Buxgalteriya va audit



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/32
tarix21.10.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#65730
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32
Saidazimxon Salohiddinov

Iltimos xat 
Myassasalar ma’lum bir ishni amalga oshirish yoki tugatish maqsadida 
boshqa muassasalarga rasmiy xat orqali iltimos qilishi mumkin. Muassasalar 
o'rtasidagi bunday o'zaro yozishmalar iltimos xat vositasida bajariladi. Iltimos xat 


xizmat xatlari orasida eng ko'p tarqalgan turlardan hisoblanadi. Iltimos xatlar ham 
boshqa xatlar kabi muassasalarning oddiy ish og‘oziga yoziladi va albatta 
jo‘natiIish sanasi va jo'natma tartib raqami o'rsatiladi. 
Iltimos xatlaming eng sodda ko'rinishi shaxsiy va jamoat arizalariga i‘xshash 
bo‘ladi. 
Kafolat xat 
Muayyan bir shart yoki va’dani tasdiqlash maqsadida jziladi. 
Xatlaming bu turi qoidaga ko‘ra bajarilgan ish uchun haq to'lasnda, ;hning 
bajarilish muddati haqida, turar joy bilan ta’minlashda, ishga qabul ilishda, 
bajariladigan ishning sifati haqida kafolat berish uchun tayyorlanadi va ishkilot 
yoki alohida shaxslarga jo‘natiladi. 
Kafolat xati korxona rahbari tomonidan imzolanadi. Moliyaviy ishlar bilan og'liq 
boMgan kafolat xatlariga, albatta, bosh hisobchi ham imzo chekishi arur. 
Ba’zan kafolat xati matnida «kafolat» berish bilan birga xabar berish, >‘rash, 
iltimos kabi ma’nolar ham ifodalanishi mumkin. 
Tashkilotlar tomonidan kutubxonalarga beriladigan tayyor andozaviy afolat 
majburiyatlari ham ana shunday xatlar jumlasiga kiradi. 
Tijorat yozishmalari 
Tashqi iqtisodiy faoliyatning turli tomonlarini rivojlantirishda tijorat 
yozishmalari ahamiyatli o'rin tutadi. Bunda bitim, shartnoma tuzish va bajarish 
bilan bog‘liq masalalar ifodalanadi. 
Tijorat yozishmalarining shakli aslida 150 yil avval Angliyada paydo bo'lgan 
va u ish yuritishda keng ommalashib ketgan. 
Tijorat yozishmalarida shartnomasimon hujjatlar qo'llaniladi. So'rovnoma, 
oferta (taklif xat), buyurtma xat, aksent (rozilik xati), bank hujjatlari (schet, 
faktura, avizo) ham shu tijorat xatlariga kiradi. 
Tijorat xatlari vazifasiga ko'ra: 1) so'rovga javob; 2) oferta-taklifga javob 
turlariga bo'linadi. Shuningdek, da'vo (reklamatsiya)ga javob shakli ham uchraydi. 
So'rov xatida tovar yetkazib berishni taklif etib murojaat etilishi yoki 
umuman tovar haqida ma'lumot berilishi so'raladi. Oferta (taklif)da oldi-sotdi 
shartnomasi tuzish uchun rozilik bildirganda yoziladigan hujjat. Oferta shartlariga 


rozi bo'linsa, bitim tuzilgan hisoblanadi. Taklifning biror sharti to'g‘ri kelmasa, 
yozishma davom etadi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin