlar Amir Temur davriga to‘g‘ri keladi. O‘zbek
tilida hujjatlar tuzish keyingi asrlarda ham davom etgan, ammo qisman fors
tilida ham rasmiylashtirish bo‘lgan.
Hujjatlar tili umumadabiy tildan ajralgan emas. U vazifasiga ko‘ra rasmiy 
uslubga xos. Rasmiy uslub xarakteriga muvofiq hujjatlarda aniqlik, mantiqlik, 
ishonarlilik va ihchamlik yuzaga keladi. Shuning uchun ham hujjatlar rasmiy


uslub talablariga javob bera olishi talab qilinadi. Bu o‘z o‘rnida hujjatlarning 
axborotlarini rasmiy ravishda xolisligini yuzaga keltiradi. 
Hujjatlar tilining o‘ziga xosligi shundaki, unda (trafaretli) so‘z qolipli va
andozali so‘z birikmalari, gaplar qo‘llaniladi. Bu jihati bilan ilmiy, matbuot,
badiiy uslublardan farq qiladi. 
Mustaqillik qo‘lga kiritilgandan keyingi davrda hujjatlar tilida 
ishlatilayotgan so‘zlar qatlami ayrim “eskirib qolgan” deb hisoblanadigan 
atamalar bilan to‘lgani aniq. Masalan, bildirgi (bildirish), ma’lumotnoma, 
tavsifnoma, bayonnoma va boshqalar. 
Hujjatlarning leksik xususiyatlaridan biri, unda trafaret, qolipli bir shaklda
qo‘llaniladigan so‘zlar ishlatilishidadir: buyuraman, tasdiqlayman, ma’qullansin, 
eshitildi va b.
Hujjat tilida badiiy asarlarda qo‘llaniladigan o‘xshatish jonlantirish, 
tasviriy so‘zlar, shuningdek so‘zlashuv uslubiga xos shevaga oid hamda dag‘al
so‘zlar, kitobiy-tantanavor so‘zlar uchramaydi, ishlatilmaydi. Istagan holda
so‘zlarni qisqartma shaklda berish qoidaga to‘g‘ri kelmaydi. Umumqabul
qilingan qisqartma so‘zlardan foydalanish mumkin. 
Morfologik jihatdan ham hujjatlar tili o‘ziga xos, ya’ni unga erkalash-
kuchaytirish qo‘shimchalari, subyektiv baho so‘zlari ishlatilmaydi. 
Hujjatlarda 2 shaxs qo‘shimchasi qo‘llanilmaydi, chunki hujjatlar fe’lning 
1 yoki 3 shaxs nomidan yoziladi. Shu tufayli - man (buyuraman, so‘rayman, 
tavsiya etaman), -miz, -di qo‘shimchalari so‘zlarga qo‘shilib ishlatiladi (iltimos
qilamiz, eshitildi, so‘raydi, so‘zga chiqdi va b.) 
Hujjatlarning o‘ziga xosligi shundaki, ularda harakat nomlari ko‘p
qo‘llaniladi (masalan, joriy etish, hizmat ko‘rsatish, ijtimoiy himoya qilish). 
Fe’lning buyruq-istak mayli majhul nisbat shaklining qo‘llanishi ko‘proqligi
bilan hujjatlar xarakterli (ko‘paytirilsin, bajarilsin, iltimos qilamiz, so‘raymiz)dir. 
Fe’lning o‘tgan hamda hozirgi-kelasi zamon shakllarining qo‘llanish
doirasi hujjatlarda kengroq (qatnashdilar, so‘raydi, ma’qullaydi, hisobga olinadi
va b.). 
Sonlarning ishlatilishi hujjatlar turiga qarab tartibga rioya qilingan
holda yoziladi. Ayrim hujjat turlari, masalan, ishonchnoma, tilxat kabilarda
sonlar son bilan ham, so‘z bilan ham yozish talab qilinadi. Pul, moddiy boylik


bilan bog‘liq hollarda qoidaga muvofiq son bilan birga uning yozma ifodasi
hujjatda o‘z ifodasini topgan bo‘lishi shart deb qabul qilingan.
Hujjatlarda qolipga tushgan so‘z birikmalari, sintaktik tuzilmalar ko‘p
qo‘llanadi. (masalan, men, Mahmudov Ozod..., ro‘yxatga olinsin, ... qilish
maqsadida, ....qaror qilindi, Siz rahbarlik qilayotgan). Hujjatlarda turgan
frazeologik birikmalar, ya’ni ko‘chma ma’noda qo‘llanuvchilar ishlatilmaydi. 
Gaplar turiga kelganda darak gapning xabar, axborot beruvchi,
ta’kidlovchi xarakterdagi turlari keng qo‘llaniladi. Odatda so‘roq, undov
mazmunidagi gaplar, shuningdek murakkab qo‘shma gaplar ishlatilmaydi. 
Hujjatlarni madaniy tuzilishda, tayyorlashda, imlo va tinish belgilari, 
xatboshiga alohida e’tibor berish zarur. Hujjat nomi- sarlavhalardan keyin
o‘zbek tilida qoidalarga muvofiq nuqta qo‘yilmaydi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin