Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


Memorial order shaklida hisob yuritish texnollogiyasi



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə217/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

Memorial order shaklida hisob yuritish texnollogiyasi 
Memorial-order shakli qо‘llaniladigan korxona, tashkilot va muassasalarda 
analitik hisob registrlari sifatida kartochkalardan foydalaniladi. Memorial-orderga 
ilova qilinadigan yozuvlar boshlang‘ich va yig‘ma hujjatlarga asoslangan bо‘ladi. 
Hisobot oyining oxirida analitik schyot registrlari bо‘yicha jami summa yig‘iladi 
va shunga muvofiq oborot yoki qoldiq vedomosti tuziladi. Ulardagi ma’lumotlar 
sintetik schyotlar jami summasi bilan solishtiriladi va shunday qilib, yо‘l 
qо‘yilgan xatoliklarni aniqlash yoki uning oldini olish imkoniyati yaratiladi.
 
 
5. BUXGALTERIYA HISOBINING JURNAL-ORDER SHAKLI.
Buxgalteriya hisobining jurnal order shakli yuqorida kо‘rib о‘tilgan hisob 
shakllarida mavjud kamchiliklarni yо‘qotish va hisob shakllarini takomillashtirish 
natijasida XX-asrning 50 yillarida Rossiyalik olimlar tomonidan yaratilgan. 
Birlamchi yoki jamlovchi hujjatlar 
Xо‘jalik operatsiyalar qayd qilish jurnali 
Boshkitob, 
Analitikhisobregistrlari 
Sintetik xisob oborot 
qaydnomasi 
Buxgalteriyabalansivabosh
qamoliyaviy hisobot 
shakllari 
Analitik hisob oborot 
qaydnomasi 


436 
Uning asoschilaridan biri Leningrad (hozirgi Sank Peterburg) Moliya – iqtisod 
institutining professori A.S.Narinskiy bо‘lib hisoblanadi.
Jurnal-order shaklida hisob ishlarini tashkillash texnollogiyasi quyidagi chizmada 
keltirilgan.
Buxgalteriya hisobining jurnal – order shaklining asosiy xususiyatlari 
quyidagilar bilan belgilanadi: 
1.
Xо‘jalik operatsiyalarini qayd qilish uchun schyotlarning kreditbelgilari 
bо‘yicha 
uchyotga 
olishga 
moslashtirilgan 
jurnal-orderlardan 
foydalanish;
2.
Jurnal oderlarda sintetik va analitik hisoblar qо‘shilib ketadiganligi 
natijasida sistematik va xronologik yozuvlarni birlashtirganligi; 
Buxgalteriya hisobining jurnal order shakli 
3. Jurnal orderlar va boshqa hisob registrlarini balans va moliyaviy 
hisobotlarni boshqa shakllarini tuzishga moslashtirilganligi natijasida hisobotlar 
Birlamchivaumumlashtiruvchihujjatlar 
Kassakitobi 
Jamlovchivaguruhlovchiqaydnomalar 
Jurnalorder 
Boshkitob 
Analitikhisobregistrlari 
Balansvamoliyaviyhisobotlar 
Analitikschyotlaroborotqaydno
masi 


437 
tuzish uchun zarur bо‘lgan ma’lumotlarni qо‘shimcha guruhlash va jamlash 
ishlarini bajarmasdan, tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri hisob registrlaridan olish imkoniyatini 
mavjudligi; 
4. Bosh kitob va jurnal-orderlarda yozuvlarni takrorlanmasligi natijasida 
yozuvlar sonining kamayishi va boshqa afzalliklar.
Jurnal orderlar buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini yozish uchun zarur 
bо‘lgan bir qancha rekvizitlarga ega bо‘lgan va bosmaxonada tayyorlangan har 
xil о‘lchamdagi va shakldagi varaqlardir.
Jurnal-orderlar alohida olingan yoki iqtisodiy mazmun jihatdan bir xil 
bо‘lgan sintetik schyotlar guruhiga bir oy uchun ochiladi. Har bir jurnal orderga 
doimiy raqam biriktirib qо‘yiladi Quyida “Hisob-kitob raqami schyoti” 
operatsiyalarini hisobga olish uchun belgilangan jurnal – order shakli keltirilgan. 
Jurnal-orderlarga yozuvlar, operatsiya sodir bо‘lgan vaqtda, boshlang‘ich 
yoki qо‘shimcha tuziladigan jamlovchi qaydnomalar asosida sintetik 
schyotlarning kreditbelgilari bо‘yicha amalga oshiriladi. Misol, 5000 “Kassa” 
operatsiyalari uchun ochilgan jurnal-order № 1 da kassa schyoti kreditlanadigan 
operatsiyalar yoziladi.“Kassa” schyoti debetlanadigan operatsiyalar “Bosh 
kitob”ga yoziladi. Shu tariqa schyotlar aloqasi bо‘yicha bо‘ladigan takroriy 
yozuvlarga barham beriladi. 

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin