Buxgalteriya va audit



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/32
tarix21.10.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#65730
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32
Saidazimxon Salohiddinov

Ma’lumotnoma 
Ma’lumotnoma o‘z xususiyati va mazmuniga ko'ra ikkita: xizmat 
ma’lumotnomasi va shaxsiy ma’lumotnomaga bolinadi. Xizmat ma’lumotnomasi-
muassasa faoliyatiga doir voqea - hodisalarni rasmiy aks ettiradi va tasdiqlaydi. 
Xizmat ma’lumotnomasi axborot xususiyatiga ega bolgan xilma-xil ma’lumotlarni 
o‘z ichiga oladi, zarur hollarda esa raqamli jadvallar ko'rinishida tayyorlanadi. 
Bunday ma’lumotnomalar muassasa faoliyatiga aloqador voqea-hodisalar haqida 
yuqori idora yoki mansabdor shaxsni xabardor qiladi. Taqdim etilayotgan 
ma’lumotlar muassasa, jamoa xo'jaligi, ishlab chiqarish faoliyatining muhim 
masalalari bo'yicha, uning moliyaviy faoliyati, xodim (shtat) lar soni, 
rejalashtirilgan topshiriqlaming bajarilishi, moddiy tovar boyliklarining saqlanish 
holati: mehnat intizomining ahvoli haqida boshqa so‘ralayotgan masalalar 
to‘g‘risida bolishi mumkin. Masalan, Toshkent qishloq xo‘jaligi mashinasozligi 
zavodida 2007-yildagi mehnat intizomi haqida ma’lumotnoma. 
Xizmat ma’lumotnomasi ham o‘z navbatida ikkiga: ichki xizmat va tashqi 
xizmat ma’lumotlariga bolinadi. Ichki xizmat ma’lumotnomasi: muassasaning 
ichki ishlari, xo‘jalik faoliyati, biror tarkibiy bo’linma yoki ayrim xodim haqida 


tayyorlanib, shu muassasa rahbariga yo‘llanadi. Bunday ma’lumotnomalar bevosita 
tuzuvchi (bo'linma boshlig’i, ish yurituvchi (bo’linma boshlig’i, kadrlar bo’limi 
boshlig’i, ish yurituvchi oddiy xodim va boshqalar) tomonidan imzolanadi va 
oddiy qog'oz varag’iga qo’lda yozilinshi ham mumkin. 
Tashqi xizmat ma’lumotnomasi - muayyan muassasa nomidan yuqori idora 
yoki mansabdor shaxslarga, ularning ko'rsatmasiga muvofiq tayyorlanib 
jo‘natiladi. Bunday ma’lumotnomalar oddiy ish qog‘oziga yoki maxsus bosma ish 
qog'oziga yoziladi va muassasa rahbari tomonidan imzolanadi. 
Har qanday xizmat ma’lumotnomasi boshqa biron-bir hujjatni guvohlantirish 
yoki muayyan qaror qabul qilish uchun asos bo‘ladi. 
Xizmat ma’lumotnomasiga matn mazmunini ochib beruvchi sarlavha 
qo'yiladi. Masalan, "Korxonaning ma’muriy boshqaruv xodimlari soni haqida". 
Ma’lumotnomada qayd etilayotgan xabarlarga taalluqli sana alohida ajratib, asosiy 
matn oldidan yoziladi. 
Shaxsiy ma’lumotnoma — muassasalar tomonidan fuqarolaring turmush va 
ish faoliyatiga aksar voqea-hodisalar va holatlarni tasdiqlab beradigan hamda talab 
qilingan joylarga ko‘rsatiladigan rasmiy hujjatdir. Masalan, muassasa ishchi yoki 
xodimga uning qayerda, kim bo’lib va qancha maosh olib ishlashi haqida o‘quvchi 
va talabaga esa qayerda o'qishi haqida fuqarolik holati hujjatlarini qayd qilish va 
shaxsning tug'ilganligi va h.k. vafot etganligi to'g‘risida ma’lumotnomalar beradi. 
Ma’lumot-axborot hujjatlari bilan ishlash yo’l-yo’riqlari: 
Ma’lumotnoma: ma’lumotnoma rahbarlar ko’rsatmasi yoki fuqaro talabiga ko’ra 
beriladi. 
Shaxsiy ma’lumotnomaning zaruriy qismlari: tashkilot nomi, berilgan sana, 
tartib raqami, ma’lumotnoma berilayotgan kishining familiyasi, ismi, otasining 
ismi, uning mazmunini tashkil etuvchi qisqa matn, qayerga taqdim etilayotganligi, 
tashkilot rahbarining imzosi, familiyasi va tashkilot muhri bo’lishi kerak. 
Bildirishnoma: bildirishnomaning zaruriy qismlari: tashkilot rahbari 
familiyasi, hujjat yozayotgan kishining lavozimi, familiyasi va hujjat matni, ilova 
hujjat hajmi va nusxasi ro’yxati, tuzuvchilarning imzo va familiyasi hamda sana 
keltiriladi. Bildirishnoma tashabbus, axborot, hisobot hususiyatiga ega, korxona 
doirasida va yuqori tashkilot, mansabdor shaxslar nomiga yoziladi. 
Shaxsiy ma’lumotnoma o'zining zaruriy qismlari jihatidan rasmiy xizmat 
ma'lumotnomasiga yaqin turadi, chunki shaxsiy ma’Iumotnomlar ham aksar 


hollarda oddiy ish qog'oziga yoki oldindan tayyorlangan bosma ish qog'oziga 
yoziladi. Ushbu ish qog’ozlarida bir qancha zaruriy qismlar va takrorlanuvchi 
iboralar o'z aksini topgan bo'ladi Shaxsiy ma’lumotnomalarda u yo'llagan idora 
yoki shaxs nomi bo'lmaydi: Isli joyiga (yashash joyiga) ko'rsatish uchun beriladi. 
Bosma ish qog'ozlari bo'lmagan hollarda ma’lumotnomalar oddiy qog‘ozga qo‘lda 
yoki kompyuterda yoziladi va uning chap burchagiga korxona yoki jamoat, 
tashkilotining to'rtburchak muhri qo'yiladi, uning qarshisiga, o‘ng tomoniga so‘zi 
yoziladi. Ish haqini tasdiqlash haqidagi va pul bilan bog'liq boshqa shaxsiy 
ma’lumotnomalarga tegishli muassasaning bosh (katta) hisobchisi ham imzo 
qo‘yishi kerak. Ma’lumotnomalarning bu turi ham jo'natma hujjatlar daftarida qayd 
etilib, xodim qo‘liga beriladi. 
Ba’zan ma’lumotnomalar bosma ish qog‘ozida emas, balki oddiy qog'ozga 
yozilib birgina muhr va imzo bilan tasdiqlanadi. 
Tilxat 
Tilhat - ma’lum bir shaxsdan yoki muassasadan pul, hujjat qimmatbaho 
buyumlar yohud boshqa biror narsa olinganligini tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjat. 
Tilxat birgina nusxada tayyorlanadi hamda pulli va qimmatbaho hujjat sifatida 
saqlanadi. 
Tilxatning asosiy zaruriy qismlari: 
1. 
Hujjatning nomi (Tilxat), 
2. 
Matn: 
1) tilxat beruvchi shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi va ota ismi; 
2)pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsani beruvchi shaxsning
lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi (zarur bo‘lganda 
muassasa nomi); 
3) pul, hujjat, buyum yoki boshqa bir narsaning nomi va ularning miqdori 
(zaruriyat boMganda bahosi); 
4)olinayotgan buyumning texnik holati (agar u mashina apparatlar va h.k. 
bo‘lsa). 
3. 
Tilxat berilgan sana. 
4. 
Tilxat muallifming imzosi. 


Olinadigan pul miqdori yoki buyumning bahosi va uning soni tilxatda 
raqamlar bilan ko'rsatiladi, qavs ichida esa so'zlar bilan ham berilishi mumkin. 
Matn va imzo oralig‘idagi bo‘sh joylar chiziladi. 
Tilxatdagi yozuvlarni o'chirish yoki tuzatish mumkin emas, aks holda bunday 
hujjatning haqiqiyligi shubha ostiga olinishi mumkin. 
Ba’zan tilxatda guvohlar ham ko‘rsatiladi. Bunday hollarda guvohlar o‘z imzolari 
bilan hujjatni tasdiqlashlari kerak. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin