434
Rо‘yxatga olish jurnali memorial-orderlarning
saqlanishi va raqamlanishi
ustida nazorat qilib turish hamda oy davomida bajarilgan barcha xо‘jalik
operatsiyalarining umumiy summasini aniqlash uchun xizmat qiladi. Undan
tashqari, jurnalning jami summasi sintetik schyotlar bо‘yicha oy oxiriga
tuziladigan oborot vedomostlarining umumiy summasi bilan ham solishtiriladi.
Shuningdek, rо‘yxatga olish jurnali sintetik schyotlar hisob registrlarda aks
ettirilgan xо‘jalik operatsiyalarining tо‘g‘riligini
hamda ikki yoqlama yozuv
qoidasiga rioya qilinganligini tekshirishga imkon beradi. Xо‘jalik operatsiyalari
memorial-orderdan sintetik schyotlar bо‘yicha tuziladigan hisob registiriga va
“Bosh kitob”ga yoziladi. “Bosh kitob”da har bir sintetik schyot uchun alohida
varaq ajratiladi.
Buxgalteriya hisobining
memorial order shakli, о‘zining oddiyligi, hisob
ishlarini tashkil qilishdagi qat’iy ketma-ketlikni mavjudligi va hisoblash
texnikasini kiritish mumkinligi hamda analitik hisob
registrlarining standart
shakllaridan keng foydalanish imkoniyati mavjudligi bilan ajralib turadi. Bundan
tashqari, uchyot ishlarini buxgalteriya apparati xodimlari orasida taqsimlashga
imkoniyat bor.
Quyidagilar memorial order shaklining kamchiliklari bо‘lib hisoblanadi:
1.
Uchyot yozuvlarining bir vaqtning о‘zida, memorial orderlarda, qayd
qilish jurnalida, sintetik va analitik hisob
registrlarida takrororan
yozilishi;
2.
Analitik hisob ishlarining kо‘pligi sababli analitik uchyotning sintetik
uchyotdan orqada qolishi;
3.
Hisobotlar tuzish va korxona xо‘jalik faoliyatini tahlil qilish uchun
ma’lumotlarni analitik hisob registrlaridan har doim tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri
olish imkoniyatini cheklanganligi.
Moliyaviy hisobotlar tuzish uchun zarur bо‘lgan axborotlar joriy hisob
ma’lumotlarini qо‘shimcha guruhlash va umumlashtirishlar asosida olinadi.
Hozirgi paytda buxgalteriya hisobining memorial order shakli,
kichik
korxonalar, mikrofirmalar, va fermer xо‘jaliklarida keng qо‘llanilmoqda.
435
Memorial order shaklida hisob yuritish texnollogiyasi quyidagi chizmada
keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: