Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


 MASLAHATLAR, ULARNING SHAKLLARI VA O’QISH



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

3. MASLAHATLAR, ULARNING SHAKLLARI VA O’QISH 
JARAYONIDAGI ROLI 
Konsulg’tattsiya lotincha so’zdan olingan bo’lib, birinchidan, mutaxasis 
beradigan maslahati, ikkinchidan, o’quv mashg’ulotining alohida turi bo’lib, 
o’quvchilar fanni o’zlashtirishi uchun o’qituvchining qo’shimcha yordami, 
uchinchidan, biron bir masala bo’yicha mutaxasislar kengshi mahnosini anglatadi. 
OTMlarda 
konsulg’tattsiya talabalarni o’quv materialini yaxshi 
o’zlashtirish, ekzamenga tayyorlanish va boshqa holatlarda o’qituvchi tomonidan 
o’zining fani yuzasidan o’tiladigan maxsus dars bo’lib hisoblanadi.
Talabalar tomonidan fanning o’quv dasturida nazarda tutilgan o’quv 
materiallarini to’liq va atroflicha o’rganishda ma’ruza, amaliyot, seminar va 
labaratoriya mashg’ulotlari bilan bir qotorda maslahatlar alohida o’rin tutadi. 
Masslahatlar odatda gurux bo’yicha beriladi. Talaba murojaat qilganda alohida 
talabar guruhchasiga yoki alohida yakka talabaga ham berilishi mumkin.
OTMlarida maslahatlar qo’ydagi yo’nalishlar bo’yicha tashkil qilinadi: 
1. O’qish semestri davomida - o’qitilayotgan biror bir fanning alohida 
mavzusining biron bir savoli bo’yicha 
2. Oraliq va yakuniy nazorat ishlarini qabo’l qilishdan oldin; 
3. Talabalar davlat imtihonlariga tayyorgarik ko’rishi jarayonida; 
4. Kurs ishi, malakaviy bitiruv va diplom ishi mavzusi bo’yicha maslahatlar 
berish; 
6. Talabalarning mustaqil ishlari bo’yicha maslahatlar berish; 
7. Konkurs, konferentsiya va ko’rgazmalar uchun referat, maqola va boshqa 
materiallar tayyorlash uchun maslahatlar berish; 


119 
8. Sirtqi talabalarga nazorat ishlarini bajarishda yuzaga kelgan savollar 
bo’yicha. 
Maslahatlar, talabalarning darsdan xoli bo’lgan paytlarida, mustaqil ta’lim 
soatlarida fakltet dekanati bilan kelishib, talabalarning so’rovlari yoki kafedra 
rejasida kursatilgan vaqtlarda o’tkaziladi.
Maslahatlarda, fan o’qituvchisi yoki talabaning mustaqil ta’limi bo’yicha 
ilmiy rahbari, fanning alohida mavzulari bo’yicha, malakaviy bitiruv, diplom yoki 
boshqa shakildagi mustaqil ishi mavzusi bo’yicha talabada paydo bo’lgan 
savollarga javoblar beradi. SHuningdek, bajarilayotgan mustaqil ishning mavzusini 
qanday yoritish yoki mavzuni qanday manbahlardan o’qib o’rganish haqida 
ko’rsatmalar ham beradi. Maslahatlar aksariyat hollarda savol – javob tarzida 
utkaziladi. Sirtdan ta’lim olayotgan talabalar uchun maslahatlar yozma shakilda 
beriladi.

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin