Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


Tayyor mashulotlarni soti



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

 
Tayyor mashulotlarni soti
sh takror ishlab chiqarish jarayonining, 
shuningdek, har bir korxonaning moliyaviy-xо‘jalik faoliyatini yakunlovchi 
bosqichi bо‘lib hisoblanadi. Sotish jarayonining yakunlanishi moddiy ishlab 
chiqarish sohasida yaratilgan sof daromadni taqsimlash imkonini beradi. Korxona 
mablag‘larining bunday doiraviy aylanishi uning boshqa korxonalar bilan 
aloqalarini yuzaga keltiradi. Bunday aloqalar mol yetkazib beruvchilar va 
xaridorlar bilan ta’minot va mashulotlarni sotish jarayonida, bank muassasalari 
bilan ulardan ssudalar olishda, byudjetdan tashqari tashkilotlar bilan ijtimoiy 
ehtiyojlarga doir hisob-kitoblarni amalga oshirishda, byudjet tashkilotlari bilan 
soliqlar va tо‘lovlarni amalga oshirish paytida sodir bо‘ladi. Korxona xо‘jalik 
aloqalari buxgalteriya hisobida, korxona mablag‘larini aylanish davrining tegishli 
bosqichi sodir bо‘lgan paytda aks ettiriladi. 
Xо‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida mavjud bo’lgan mablag‘lardan 
foydalanish buxgalteriya hisobida aks ettiriladi chunki, buxgalteriya hisobi barcha 
xо‘jalik operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz, hujjatlar asosida hisobga olish yо‘li bilan 
buxgalteriya axborotini yig‘ish, qayd etish va umumlashtirishning tartibga solingan 
tizimi бўлиб, xо‘jalik operatsiyasini buxgalteriya hisobining kamida ikkita 
schyotida bir vaqtda va о‘zaro bog‘liq holda pulda baholab aks ettirish yо‘li bilan 
ikki yoqlama yozuv usulida yuritiladi
67
. Shunga ko’ra korxonalarning xо‘jalik 
jarayonlari buxgalteriya hisobining obyekti sifatida namoyon bо‘ladi.
2. XО‘JALIK MABLAG‘LARINI VA MAJBURIYATLARNI 
BAHOLASH.
О‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi tо‘g‘risida”gi Qonunning 17-
bandida aktivlarni, passivlarni va majburiyatlarni baholashning quyidagi 
usullaridan foydalanishni nazarda tutadi:
 
67
О‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi tо‘g‘risida”giQonunning 4-moddasi. 


329 

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin