432
avvalgi shakllarning ilg‘or elementlarini takomillashtirish hisobiga vujudga
kelgan.
Kо‘p yillar davomida buxgalteriya hisobining “Fransiya shakli”dan
foydalanib kelingan. Bu shakl Matoye Dela Port tomonidan 1685 yilda yaratilgan.
Uning xususiyati shundaki, umumiy jurnaldan kassa jurnali, sotilgan qiymatliklar
jurnali, olingan veksellar jurnali, berilgan veksellar jurnali va har xil operatsiyalar
jurnali kabi jurnallar ajratib chiqarilgan.
Kapitalni yiriklashuvi va markazlashuvi korxonalar faoliyatida sodir
bо‘ladigan xо‘jalik operatsiyalari sonini о‘sishiga va xо‘jalik aloqalarini
kengayishiga
olib keldi, bu esa, oqibat natijada takomillashgan buxgalteriya
hisobi shakllaridan foydalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi. 17-18 asrga kelib
Italiyada F.Garatti tomonidan 1688 yilda buxgalteriya hisobining yangi shakli
yaratildi. Bu tarixda buxgalteriya hisobining “Yangi Italiya shakli”
nomi bilan
ma’lum. Bu shakl bosh hisob yozuvlarini qayd qilishning daftar, jurnal va
yordamchi daftar registrlardan tashkil topgan. Hisob yuritishning yangi italiyan
shaklida schyotlar kollektiv va oddiy schyotlarga bо‘linadi
va bosh daftardan,
sintetik schyotlar uchun, yordamchi daftarlardan esa, analitik schyotlar uchun
foydalaniladi. Hisob registrlarini bunday tuzilishi
buxgalteriya hisobining
tezkorligini ta’minlaydi. Har bir operatsiya xranologik jurnalga yozilgandan
keyin, bosh daftar schyotlarga va tegishli yordamchi daftarlarga kо‘chiriladi. Bu
daftarlardagi yozuvlarga muvofiq har oyda sintetik va analitik schyotlar bо‘yicha
aylanma qaydnomalar tuzilib, bir-biriga solishtirilib tekshiriladi. Sintetik
schyotlar bо‘yicha oborot qaydnoma aylanma balansni o’zida mujassamlashtirgan
bо‘lib, bu ma’lumotlar qoldiq balansini tuzish uchun manba bо‘lib xizmat qiladi.
1797 yilda E.Degronij
tomonidan, Fransiyada "Yangi Italiya shakli"ning ancha
soddalashtirilgan rusumi (varianti) yaratildi. U tarixda buxgalteriya hisobining
“Amerika shakli “ nomi bilan ma’lum. Buxgalteriya hisobining "Amerika
shakli"da xronologik va sistematik yozuvlar “Bosh jurnal” deb nomlangan
registirda qо‘shib olib boriladi.
433
D.Rossi tomonidan 1889 yilda bosh jurnalni tuzish yо‘li
bilan oborot
qaydnoma olishni ta’minlaydigan buxgalteriya hisobining “shaxmat shakli”
asoslab berildi. XX- asrning boshlarida Fransiyalik buxgalter J.B.Dyumarshe
tomonidan buxgalteriya hisobining integral shakli yaratildi.
Keyingi yillarda buxgalteriya hisobi shakllari, ularni standartlash va
unifikatsiyalash asosida birmuncha qisqartirildi. Korxonalarda qо‘llaniladigan
buxgalteriya hisobi shakllari bir-birlaridan quyidagi belgilariga kо‘ra farq qiladi.
1.
Sintetik hisob registrlarining tuzilishi;
2.
Sintetik va analitik hisob registrlarini о‘zaro aloqasi;
3.
Buxgalteriya hisobi registrlarining tashqi kо‘rinishi;
4.
Buxgalteriya hisobi registrlariga xо‘jalik operatsiyalarini yozish
tartibi va texnikasi.
Hozirgi paytda buxgalteriya hisobi amaliyotida
hisob yuritishning
memorial-order, jurnal-order va kompyuterlashtirilgan qog‘ozsiz shakllaridan
keng qо‘llanilmoqda.
Dostları ilə paylaş: