8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI
1. Tovar-moddiy zahiralarni baholash - quyidagi ikkita bahoning eng
pasti bо‘yicha — balans tuzilayotgan sanadagi haqiqiy tannarx (sotib olish narxi
yoki ishlab chiqarish tannarxi) bо‘yicha yoki bozor bahosi (realizatsiya qilishning
sof qiymati) bо‘yicha amalga oshiriladi. Tovar-moddiy zahiralar tannarxi bo’yicha
baholanadi.Ularning tannarxi barcha sotib olish xarajatlari va tovar-moddiy
zahiralarni manziliga yetkazib berish va tegishli holatga keltirish bilan bog’liq
bo’lgan transport-tayyorlov xarajatlarini o’z ichiga oladi. Ularning sotib olish
xarajatlari sotib olish qiymatini, import bojlari va yigimlarni, mashulotni
sertifikatsiya qilish xarajatlarini, ta’minot, vositachi tashkilotlarga to’langan
komission to’lovlarni, soliqlarni (keyinchalik hisob-kitob tarzida, masalan,
qo’shilgan qiymat soligi tarzida qaytadan oladigan korxonalardan tashqari),
shuningdek transport-tayyorlov xarajatlari, xizmat va zahiralarni sotib olish bilan
bevosita bogliq bo’lgan boshqa xarajatlarni o’z ichiga oladi. Teng bo’lmaydigan
tovar-moddiy zahiralarni FIFO yoki o’rtacha o’lchanadigan qiymat formulasidan
(AVECO) usulidan foydalanib baholanadi. FIFO usulining mohiyati qo’ydagicha:
dastlab sotib olingan, birinchi bo’lib sotiladigan tovar-moddiy zahiralarning birligi,
binobarin, davr oxirida tovar-moddiy zahiralarda qolgan birliklar oxirida sotib
olingan va ishlab chiqarilgan birliklardir (6-jadval). 6 - jadval ma’lumotlaridan
kо‘rinib turibdiki hisobot davri davomida hammasi bо‘lib 60 dona moddiy
qiymatlik sarf bо‘lgan, shundan 37 ta (12+25) 10 sо‘mdan baholaymiz 370 sо‘m
bо‘ladi, qolgan 23 tasini (60-37), shundan 15 tasini 9 sо‘mdan baholaymiz bu 135
sо‘m bо‘ladi, qolgan ( 23-15) 8 donasini 8 sо‘mdan baholaymiz, bu 64 sо‘mni
tashkil etadi Shunday qilib sotilgan 60 dona mashulot 370+135+64=569 sо‘mga
teng bо‘ladi.
O’rtacha o’lchanadigan qiymat (AVECO) usulida har bir birlikning qiymati
davr boshidagi o’xshash birliklarning o’rtacha o’lchanadigan qiymatidan va davr
mobaynida sotib olingan va ishlab chiqarilgan o’xshash birliklar qiymati bilan
belgilanadi. O’rtacha qiymat davriy asosda yoki xo’jalik yurituvchi subyektda
mavjud bo’lgan vaziyatga ko’ra, har bir qo’shimcha yetkazib berish davomida
hisoblanishi mumkin.