Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


 KURS ISHLARI, LOYIHALAR, MALAKAVIY BITRUV VA DIPLOM



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

2. KURS ISHLARI, LOYIHALAR, MALAKAVIY BITRUV VA DIPLOM 
ISHLARI 
Kurs ishlari o’quv jarayonining tarkibiy kismi bo’lib hisoblanadi. 
“Buxgalteriya hisobi va audit” yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalar birinchi 
kursda iktisodiy geografiya, ikkinchi kursda iktisodiyot nazariyasi, uchinchi va
turtinchi kurslarda mutaxassislikka doir fanlar buyicha kurs ishlari bajaradilar.
Kurs ishini bajarish talaba kuyidagi vazifalarni bajarishni talab etadi: 
1. Kurs ishi uchun mavzu tanlash; 
2. Kafedra tomonidan tavsiya kilingan adabiyotlarni tuplash,
ularniurganish, konspektlash, kerakli joylarini yozib olish; 
3. Kurs ishi rejasini tuzish; 
4. Nazariy masalalar va amaliy materiallarni umumlashtirish, taxlil kilish, 
kaytadan ishlab chikish; 
5. Kurs ishi tekstini yozib chikish uni rasmiylashtrish va o’qituvchiga 
takriz uchun takdim yetish; 
6. Takrizchining talabi asosida ayrim tuzatishlar kiritish, kushimcha 
savollarga yozma javob berish; 
7. Kurs ishini himoya qilish uchun taqdimot slaydlari va ma’ruza matni 
tayyorlash; 
8. Kurs ishini ximoyasiga tayyorlanish. 


117 
Kurs ishini bajarish jarayonida kuyidagilarga alohida ehtibor 
qaratish uning mazmun-mohiyatini boyitadi:
1. Kurs ishi mavzusining dolzarbligini asoslash; 
2. Mavzu bo’yicha o’quv va ilmiy adabiyotlarni chukur urganish; 
3. Korxonadan olingan amaliy materiallarini tahlil qilish; 
4. Iktisodiy konunlar va kategoriyalarni mavzuga tadbiq etish.
Kurs ishini bajargan va kafedrada tashkil qilingan komissiyada 
himoya qilgandan talabaga fan bo’yicha imtixon topshirishga ruxsat 
beriladi.
Kurs ishiga mavzu tanlashda, mavzuning ilmiy va amaliy 
axamiyati, mavzu bo’yicha nazariy va amaliy materiallarni mavjudligi va 
yetarli bulishi, tanlangan mavzu xakida umumiy tasavvurga ega bulishi, 
tanlangan masalalarga kizikishi muhim ahamiyatga ega. 
Kurs ishini rejasini tuzish tavsiya kilingan adabiyotlarni urganib 
chikilgandan keyin boshlanadi. Rejada muxim masalalar uz ifodasini
topishi va xozirgi zamon talablarini qamrab olishi kerak. Rejaning kirish
kismida mavzuning dolizarbligi, adabiyotlar va amaliyot materiallari bilan
asoslab berilishi kerak. Kurs ishi matni reja bo’yicha izchil ketmaketlikda, 
ravon tilda, tushunarli va gramatik xatosiz bayon etilishi lozim.
Kurs ishida rakamlar va misollarni ishlatishda ularning eng 
muximlarini tanlab olishga axamiyat berish kerak. Kurs ishida
keltirilgan rakamlar va misollar bir-biri bilan boglangan bulishi kerak. 
Mumkin kadar yangi mahaliy rakamlar va faktlardan foydalanish zarur. Kurs 
ishini yozib bulingandan keyin, ilmiy raxbari kurib chikib, kamchiliklarni 
kursatadi. Bu kamchiliklar tuzatilgandan keyin kurs ishi ximoyaga takdim
yetiladi. Kafedra laboranti kim va kachon ximoya kilishi xakida
talabalarni xabardor kiladi. Xar bir kurs ishiga komissiya tomonidan
baxo kuyiladi.
Bitiruv malakaviy va diplom ishlari yozish OTMda o’quv jarayonida 
olingan bilimlarni namoyon etish bo’lib, ishlab chikarish amaliyoti davrida


118 
amalga oshiriladi, lekin unga tayyorgarlik institutda oxirgi kursda darslar 
davom yetayotgan oylardan boshlanadi.
Bitiruv malakaviy va diplom ishlarini yozish tartibi kurs ishi yozish tartibi 
kabi bo’lib, farqi, mavzuning kengligida, o’rganilayotgan muamoni chuqurroq, 
tahlil qilishdadir.

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin