Buxgalteriya va audit


Хizmat yozishma hujjatlari. Хizmat xatlari



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/32
tarix21.10.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#65730
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32
Saidazimxon Salohiddinov

Хizmat yozishma hujjatlari. Хizmat xatlari. 
Xizmat yozishmalari 
Hozirgi zamon hujjatchiligida xizmat yozishmalari alohida o'rin egallaydi 
va juda keng miqyosda qoMlanadigan hujjatlar oqimini o‘ziga qamrab olgan. 
Xizmat yozishmalari mazmunan xilma-xil, chunki u tashkilot faoiiyatining 
turli masalalari bilan bogMiq. Xalq xo‘jaligi tarmoqlari, sohalari D'ziga xos 
xususiyatga ega, tartiboti mavjud. Ish yuritish ham sohaning faoliyatidan kelib 
chiqqan holda olib boriladi. Ular, asosan, rasmiy xarakterdaligi bilan har bir soha, 
yo‘nalish uchun xos boMgan hujjat turlariga egaligi bilan ma’lumot-axborot, 
tashkiliy farmoish guruhiga mansub tiujjatlardan farq qiladi. Til xususiyati 
jihatidan, ayniqsa, sohalarga oid so‘z va so‘z birikmalarining qoMlanishi bilan 
ham o'ziga xoslikka ega. 


Xizmat yozishmalariga xizmat xatlari, xodimlar faoliyatiga doir hujjatlar, 
diplomatik va tijorat yozishmalari, shuningdek, moliya, hisob-kitob, aloqa tizimi 
pochta xizmatini o‘zida ifodalovchi)da olib boriladigan yozishma, xatlarni 
Xizmat xatlari 
Tashkilot, korxona muassasa o‘rtasida xizmat aloqalari hujjatlar orqali taiga 
oshiriladi. Hujjatlar qamrovi keng bo'lib, u turli xildagi mazmunga, ni iltimos, 
so‘rov, xabar, tasdiq, taklif, da’vo, ko‘rsatma, javob xarakteriga a bo'lishi mumkin. 
Bunday xatlar xizmat xatlari deb yuritiladi va ular rcha tashkilotiarda yuritiladigan 
hujjatlaming deyarli 80 foizinr tashkil adi. 
Xizmat xatlari xususiyatiga ko‘ra o‘zaro farqlanadilar. 
Bajariladigan vazifasiga ko‘ra xatlarni: 
1) 
javob xatni talab qiluvchi xatlar (da’vo, so‘rov, iltimos xatlar); 
2) 
javobni talab qilmaydigan xatlar (ilova, tasdiq, eslatma, axborot, kafolat itlar 
va .h.k). 
Shunday xatlar borki, ularda ham iltimos, ham eslatish, ham kafolat berish 
a’nolari mujassamlangan bo‘ladi. Ammo xatlar asosan, bir maqsadga iratilgan 
bo'ladi, masalan, kafolat xatida kafolat berish ma’nosi ifodalanadi. 
Xizmat xatlari tayyor bosma ish qog‘ozlariga yoziladi. Ular oddiy qog‘ozga 
iziladi, uning chap tomonidagi yuqori burchagiga tashkilot nomi qayd qilingan 
‘rtburchak muhr qo‘yiladi. 
Har qanday xizmat xati mantiqiy jihatdan o‘zaro bog'liq bo'lgan 3 qismdan 
orat bo'ladi. Birinchi (kirish) qismida xat bilan tegishli muassasaga murojaat ishga 
asosiy sabab bayon qilinadi. Ikkinchi qismda dalillar asosida xatda qo'yilayotgan 
masalani hal qilish zarurligi ko‘rsatiladi. Xatning xulosa (uchinchi) qismida asosiy 
maqsad ifodalanadi. 
Xizmat xatlari qisqa, ammo mazmunan aniq va ravshan boMishi kerak. 
Hajmi jihatdan katta bo'lmasligi, ya'ni bir betdan ortib ketmasligi kerak. Juda 
muhim masalalar yozilgan taqdirda, istisno tariqasida 3 betgacha bo'lishi, mufassal 
bayon qilinishi mumkin. 
Xizmat xatlari 2 nusxada yozilib, bir nusxa tashkilotda qoldirilib, bir nusxa 
jo'natiladi. Xat agarda 2 va undan ortiq joyga yoMlanadigan bo‘Isa, uni oluvchilar 
4 tadan oshmasligi kerak. Xizmat xatlari odatda tashkilot nomiga, agarda masalani 
hal qilinishi rahbar bilan bog'liq boMsa, xat rahbar nomiga jo‘natiladi. 


Sarlavha xizmat xatlarida katta ahamiyatga ega. Ular hujjatning qisqacha 
mazmuni nima haqda ekanligini ko‘rsatib beriladi. Sarlavha qisqa, aniq berilishi 
qulaylik yaratadi. Sarlavha matndan oldin chap tomonda beriladi. 
Xatlar tashkilot rahbari tomonidan imzolanadi. Rahbar bo‘lmagan hollarda 
esa uning vazifasini bajaruvchi yoki o'rinbosari imzo chekishi mumkin. Bunday 
vaqtda lavozim aniq ko‘rsatiladi. 
Moiiyaviy, hisob-kitob to‘lov kafolatnomalarida imzo chekuvchilar soni 2 
yoki undan ortiq boMishn mumkin. Imzolar lavozimlar tartibiga ko'ra qo'yiladi. 
Imzodan so‘ng imzo chekkan shaxsning ism-sharifi yoziladi. 
Xizmat xatlarining nomi qo'yilmaydi, uning mazmunidan qanday xat ekanligi bilib 
olinadi. 
Da’vo xati (Da’vonoma) 
Bunday xatlarda talab va e’tirozlar bayon qilinadi. 
Da’vo xatlari tuzilgan shartnomalar bajarilmay qolganda o‘z qonuniy 
huquqlarini va manfaatlarini himoya qilish maqsadida tuziladi. 
Da’vo xatlari, odatda 3 nusxada tayyorlanib, 1-nusxasi aybdor tashkilotga 
yuborilib, 2-nusxasi da'vogarning o'zida qoldiriladi. Aybdor muassasa da’vo xatda 
ko'rsatilgan talablarni bajarishdan bosh tortsa, xatning 3-nusxasi da’vo arizasiga 
qo‘yib sudga yoki hakamlikka topshiriladi. 
Da’vo xatlarida da’vogar talabni asoslaydigan hamda tasdiqlaydigan dalillar, 
ko‘rsatmalar, dalolatnomalar xatga ilova qilinadi, ularning ro‘yxati ko'rsatilidi. 
Axborot xati 
Axborot xat amalga oshirilayotgan xabar qilish maqsadida tuziladi. Uni 
tashkilot yoki shaxs amalga oshirishi mumkin. 
Axborot xat hajmi oddiy. Ma’lumotnoma k^'rinishiga o‘xshaydi. Xatlar 
ahamiyatiga ko‘ra mansabdor shaxs yoki kotib, yoki referent tomonidan 
imzolanishi mumkin. 
Ilova xat 
Xatni qabul qilib oluvchilarni jo‘natiladigan hujjatlar haqida yozma xabardor 
qilish uchun qoMIanuvchi qisqacha xabar qog'ozidir. Ilova xat ish yuritishda keng 
tarqalgan. Muassasalarda bunday xatlar shartnoma loyihalarini, ziddiyatli 
bayonnomalarni, da’vo materiallarini jo'natishda qo‘llaniladi. 


Ilova xatlarda shartnomalar, da’vo materiallarini jo'natilish vaqti va turli 
hujjatlar loyihasini ko‘rib chiqish muddatlari ham qayd qilinadi, shu sababli da’vo 
— shikoyat ishlarida u yozma dalil sifatida qo‘lianishi mumkin. 
Ilova xatlar boshqa hujjat materiallari bilan birga qo'shib jo‘natiladi, 
Ilova xatlarning matnida, odatda, xulosa qismi asosiy o‘rinni egallaydi. Unda 
ilova qilinayotgan hujjatlar va ulami jo‘natishdan ko‘zlangan maqsad ham 
ko‘rsatiladi. Hujjatlami jo'natishda har doim ham ilova xat tuzilishi shart emas. 
Birgina hujjatni (ma’lumotnoma, buyruqnoma va boshqalar) jo‘natishda ilova 
xatlar tuzilmaydi. Agar ilova qilingan hujjatlar qo'shimcha izohlar, ma’lumotlar, 
taklif va iltimoslar bilan bog‘liq bo‘lsa yoki ilova qilinayotgan hujjatlar bir necha 
qismlardan tashkil topsagina, ilova xat tuzish maqsadga muvofiqdir. Boshqa 
barcha hollarda ilova xat ortiqcha hisoblanadi. Ilova xat davlat intizomiga rioya 
qilishni va jo‘natiladigan hujjatlarning yaxshi saqlanganligini nazorat qiluvchi 
ishonchli vositadir. 
Yo'llaymiz, ilova qilamiz, qayta yo'llaymiz, taqdim qilamiz kabi so‘z va birikmalar 
ilova xatlarning o‘ziga xos belgisi hisoblanadi. 
Kafolat majburiyatlari ham ana shunday xatlar jumlasiga kiradi. 


Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin