387
kо‘rsatiladi. Ishonch qog‘ozi xomashyoni ta’minotchidan olish uchun buyruq
berayotganligini tasdiqlaydi. Dalil bо‘luvchi hujjatlar xо‘jalik
operatsiyalarini
sodir bо‘lganligini tasdiqlaydi va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirishga
huquqiy asos bо‘ladi. Dalil bо‘luvchi hujjatlarga kassa kirim va chiqim orderlari,
talabnomalar, bildirishnoma, marshrut varaqlari, schyot-faktura, tovar - transpot
nakladnoylari, va boshqalar kiradi.
Buxgalteriya yо‘li bilan rasmiylashtiriluvchi hujjatlar buxgalteriya xodimlari
tomonidan tuziladi. Bunday hujjatlar buyruq beruvchi va dalil bо‘luvchi
hujjatlarning ma’lumotlariga kо‘ra buxgalteriya
hisobi schyotlariga yozuvni
amalga oshirishga tayyorgarlik qilish paytida tuziladi. Bunday hujjatlarga moddiy
javobgar shaxslarning, kassirlarning va hisobdor shaxslarning hisobotlari, har-xil
hisob-kitoblar (asosiy vositalarga eskirish hisoblash, egri xarajatlarni taqsimlash,
foydani taqsimlash bо‘yicha hisoblar
hamda jurnal-orderlarni, qaydnomalarni va
guruhlash qaydnomalarini tо‘ldirish kiradi.
Aralash hujjatlarga buyruq beruvchi, dalil bо‘luvchi va buxgalteriya yo’li
bilan rasmiylashtiriluvchi hujjatlarning belgilariga ega bо‘lgan hujjatlar kiradi.
Ular bir paytning о‘zida xо‘jalik operatsiyasini sodir bо‘lganligiga va buxgalteriya
yozuvlarini amalga oshirishga hо‘quqiy asos bо‘ladi. Aralash hujjatlar turkumiga
kassa chiqim orderi, kassa kirim orderi, hisob - kitob tо‘lov vedmostlari va
boshqalar kiradi. Masalan,
kassa kirim orderi birinchidan, pul berish uchun
farmoyish vazifasini bajarsa, ikkinchidan, kassadan pul berilganligini isbotlaydi va
uchinchidan, buxgalteriya yо‘li bilan rasmiylashtirish uchun maxsus rekvizitlarga
ega. Hujjatlar xо‘jalik operatsiyalarini aks ettirish tartibiga kо‘ra boshlang‘ich va
yig‘ma hujjatlarga bо‘linadi.
Boshlang‘ich hujjatlar xо‘jalik operatsiyalari amalga oshirilayotgan paytda
tuzilib, hо‘jalik operatsiyaning sodir bо‘lganligi tо‘g‘risida huquqiy asos va dalil
bо‘lib xizmat qiladi. Boshlang‘ich hujjatlarga kassa kirim orderi ,
kassa chiqim
orderi, schyot faktura, yuk nakladnoylari, talabnomalar,
tovar-transport
nakladnoylari kabi hujjatlar misol bо‘la oladi.
388
Jamlovchi hujjatlar esa boshlang‘ich hujjatlar asosida tuzilib, sodir bо‘lgan
operatsiyalarni ma’lum bir vaqt davomida qayd qiladi.
Mazkur hujjatlar
boshlang‘ich hujjatlardagi ma’lumotlarni umumlashtiradi. Masalan, limit-zabor
kartalari, moddiy javobgar shaxslarning hisobotlari jamg‘aruvchi vedomostlar va
boshqalar misol bо‘ladi.
Tuzilish о‘rniga kо‘ra barcha hujjatlar ichki va tashqi hujjatlarga bо‘linadi.
Ichki hujjatlarga korxona ichida tuzilib shu korxona ichida foydalanadigan
hujjatlar kiradi. Tashqi hujjatlarga boshqa korxonalar yoki ayrim jismoniy shaxslar
bilan tuzilgan hujjatlar kiradi (yuk nakladnoylari, talabnomalar, tovar-transport
nakladnoylari kabi xujatlar misol bо‘la oladi).
Dostları ilə paylaş: