384
Buxgalteriya hujjatlari xо‘jalik operatsiyalarini sodir bо‘lganligi yoki
moddiy qiymatliklarni moddiy javobgar shaxslarga ishonib topshirilganligi haqida
yozma guvohnoma bо‘lib xizmat qiladi. Xо‘jalik operatsiyalari qog‘oz yoki
kompyuterlarda о‘qish mumkin bо‘lgan axborot tashish vositalarida (disklarda,
fleshkalarda, magnit lentalarida, perfo lentalarda va boshqalar) rasmiylashtiriladi.
Shunga kо‘ra, hujjat axborot tashuvchi vosita bо‘lib, uning yordamida xо‘jalik
operatsiyalari birlamchi qayd qilinadi.
Har qanday xо‘jalik operatsiyasi sodir bо‘lish ketma-ketligi tartibida
buxgalteriya hujjati bilan rasmiylashtiriladi. Bu,
birinchidan, buxgalteriya hisobi
obyektlarini yoppasiga, uzluksiz hisobga olishni ta’minlaydi; ikkinchidan,
buxgalteriya yozuvlarini amalga oshirilganligini tasdiqlovchi kuchga ega bо‘ladi;
uchinchidan, amalga oshirilgan xо‘jalik operatsiyalarini sodir bо‘lganligi haqida
huquqiy asos, yozma dalil va isbot bo’lib
xizmat qiladi; to’rtinchidan, korxona
xо‘jalik faoliyatini joriy nazorat qilish va tezkor boshqaruv uchun asos bо‘ladi;
beshinchidan,
qiymatliklarni saqlanishiga nazorat о‘rnatadi, binobarin,
qiymatliklarni moddiy javobgar shaxslarga biriktirib qо‘yilganligi hujjat bilan
tasdig‘ini topadi; oltinchidan, korhona faoliyatini
audit qilishga asosiy manba
bо‘lib hisoblanadi.
Hujjatlar xо‘jalik operatsiyalarini sodir bо‘lganligi tо‘g‘risida yozma guvoh
va dalil bо‘lib, ularni buxgalteriya hisobining qaysi schyotlarida, qancha summada
aks ettirish kerakligini kо‘rsatadi. Shunga kо‘ra buxgalteriya hujjatlari iqtisodiy
jarayonlarni boshqarishni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan voqealar, hodisalar
tо‘g‘risidagi axborotlarni maxsus qog‘ozlarda turli usullar bilan rasmiylashtirish
vositasi vazifasini bajaradi.
Korxonalar faoliyatida sodir bо‘ladigan xо‘jalik operatsiyalarini haqiqiyligi
haqida huquqiy asos, yozma dalil va guvohlik
beruvchi hamda buxgalteriya
hisobini amalga oshirish uchun asos bо‘ladigan maxsus shakldagi ish qog‘ozlari
hujjatlar deb ataladi.
385
Hujjatlashtirish esa, korxonaning xо‘jalik faoliyati ustidan doimiy nazorat
о‘rnatish maqsadida sodir bо‘lgan xо‘jalik operatsiyalarini maxsus shakldagi ish
qog‘ozlarida aks ettirish usulidir.
Hujjatlarni shakli ularning kо‘rsatkichlarini (rekvizitlari) soni va ularni
hujjatlarda joylashuvi bilan belgilanadi. Har bir hujjat о‘z vazifasiga tо‘la javob
berishi uchun ma’lum kо‘rsatkich va belgilarga ega bо‘ladi.
Hujjatlarda qayd
qilingan xо‘jalik operatsiyalari mohiyatini harakterlovchi va ularga huquqiy kuch
beruvchi kо‘rsatkich va belgilar hujjatlarning rekvizitlari deyiladi.
Hujjatlarning
rekvizitlar
soni,
ularda
aks
ettiriladigan
xо‘jalik
operatsiyalarining mazmuni va qaysi maqsad uchun belgilanganligi bilan
belgilanadi. Hujjatlarning rekvizitlari zarurligi jihatidan umumiy va xususiy
bо‘ladi.
Xо‘jalik operatsiyalarini turli-tumanligiga qaramasdan ba’zi bir rekvizitlar barcha
hujjatlar uchun umumiydir. Umumiy rekvizitlar hamma hujjatlarda mavjud bо‘ladi.
Boshlang‘ich hisob hujjatlarining majburiy rekvizitlari quyidagilardir:
-buxgalteriya hisobi subyektining nomi;
-hujjatning nomi va raqami, u tuzilgan sana va joy;
-xо‘jalik operatsiyasining nomi, mazmuni va о‘lchov birliklari kо‘rsatilgan
miqdor о‘lchovi (natura va pulda ifodalangan holda);
-xо‘jalik operatsiyasini bajargan shaxslarning (shaxsning) identifikatsiya
qilish
uchun zarur bо‘lgan familiyasi hamda ismi va otasi ismining bosh harflari
yoxud boshqa rekvizitlari kо‘rsatilgan holda lavozimlari nomi va imzolari.
Boshlang‘ich hisob hujjatlarid quyidagi qo’shimcha rekvizitlarkeltirilishi mumkin:
-korxonaning manzili;
-hujjat bilan qayd qilingan xo’jalik operatsiyasini amalga oshirish uchun
asos;
-hujjatlashtirilayotgan xo’jalik operatsiyasining
xususiyati belgilay-digan
boshqa qo’shimcha rekvizitlar.