Buxgalteriya va audit



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/32
tarix21.10.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#65730
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32
Saidazimxon Salohiddinov

Tashkiliy hujjatlar
Bunday hujjatlarda korxona va tashqilotlarning huquqiy tomonlari, 
xodimlari, boshqaruv jarayonining borishida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, 
boshqa tashkilotlari bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks 
ettiradi. Bu hujjatlar guruhiga nizomlar, yo'riqnoma, majlis bayonlari, shartnomalar 
kiradi. 
Guvohnoma 
Guvohnoma muayyan shaxsning xizmat va boshqa holat va vakolatlarini 
tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. U bajaradigan vazifasiga qarab bir necha turga 
bo‘linadi. 
1. 
Muayyan shaxsning xizmat va boshqa holatlarini ko‘rsatadi. Masalan, har 
bir kishi ishga yoki o'qishga qabul qilinganida unga guvohnoma beriladi. Bu 
guvohnoma o‘z egasining aynan shu yerda ishlashi yoki o'qishini tasdiqlovchi 
hujjat bo‘lishi bilan birga, unga shu muassasaning turli bo‘linmalarida erkin kirib-
chiqish huquqini beradi. 


2. 
Muayyan shaxsning biron ishga (masalan, taftish o'tkazishga) oid vakolatini 
ko'rsatadi. 
Bunday 
guvohnomalar, 
odatda 
rahbar 
tomonidan 
beriladi. 
Guvohnomalarning bu turi yonda olib yurishga moslashtirilib, qattiq muqovali 
daftarcha shaklida tayyorlanadi. Ulaming zaruriy qismlari quyidagicha: 
1) 
hujjat nomi («Guvohnoma»)- bu so'z muqova ustiga yoziladi; 
2) 
guvohnoma beruvchi tashkilot nomi; 
3) 
guvohnoma egasining ismi-sharifi (toMiq yoziladi); 
4) 
lavozimi; 
5) 
guvohnomaning amal qiiish muddati (odatda har bir yil muddat ko'rsatiladi, 
so‘ng uning cho‘zilgani haqida beigi(muhr) qo‘yiladi; 
6) 
tashkilot rahbarining imzosi; 
7) 
shaxsiy imzo; 
8) 
guvohnoma egasining surati; 
9) 
tashkilot muhri (uning bir qismi surat ustiga bosilishi kerak); 
3. 
Xizmat safari guvohnomasi xodimga safar vaqtida yuklatilgan xizmat 
vazifasini bajarishga vakolat beruvchi hujjat. Guvohnoma maxsus blankada 
rasmiylashtriladi va xodim qo‘liga topshiriladi. Uning zaruriy qismlari yuqorida 
keltiriIgan tarkibiy qismda bir oz farq qiladi. 
Xizmat safari guvohnomasi moliyaviy hujjat boMgani uchun u to'g'ri 
rasmiylashtirilishi kerak. Unda barcha imzo va muhrlaming bo'lishi alohida 
ahamiyatga ega. Bundan tashqari turli malaka oshirish muassasalarida ta'lim olgan 
shaxslarga tegishli guvohnoma hisoblanadi. Bunday guvohnomalarda amal qiiish 
muddati ko'rsatilmaydi. Guvohnomada berilgan sana va mansabdor shaxslar 
imzosigina bo'ladi. 
Yo‘riqnoma 
Qonun yoki boshqa me’yoriy hujjatlami tanishtirish maqsadida 
chiqariladigan huquqiy hujjat.Yo‘riqnomaning asosiy zaruriy qismlari: 
1. 
Eng yuqorida tasdiqlash ustxati. 
2. 
Hujjatning sarlavhasi, (yo‘riqnomaning nomi). 
3. 
Matnning kirish qismi, bo'limlari, kichik bo'limlari va h.k. 


4. 
Yo‘riqnoma tuzuvchining lavozimi, ismi, ota ismi va familiyasi, uning 
imzosi. 
5. 
Yo'riqnoma tuzilgan vaqt sanasining va tartib raqami, shartli raqami indeksi
Nizom 
Muassasa yokl uning tarkibiy bo'linmalarining tuzlilshi, huquqi, vazlfalari, 
burchlari, ishni tashkil qilishlari tartibotini belgilaydigan huquqiy hujjat. Nizom 
ayrim mansabdor shaxslarga va turli tadbirlar ko'rik, musobaqa, tanlov va 
boshqalarga nisbatan ham tuzilishi mumkin. 
Ko'pincha nizom muassasalar ta’sis etilishi yoki tashkil topishi paytida 
tuziladi va yuqori tashkilotlar farmoyishi bilan tasdiqlanadi. Muassasalarning 
tarkibiy qismlari ularning rahbarlari tomonidan tuziladi va muassasa rahbari 
farmoyishi bilan yoki tasdiqlash ustxatini qo‘yish bilan kuchga kiradi. 
Muvaqqat komissiyalar, guruhlar va shu kabilarning huquqiy maqomlari ham 
nizom bilan belgilanadi. 
Nizomning asosiy zaruriy qismlari: 
1. 
Hujjat turining nomi. 
2. 
Vazifalari nizom bilan belgilanayotgan muassasa tarkibiy qismining nomi. 
3. 
Matnning mazmuni: muassasa tuzilishidan maqsad va asoslar; asosiy 
vazifalari; muassasa tuzilishi, huquqi, ishni tashqil qilish tartiboti. 
4. 
Muassasa rahbari imzosi. 
5. 
Sanavajoyi. 
6. 
Tasdiqlash usthati yuqori qismida o‘ng burchakda joylashadi. 
Ustav 
Muayyan munosabat doirasidagi faoliyat yoki biror davlat organi, 
muassasaning tuzilishini yo‘naltirib turadigan asosiy nizom va qoidalar majmuyi. 
Ustav biror organ yoki muassasa vazifalari va huquqiy holatini tavsiflaydigan 
me’yoriy ahamiyatga ega. Binobarin, ustav nizomga nisbatan keng tushunchadir. U 
ko‘proq ma’lum bir tarmoq, sohalar, yirik muassasalar bo‘yicha tuziladi. 
Qoida 


Bu hujjat ichki mehnat tartiboti, ya‘ni unda ishni tashkil etish, xodimlar 
bilan ma’muriyat o'rtasidagi majburiyatlar, ta'tillar berish tartibi, ichki tartib (ish 
vaqti va undan foydalanish, yutuqlar uchun rag‘batlantirish va mehnat intizomi 
buzilgani uchun jazo berish kabi masalalami aks ettiradi). 
Qoidalar mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishida muhokama etiladi va 
tasdiqlangandan keyin kuchga kiradi. Shunday qilib, har bir tashkilotdagi qoidalar 
soni va mazmuni uning ish tartibi va vazifalaridan kelib chiqaai. Masalan, 
studentlarning oliy o‘quv yurti binosida o‘zini tutish qoidalari, yotoqxonadan 
foydalanish qoidalari bunday muassasalarda joriy etilgan qoidalar sirasiga kiradi. 
Shartnoma 
Shartnoma ikki yoki undan ortiq tomonning biron bir munosabatlar o'rnatish 
haqidagi kelishuvini qayd etuvchi va munosabatlami tartibga soluvchi hujjatdir. 
Shartnoma to‘g‘risida maxsus qoidalar mavjud bo‘lib, ular O'zbekiston 
Respublikasi Fuqorolik Kodeksining 353-385 moddalarida bayon etilgan. 
Shartnomalar tashkilotlar 0‘rtasida, tashkilot bilan fuqaro, shuningdek, 
fuqaro bilan fuqaro o‘rtasida tuzilishi mumkin. Har qanday shartnoma uning 
maqsadi va mazmunidan qat'i nazar qonunga muvofiq boMishi kerak. 
Shartnomalar hajm jihatiga ko‘ra ancha katta hujjat bo‘lib, asosan, quyidagi 
qismlardan iborat: 
1.Shartnomaning nomi (mahsulot etkazib berish, uy-joy sotib olish va h.klar). 
2. 
Shartnoma tuzilgan sana. 
3. 
Shartnoma tuzilgan joy (shahar nomi). 
4. 
Shartnoma tuzayotgan tomonlaming aniq va to‘liq nomi , tomonlar 
vakillarining to'liq ismlari va vakoiatlari ko‘rsatiladi. 
5. 
Shartnoma matni. 
6. 
Tomonlaming huquqiy manzillari. 
7. Tomonlarning imzolari va muhrlari. 
Shartnoma matni ko'pincha rim raqamlari bilan belgilanadi. Boblar esa 
bandlarga bo‘linadi hamda ular arab raqamlari bilan ko'rsatiladi. Matnda tomonlar 
bajarish lozim boMgan shartlar va boshqa majburiyatlar aniq bayon qilinadi. Ba'zi 
shartnomalarda keltiriladigan zararlami to‘lash shartlari ham belgilanadi. Tomonlar 


shartnomaning barcha moddalari bo'yicha kelishib olganlaridan keyingina 
shartnoma tuzilgan hisoblanadi. 
Bitim 
Muassasa va alohida xodim o'rtasida mehnat shartnomasi - bitim tuziladi. 
Uning mazmuni va shartlari 0‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksida 
belgilab berilgan. Muassasalar bilan ulaming hisobida turmaydigan shaxslar 
o‘rtasida ham ma’lum mehnat munosabatlari o‘rnatilishi mumkin. Ba'zi hollarda 
ma'lum cheklangan muddatda bajariladigan xizmatni muayyan muassasaning 
o‘zidan bajaradigan xizmatchi bo'lmay qoladi. Shunday hollarda chetda taklif 
qilingan mutaxassis bilan mehnat bitimi tuziladi. 
Bitimning zaruriy qismlari: 
1. 
Hujjat nomi. 
2. 
Tuzilgan sana va joy. 
3. 
Mehnat bitimi, tuzayotgan tomonlarning to‘la va aniq nomi, ishlovchining 
lavozimi, to‘liq ism-sharifi. 
4. 
Bitim mazmuni. 
5. 
Ishni bajarish muddati va bajaruvchiga to'lanadigan ish haqining umumiy 
miqdori. 
6. 
Ish sifatiga qo‘yiladigan talablar va uni qabul qilib olsh tartibi. 
7. 
Bajaruvchiga haq toMash muddati va tartibi. 
8. 
Tomonlaming manzillari. 
9. 
Tomonlaming imzolari. 
10. 
Muassasa 
muhri. 
Shunday shartnomalar borki, ular notarial idoralar tomonidan iqlanishi shart. 
Bunday shartnomalar mazmun jihatidan turlicha boMadi day shartonomalar 
fuqarolar o'rtasidagi mulkiy munosabatlami tartibga di. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin