Buxgalteriya va audit


Hujjat namunalari bilan ishlash



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/32
tarix21.10.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#65730
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32
Saidazimxon Salohiddinov

Hujjat namunalari bilan ishlash 
Ish yuritish huijatlari qo‘llanish doirasi, maqsad va vazifalariga ko‘ra to‘rt 
guruhga bo‘linadi:
l. Tashkiliy hujjatlar (guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom, shartnoma va boshqalar)
2. Farmoyish hujjatlari (buyruq, ko‘rsatma , farmoyish). 
3. Ma’lumot-axborot hujjatlari (ariza, bayonnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, 
tavsifnoma, tarjimai hol, tilxat, tushuntirish xati, e’lon va boshqalar). 
4. Xizmat yozishmalari (taklifnoma, telegramma, xatlar). 
Mazmun bayonining shakliga ko‘ra hujjatlar xususiy, namunaviy va qolipli 
hujjatlarga bo‘linadi. Bojxona organlarida xususiy hujjatlarga fuqarolardan kelib 
tushgan ariza va shikoyatlar, ularning asosida olib boriladigan xizmat
yozishmalari misol bo‘ladi. Ular aksariyat hollarda ayni bir vaziyat va holatni 
izohlab, tushuntirib berish maqsadida yoziladi. Namunaviy hujjatlar sirasiga ish 
yuritish sohasiga oid hujjatlarning aksariyati, ya’ni har bir tashkilot va uning 
bo‘linmalari uchun zaruriy bo‘lgan bildirgi, xizmat ma’lumotnomasi, tavsifnoma, 
majlis bayoni kabi belgilangan tartibda tuziladigan hujjatlar kiradi. 
Qolipli hujjatlarning ko‘plab turlari mavjud, ular soha faoliyatini 
osonlashtiradi, vaqt va moddiy resurslarni tejashga imkon beradi, ish jarayonida 
qulaylikni oshiradi. 
Ma’lumot-axborot hujjatlari 
Bu turdagi hujjatlar guruhi anchaginani tashkil qiladi. Bu guruhga kiruvchi 
hujjatlar, ya‘ni ariza, ma'lumotnoma, tushuntirish xati, dalolatnoma, ishonchnoma, 
tavsifnoma, tavsiyanoma, taqdimnoma, guvohnoina, taklifnoma. hisobot, tarjimai 
hoi, tilxat, bildirishnoma, bayonnoma kabilar ish jarayonida juda keng qo'llanadi. 
Ularing har biriga alohida to‘xtab o‘tamiz. 
Tarjimai hol 


Ma’lum bir shaxs tomonidan o‘z shaxsiy hayoti va faoliyati haqida bayon 
qilingan yozuv. Tarjimai hol bir xil andozaga ega emas, mufassal yoki muxtasar 
yozilishi mumkin. Garchi u erkin (ixtiyoriy) tuzilsa-da, biroq tarjimai holda ayrim 
qismlarning bolishi shart. 
Tarjimai holning asosiy zaruriy qismlari: 
1. 
Hujjatning nomi (Tarjimai hoi). 
2. 
Matn: 
1) 
muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi; 
2) 
tug‘ilgan yil, kun, oy va tug'ilgan joyi; 
3) 
ota-onasi haqida qisqacha ma’lumot (familiyasi, ismi va ota ismi, ish joyi); 
4) 
ma’lumoti va ma’lumotiga ko'ra mutaxassisligi; 
5) 
ish faoliyatining turlari; 
6) 
oxirgi ish joyi va lavozimi; 
7) 
mukofot va rag'batlantirishlar; 
8) 
jamoat ishlarida ishtiroki; 
9) 
oilaviy ahvoli va oila a‘zolari; 
10) 
turar joyi; 
3. 
Sana. 
4. 
lmzo. 
Tarjimai hoi oddiy qog'ozga, ayrim hollarda,ya‘ni ishga, o‘qishga kirishda 
maxsus bosma ish qog'ozlariga qo‘lda yoziladi. Matnni bayon qilish shakli hikoya 
uslubida bo‘lib, birinchi shaxs tilidan yoziladi. 
Barcha ma’lumotlar davriylik (xronologiya) asosida beriladi. Tarjimai hoi 
shunday tuzilishi kerak-ki, u bilan tanishgan kishi muallifning hayot yo'li, 
ishchanlik mahorati, ijtimoiy-siyosiy faoliyati haqida tasavvurga ega bo'lsin. 
Ariza 
Muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif 
yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Ariza ijtimoiy hayotda eng 
ko‘p qo‘llaniladigan va keng tarqalgan ish qog‘ozdir. Maktab o‘quvchisi va talaba 


ishchi va dehqon, muhandis va olim, xizmatchi va yuqori mansabdor shaxs — 
jamiyatning barcha a’zosi ariza yozishdan holi emas. Ariza yozuvchilarning yoshi 
va ijtimoiy vazifasi turlicha ekan, ariza yo'llanayotgan muassasalar va idoralar ham 
xilma — xildir. 
Hajm, uslub va turidan qat’i nazar, ariza o‘zining umumiy zaruriy qismlariga ega. 
Shuni eslatib o'tmoq joizki, arizaning zaruriy qismlari barcha arizalarda ham 
birday takrorlanavermaydi. Masalan, xodim o‘zi ishlayotgan korxona yoki idora 
rahbariyatiga ariza yozganda uning yashash joyi haqida ma’lumot zarur bo‘lmaydi. 
Bunday hollarda xodim o‘zi ishlaydigan bo‘lim (qism, bo‘lim va hokazo) va 
lavozimini ko'rsatsa kifoya. Shuningaek, ko'pchilik arizalar uchun ilovalarning 
hujjati bo‘lmaydi. 
Ariza bir necha so‘zdan iborat bo‘lishi, yoki keng jamoatchilikni 
o'ylantirayotgan ijtimoiy masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilgan xat 
tarzida bo‘lishi ham mumkin. Shu nuqtayi nazardan arizalar sodda va murakkab 
turlarga ajratiladi. Murakkab ariza matni katta bo‘lishi bilan birga, unga ilovalar 
qilinadigan turlari ham uchraydi. Arizalar aksar hollarda shaxsiy xususiyatga 
egadir. Shu bilan birga, xizmat arizalari ham bo‘ladi. Xizmat arizasi—fuqarolar 
yoki tashkilotlarning o‘z huquqlarini amalga oshirish yoki manfaatlarini himoya 
qilish yuzasidan yozma axborotlar hisoblanadi. Da’vo arizalari ana shunday 
arizalardandir. Iltimos va shikoyat mazmunidagi arizalar taklif mazmunini aks 
ettirgan arizalarga hamda da’vo arizalariga nisbatan ko‘p qo'llaniladi 
Arizalarning navbatdagi keng tarqalgan turi o'quv yurtlariga kirish yoki 
muayyan jamoat tashkilotlariga a’zo bo'lish haqidadir. 
Ish jarayonida ham xodimiar o'zlari ishlab turgan muassasasnning 
rahbariyatiga turli mavzularda arizalar yozadilar. Ular ish sharoitini yaxshilash, 
boshqa ishga o'tkazish, nafaqa belgilash, qo'shimcha ta’til berish, moddiy yordam 
ko‘rsatish, yashash sharoitini yaxshilash haqida iltimos mazmunida yoki ish 
sharoitini yaxshilash va mehnat unumdorligini oshirish haqida taklif mazmunida 
yozilishi mumkin. 
Mehnatkashlar va boshqa toifadagi aholi ish joyidan tashqari ko'plab rasmiy 
va jamoat tashkilotilariga turli mavzudagi arizalar bilan murojaat etadilar. Bu 
arizalar vositasida fuqarolar davlat idoralari yoki jamoat tashkilotlari orqali 
o‘zlariga ega bo‘lgan muayyan haq-huquqlarini amalga oshiradilar, shu bilan birga 
shikoyat mazmunidagi arizalar fuqarolarning haq-huquqlarini, qonun yoli bilan 
muhofaza qilinadigan manfaatlarini buzish yoki cheklashlarni bartaraf qilish 
haqida murojaatlar o‘z aksini topadi. Arizalar mahalliy (viloyat, tuman, shahar, 


qishloq) kengashlarning boshliqlariga, ijtimoiy ta’minot idoralariga, sud va 
prokuratura idoralariga, notarial idoralarga, fuqarolik holati hujjatlarini qayd qilish 
va arxiv bo‘limlariga, qurilish boshqarmalariga va boshqa idoralarga yozilishi 
mumkin. 
Da’vo arizasining matni (mazmuni) matinda nizoning mohiyati, da’voga 
ming nizoni ko'ngilli ravishda hal qilish yo'lidagi chora-tadbirlari va uning 
natijalari, da’vogarning javobgarga qo‘ygan talablari, talablaming haqqoniyligiga 
dalillar aniq va yaqqol bayon qilinadi. 
Ilovalar (da’vogarning talablarini asoslovchi barcha hujjatlar sanaladi). 
Da'vo arizalari fuqarolar tomonidan ham yoziladi. Bunday arizalar ko'pincha 
sud idoralariga yoziladi va xizmat arizalaridan faqat to'rtburchak muhrning 
bo'lmasligi bilan farqlanadi. Fuqarolarning da’vo arizalari aliment undirish, mol-
mulkni bolish, bolani qaytarib olish, qo'shimcha ishlaganlik uchun haq undirish, 
turar joydan ko‘chirish, qarzni undirish kabi mazmunda bo‘lishi mumkin. 
Hisob-kitob arizasi bajarilgan ishlarga haq to‘lash haqidagi yozma yoki 
og‘zaki mehnat shartnomalari asosida muayyan ishlarni bajargan ayrim ishchi 
(xizmatchi) lar tomonidan muassasa rahbari nomiga yoziladi. Hisob-kitob arizalari 
ham erkin usulda yoziladi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin