Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


 XО‘JALIK MUOMALALARINI HUJJATLASHTIRISH



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə199/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

 
3. XО‘JALIK MUOMALALARINI HUJJATLASHTIRISH.
Xo’jalik yurituvchi subyektlar mulkchilik shakllari va idoraviy 
bo’ysunishidan qat’i nazaramalga oshirilayotgan barcha xo’jalik operatsiyalarni 
O’zbekiston Respublikasida “Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun”ning 14-
moddasi va Moliya vazirining 2003 yil 23 dekabrdagi 131-son buyrug’i bilan 
tasdiqlangan “Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanuvi to’g’risidagi 
Nizom” talablari doirasida ularni sodir bo’lishini tasdiqlovchi hujjatlar bilan 
rasmiylashtirilishi lozim. Ushbu hujjatlar buxgalteriya hisobi yuritiladigan 
birlamchi hisob hujatlari bo’lib xizmat qiladi.
Boshlang‘ich hisob hujjatlari xо‘jalik operatsiyalari amalga oshirilayotgan 
paytda yoki operatsiyalar amalga oshirib bо‘linganidan keyin tuziladi. 
Hisobot davriga tegishli bо‘lgan xо‘jalik operatsiyalari, agar ular amalga 
oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar olinmagan bо‘lsa, tegishli boshlang‘ich hujjat 
rasmiylashtirilib, buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. 
Boshlang‘ich hisob hujjatlarini tuzgan hamda imzolagan shaxslar ularning 
о‘z vaqtida, tо‘g‘ri va ishonchli tuzilishi, shuningdek buxgalteriya hisobida aks 
ettirish uchun belgilangan muddatlarda topshirilishiga javobgardir. 
Hisoblash texnikasi vositalari yordamida mashina o’qiydigan tashuvchilarda 
tuzilgan birlamchi hujjatlar tegishli majburiy rekvizitlar mavjud bo’lganda , 
buxgalteriya hisobida qo’llaniladi. Mashina usulida tayyorlangan hujjat, 


389 
“Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanuvi to’g’risidagi Nizom” 
talablariga muvofiq moddiy tashuvchiga (magnitli, qog’ozli) yozilishi, 
tayyorlanishi va qog’ozga chiqarilishi lozim. Bunda “Buxgalteriya hisobida 
hujjatlar va hujjatlar aylanuvi to’g’risidagi Nizom” va boshqa me’yoriy-huquqiy 
hujjatlarning talablariga rioya qilinishi lozim. 
Buxgalteriya hisobini mexanizatsiyalash (avtomatlashtirish) sharoitida 
birlamchi hujjatlar rekvizitlari kodlar ko’rinishida qayd etilishi mumkin. Bunda 
mashina o’qiydigan axborot tashuvchidagi birlamchi hujjat va registr hujjat to’g’ri 
tuzilishi bo’yicha mas’ul shaxsning kodiga ega bo’lishi mumkin. Kodning aniq 
shaxsga tegishliligi mashina o’qiydigan axborot tashuvchida hujjatni tuzuvchi 
korxona tomonidan qayd etiladi hamda zarurat tug’ilganda boshqa birovning 
kodlaridan foydalanish imkoniyatini istisno etuvchi texnik, dasturiy vositalar va 
tashkiliy sharoitlar yaratiladi. 
Hujjatlarni bosmaxonada chop etilgan va belgilangan shakldagi blankalarda, 
barcha rekvizitlarini to‘ldirgan holta tuzish kerak, agar biror bir rekvizitini 
to’ldirish uchun ma’lumot bo‘lmasa, bo‘sh joy chizib qo‘yiladi. Hujjatlarda yozuv 
rang bilan, sharikli ruchkada qo‘lda va yozuv mashinkasi, kompyuter texnikasi 
yordamida bajariladi. Pul hujjatlarida summa son va yozuv bilan amalga oshiriladi. 
Qo‘lda tuziladigan hujjatlar hamma o‘qiy oladigan darajada bexato, sonlar va 
hujjatni matni chiroyli husnixat bilan yozilishi kerak.
Birlamchi hisob hujjatlarini tuzgan va imzolagan shaxslar hujjatning o’z 
vaqtida tuzilishi va to’g’riligi, ishonchliligi hamda buxgalteriya hisobida aks 
ettirilishiga belgilangan muddatda topshirilishi uchun javobgardirlar. Birlamchi 
hujjatlardagi bo’sh qatorlar ustiga chizib qo’yiladi. Birlamchi hujjatlar imzolash 
huquqiga ega shaxslar tomonidan tasdiqlanadi. 
Tasdiqlangan hujjatlar ma’sul shaxslar tomonidan о‘rnatilgan tartibda, hujjatlar 
aylanishi jadvalda belgilangan sanalarda xо‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya 
hisobini tashkil qilish uchun korxona buxgalteriyasiga topshiriladi.
Buxgalteriyaga kelgan hujjatlar albatta tekshiriladi. Tekshiruv shakl 
(hujjatlarni rasmiylashtirish, rekvizitlarni to’ldirishning to’liqligi va to’g’riligi), 


390 
mazmun 
(hujjatlashtirilayotgan 
operatsiyaning 
qonuniyligi, 
alohida 
ko’rsatkichlarning mantiqiy bog’lanishi) bo’yicha amalga oshiriladi. Eng avvalo, 
hujjatlarning xo‘jalik operatsiyalarni mazmunini bildiruvchi, ko‘rsatkichlarini 
(rekvizitlari) hammasini to’ldirilganligi, ma’sul shaxslarning imzo chekkanligi, 
hujjatning to‘g‘ri to‘ldirilganligi arifmetik jihatdan yuzaki tekshirib ko‘riladi 
(hujjatda ko‘rsatilgan baholar, summalar to‘g‘ri yozilganligi.). Nihoyat, hujjat 
mantiqan to‘g‘ri tuzilganligi tekshirilib, sodir bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalarini 
huquqiyligi va maqsadga muvofiqligi aniqlanadi. Qonun hujjatlariga va pul 
mablag’lari, tovar-moddiy qimmatliklar va boshqa aktivlarni qabul qilish, saqlash 
va sarf qilish bo’yicha belgilangan tartibga zid bo’lgan birlamchi hujjatlar kelib 
tushganida, ular korxona rahbari yoki u tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda belgilanadigan shaxslarga qaror qabul qilish uchun topshiriladi. 
Tekshirilgan buxgalteriya hujjatlarga ishlov beriladi (hujjatlar obrabotka 
qilinadi) ya’ni, hujjatlardagi barcha arifmetik amallar qayta hisoblab chiqiladi 
(taksirovka qilinadi), guruhlanadi va hujjatning tegishli joyida schyotlar aloqasi 
qо‘yib chiqiladi (pravodka tuziladi). Shundan keyin hujjatlarning xо‘jalik 
operatsiyalari tо‘g‘risidagi ma’lumotlari sintetik va analitik schyotlarga yoziladi.
Ishlovdan o’tgan birlamchi hujjatlar ularning qayta qo’llanilishini istisno 
etuvchi belgiga ega bo’lishi lozim, qo’l yordamida ishlovdan o’tkazilganda - hisob 
registriga yozilgan sana, hisoblash qurilmasida ishlovdan o’tkazilganda - ishlovdan 
o’tkazish bo’yicha mas’ul operator shtampining izi.
Kirim va chiqim kassa orderlariga ilova qilinadigan barcha hujjatlar hamda 
ish haqini hisoblab yozish uchun asos bo’lgan hujjatlar “Olindi” yoki “To’landi” 
shtampi yoki qo’l yozuvi bilan sana (oy, kun, yil) ko’rsatilgan holda majburiy 
so’ndiriladi.
Birlamchi hujjatdagi matn va raqamlar ustidan chizishlarga va izoh 
berilmagan tuzatishlarga yo’l qo’yilmaydi. Birlamchi hujjatlardagi (bank va kassa 
pul hujjatlaridan tashqari) xatolar quyidagicha tuzatiladi: xato matn yoki summalar 
chiziladi va chizilganning ustidan to’g’ri matn yoki summalar yoziladi. CHizuv 
bitta chiziq bilan, tuzatilgan xatoni o’qib bo’ladigan qilib, amalga oshiriladi va 


391 
birlamchi hujjatda tuzatilgan xatolarga “tuzatildi” yozuvi bilan izoh berilishi, 
hujjatni imzolagan shaxslar imzosi bilan tasdiqlanishi hamda tuzatish sanasi 
qo’yilishi lozim. Birlamchi bank va kassa pul hujjatlarida tuzatishlarga yo’l 
qo’yilmaydi. 
Birlamchi hujjatlar yoki kompьyuter hisobi ma’lumotlari buxgalteriyada 
maxsus xonalar yoki yopiladigan javonlarda korxona rahbari yoki u tomonidan 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda belgilanadigan shaxslar tomonidan vakolat 
berilgan shaxslar javobgarligida kamida uch yil mobaynida saqlanadi. 
Korxonalardan birlamchi hujjatlarni olib qo’yish qonun hujjatlariga muvofiq 
amalga oshiriladi. Surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudlar 
tomonidan olib qo’yishlar, mazkur organlarning O’zbekiston Respublikasi jinoyat 
protsessual qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan qarorlari asosida amalga 
oshiriladi. Olib qo’yish bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va uning nusxasi imzo 
qo’ydirib, korxonaning tegishli mansabdor shaxsiga topshiriladi.
Olib qo’yishni amalga oshirayotgan organlar vakillarining ruxsati bilan va 
ularning hozirligida korxonaning tegishli mansabdor shaxslari olib qo’yilayotgan 
hujjatlardan olib qo’yish asoslari va sanasini ko’rsatgan holda nusxa olishlari 
mumkin.
Agar oxirigacha rasmiylashtirilmagan hujjatlar jildlari (tikib qo’yilmagan, 
raqamlanmagan va hokazo) olib qo’yilayotgan bo’lsa, olib qo’yishni amalga 
oshirayotgan organlar vakillarining ruxsati bilan va ularning hozirligida 
korxonaning tegishli mansabdor shaxslari bu jildlarni oxirigacha rasmiylashtirishi 
(ular ro’yxatini tuzishi, varaqlarni raqamlashi, tikishi, muhrlashi, o’z imzosi va 
muhri bilan tasdiqlashi) yoki olib qo’yilayotgan hujjatlarning ro’yxatini har bir 
hujjatdagi betlar sonini ko’rsatgan holda tuzishi lozim. Bunda olib qo’yishni 
amalga oshirayotgan organlarning vakillari va korxonaning tegishli mansabdor 
shaxslari ro’yxatni imzolashadi. 
Rasmiylashtirilgan birlamchi hujjatlarni yo’qotish hollarida korxona raxbari 
buyruq bilan yo’qotish sabablarini tekshirish bo’yicha komissiya tayinlaydi. 
Tekshiruv natijalari komissiya a’zolari tomonidan tasdiqlanadigan dalolatnoma 


392 
bilan rasmiylashtiriladi. Birlamchi hujjatlarni yo’qotishda aybdor shaxslar qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. 

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin