Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


Ishlab chiqarish amaliyoti-



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

 
Ishlab chiqarish amaliyoti-
texnologik, konstruktorlik, fotometrik, 
davolash va h.k. shakllarda o’tkazilib, talabalar tomonidan 
muayyan maxsus 
fanlar
turkumini 
o’rganish 
jarayonida 
olingan 
nazariy 
bilimlarni 
mustahkamlash va chuqurlashtirish, bevosita korxona, muassasa, tashkilotda 
ishlab chiqarish jarayoni va uning texnologiyalari bilan tanishtirish, 
mutaxassislik bo’yicha ko’nikma va malakalarni takomillashtirish, 
shuningdek kurs ishlari, 
bitiruv malakaviy ishlarini bajarish uchun 
materiallarni yig’ish, jarayonni takomillashtirish bo’yicha takliflar 
tayyorlashdan iborat. 
 
Pedagogik amaliyot-
ta’lim turlari uchun yuqori malakali pedagog 
kadrlar tayyorlash ishining ajralmas qismi bo’lib, talabalarning pedagoglik 
kasbiga bo’lgan malakalari va ko’nikmalari takomillashib boradi. Talabalar 
pedagogik amaliyot davrida o’quv-tarbiya jarayonining barcha tomonlarini 
tahlil qiladi va bu 
amaliyot maktabgacha ta’lim, davlat va nodavlat 
umumta’lim maktablari, akadem
ik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim 
muassasalari va 
boshqa ta’lim
muassasalarida amalga oshiriladi
.
Bitiruv malakaviy ishi (magistrlik dissertatsiyasi) oldi amaliyoti

ta’limning yakuniy bosqichi hisoblanadigan, talabalar tomonidan nazariy va 
amaliy o’quv dasturlari o’zlashtirilgandan so’ng bitiruv malakaviy ishi 


121 
(magistrlik dissertatsiyasi)ning mavzusi bo’yicha materiallar to’plashdan 
iborat. 
Ishlab 
chiqarish 
va 
pedagogik 
amaliyotlar ta’lim yo’nalishi 
(mutaxassislik) xususiyatidan kelib chiqib, asosan yuqori kurslarda tashkil 
etiladi. Bitiruvchi kurs talabalari esa bitiruv malakaviy ishi va magistrlik 
dissertatsiyasi oldi amaliyotini o’taydi.
Malaka 
amaliyoti 
mazmuni 
uning 
reja-jadvali 
va 
dasturlari 
bilan belgilanadi. Talabalar malaka amaliyotini o’tashlari majburiy 
hisoblanadi, malaka amaliyotini uzrli sabablarga ko’ra o’tay olmagan 
talabalar OTM rektorining buyrug’iga muvofiq belgilangan boshqa muddatda 
malaka amaliyotini o’tadilar.
OTMdan malaka amaliyoti rahbari vazifalari:
malaka amaliyotini o’tash joylariga talabalarni taqsimlashda ishtirok 
etish;
malaka amaliyotiga ketayotgan talabalarga oldindan malaka amaliyoti 
o’tkazish tartiblari, xavfsizlik texnikasi haqida zarur ko’rsatmalar va yo’l-
yo’riqlar berish;
zaruriyatga muvofiq qabul qiluvchi tashkilotga malaka amaliyoti 
boshlanishidan oldin borib, talabalar kelishiga zaruriy tayyorgarlik ishlarini 
tashkil etish; 
malaka amaliyotining butun davri uchun talabalarga
 
malaka amaliyoti 
dasturi asosida reja-jadvalini tuzish, qabul qiluvchi tashkilotdan malaka 
amaliyoti rahbari bilan birgalikda ishning hajmi va tarkibini belgilash;
talabalarni 
m
alaka amaliyoti reja-jadvali va dasturi hamda kundalik 
bilan tahminlash;
talabalarning malaka amaliyoti o’tash joyiga yetib borishi va qaytishini 
nazorat qilish;
qabul qiluvchi tashkilotdan malaka amaliyoti rahbari bilan talabaning 
malaka amaliyotini o’tashi holati bo’yicha muntazam ravishda aloqada 
bo’lish;


122 
malaka amaliyoti muddatlariga rioya qilinishini, shuningdek 
m
alaka 
amaliyoti reja-jadvali va dasturi bajarilishini hamda kundalikni har kunlik 
to’ldirishini nazoratini olib borish, uslubiy yordam ko’rsatish ishlarini, zarur 
hollarda, talabalarning malaka amaliyoti o’tash joylariga borib ko’rish yo’li 
bilan amalga oshirish;
talabalarning malaka amaliyoti hisobotini yozishga ko’rsatma va 
tavsiyalar berish;
talabalarning malaka amaliyoti bo’yicha hisobot himoyasida ishtirok 
etish va baholash;
malaka amaliyotini o’tashni takomillashtirish yuzasidan zarur hollarda 
o’z taklif va mulohazalarini kafedra mudiriga (fakulg’tet va OTM kengashida 
ko’rib chiqish uchun) taqdim etish. 
Bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalari amaliyotiga rahbarlik qilish, 
ularning hisobotlarini tekshirish va qabul qilish, amaliyot bo’yicha hisoboti 
himoyasida ishtirok etish hamda baholash uchun professor-o’qituvchiga 
quyidagi tartibda va miqdorda o’quv yuklamalari belgilanadi: 
o’quv amaliyotiga rahbar bo’lgan professor-o’qituvchi shu davr ichida, 
boshqa o’quv mashg’ulotlarini o’tmagan holda, kun davomida o’quv 
amaliyotiga rahbarlik qilganda bir guruh uchun bir ish kuniga 6 soat 
belgilanadi; 
qabul qiluvchi tashkilot OTM joylashgan hudud (shahar) doirasida 
bo’lgan holda, ishlab chiqarish (pedagogik) amaliyotiga rahbarlik qilinganda 
bir guruh uchun bir ish kuniga (nazoratga borgan kunlari uchun) 3 soatdan 
belgilanadi; 
qabul qiluvchi tashkilot OTM joylashgan hudud (shahar) doirasidan 
tashqarida bo’lgan holda, ishlab chiqarish (pedagogik) amaliyotiga rahbarlik 
qilinganda bir guruh uchun va yakka tartibda o’tkazilgan holda bir ish kuniga 
(nazoratga OTM rektori (direktori) buyrug’i asosida borgan kunlari uchun) 6 
soatdan belgilanadi; 


123 
talabaning malaka amaliyoti individual holda o’tkaziladigan, malaka 
amaliyotiga rahbar etib tayinlangan professor-o’qituvchi OTM rektori 
(direktori) buyrug’i bilan qabul qiluvchi tashkilotga bormagan holda, butun 
malaka amaliyoti davriga bir talaba uchun 2 soat belgilanadi; 
malaka amaliyoti rahbarining individual holda o’tkazilayotgan 
amaliyotni nazorat qilishga borgan kunlari uchun yuqoridagi holatlarga 
muvofiq holda unga o’quv yuklama soatlari beriladi; 
malaka amaliyoti yakka tartibda (1-6 nafargacha talaba bo’lgan holda) 
o’tkaziladigan hamda qabul qiluvchi tashkilot OTM joylashgan hudud 
(shahar) doirasida bo’lgan holda, har bir talaba uchun bir ish kuniga 0,5 soat 
belgilanadi; 
professor-o’qituvchining malaka amaliyotiga rahbarlik qilganligi 
amaliyot o’tash bo’yicha OTM buyrug’i, talabaning malaka amaliyoti 
kundaligi, hisoboti va amaliyot uchun baho qo’yilgan tegishli qaydnomalar 
asosida aniqlanadi; 
OTMdan malaka amaliyotiga rahbar bo’lgan professor-o’qituvchining 
malaka amaliyoti uchun berilgan soatlari hajmi o’quv ishlari yuklamasining 
20%i (200 soat) dan oshmasligi tavsiya etiladi. 
Magistratura talabalarining malaka amaliyotiga rahbarlik qilish uchun 
OTMdan talabalar malaka amaliyotiga rahbar bo’lgan professor-o’qituvchiga 
quyidagi tartibda va miqdorda o’quv yuklamalari belgilanadi. 
Malaka amaliyoti (hamda ilmiy pedagogik faoliyati)ga rahbarlik qilish 
uchun professor-o’qituvchiga bir o’quv yiliga bitta talaba uchun 50 soat 
belgilanadi. 
Professor yoki fan doktori 5 nafargacha, dotsent, fan nomzodi va 
mutaxassis 3 nafargacha talabaning ilmiy pedagogik faoliyati va malak a 
amaliyotiga rahbarlikni amalga oshirishi mumkin. 
Professor-o’qituvchining talabani ilmiy pedagogik faoliyatiga rahbarlik 
qilganlik talabaning kalendarg’ ish rejasidagi topshiriqlarni bajarishi bilan 
hamda malaka amaliyotiga rahbarlik qilganligi OTMning malaka amaliyoti 


124 
o’tash bo’yicha buyrug’i, talabaning malaka amaliyoti kundaligi, hisoboti va 
malaka amaliyot uchun baho qo’yilgan tegishli qaydnomalar asosida 
aniqlanadi. 
Talabalar institut bo’yicha chiqarilgan buyruq asosida malakaviy ishlab 
chiqarish amaliyotiga yuboriladi. Buyruqda amaliyot utish joyi, muddat, OTMdan 
biriktirilgan rahbar va boshqa zaruriy vazifalar ko’rsatiladi.
OTMdan malaka amaliyoti rahbari vazifalari: 
1. Malaka amaliyotini o’tash joylariga talabalarni taqsimlashda ishtirok 
etish; 
2. Malaka amaliyotiga ketayotgan talabalarga oldindan malaka 
amaliyoti o’tkazish tartiblari, xavfsizlik texnikasi haqida zarur ko’rsatmalar 
va yo’l-yo’riqlar berish; 
3.«Zaruriyatga muvofiq qabul qiluvchi tashkilotga malaka amaliyoti 
boshlanishidan oldin borib, talabalar kelishiga zaruriy tayyorgarlik ishlarini 
tashkil etish; 
4. Malaka amaliyotining butun davri uchun talabalarga
 
malaka 
amaliyoti dasturi asosida reja-jadvalini tuzish, qabul qiluvchi tashkilotdan 
malaka amaliyoti rahbari bilan birgalikda ishning hajmi va tarkibini 
belgilash; 
5. Talabalarni malaka amaliyoti reja-jadvali va dasturi hamda kundalik 
bilan tahminlash; 
6. Talabalarning malaka amaliyoti o’tash joyiga yetib borishi va 
qaytishini nazorat qilish; 
7. Qabul qiluvchi tashkilotdan malaka amaliyoti rahbari bilan 
talabaning malaka amaliyotini o’tashi holati bo’yicha muntazam ravishda 
aloqada bo’lish; 
8. Malaka amaliyoti muddatlariga rioya qilinishini, shuningdek malaka 
amaliyoti reja-jadvali va dasturi bajarilishini hamda kundalikni har kunlik 
to’ldirishini nazoratini olib borish, uslubiy yordam ko’rsatish ishlarini, zarur 


125 
hollarda, talabalarning malaka amaliyoti o’tash joylariga borib ko’rish 
yo’li bilan amalga oshirish; 
9. Talabalarning malaka amaliyoti hisobotini yozishga ko’rsatma 
va tavsiyalar berish; 
10. Talabalarning malaka amaliyoti bo’yicha hisobot himoyasida 
ishtirok etish va baholash; 
11. Malaka amaliyotini o’tashni takomillashtirish yuzasidan zarur 
hollarda o’z taklif va mulohazalarini kafedra mudiriga (fakulg’tet va 
OTM kengashida ko’rib chiqish uchun) taqdim etish. 
Amaliyot joyida korxona rahbari tomonidan amaliyot utish uchun 
buyruq beriladi. Buyoruqda amaliyot utish muddati, amaliyotchiga 
qo’yiladigan talib va korxonadan biriktirilgan amaliyot rahbari ko’rsatiladi.
Korxona tomonidan amaliyotga rahbar etib, muassasa rahbari 
tomonidan chiqarilgan buyruq asosida buxgalteriya bo’limi xodimlaridan 
biri tayinlanadi. U amaliyotchi-talabalarga bajariladigan ishlar bo’yicha 
ushbu dastur doirasida maslahatlar beradi va dastur bajarilishini muntazam 
ravishda nazorat qiladi. 
Qabul qiluvchi tashkilotdan malaka amaliyoti rahbari vazifalari: 
1. Talabalarga hayot faoliyati va texnika xavfsizligi bo’yicha 
tushuntirish, shuningdek qabul qiluvchi tashkilotning ichki tartib 
qoidalari va ish rejimining xususiyatlari bo’yicha yo’l-yo’riq beradi; 
2. Qabul qiluvchi tashkilotning belgilangan obhektlari bo’yicha 
talabalarni taqsimlaydi, obhektning tuzilishi, faoliyat yo’nalishlari va 
o’ziga xos xususiyatlari bilan tanishtiradi; 
3. Amaliyotchi-talabalarga malaka amaliyoti dasturiga taalluqli 
materiallardan foydalanish tartib-qoidalarini o’rgatadi; 
4. 
Talabalarga 
ishlab 
chiqarish 
texnologiyalari 
bo’yicha 
maslahatlar beradi; 
5. Yaqin atrofda joylashgan boshqa korxona, muassasa, 
tashkilotlarga birgalikda tashriflar o’tkazadi; 


126 
6. Malaka amaliyoti kundaligining yuritilishi ustidan doimiy nazoratni 
amalga oshiradi; 
7. 
Talaba 
ish 
kunining 
belgilangan 
davomiyligiga 
rioya 
etilishini nazorat qiladi; 
8. Malaka amaliyoti kundaligiga talabaning ijobiy va salbiy 
fazilatlarini, uning o’zlashtirish darajasi va boshqa ma’lumotlarni yorituvchi 
yozuvlarni kiritadi; 
9. Amaliyotchi-talabalar bilan tashkilot rahbarlari va yetakchi 
xodimlarning uchrashuvini hamda texnologik jarayonlarni takomillashtirish
ishlab chiqarishdagi mavjud muammolarning yechimlarini izlash maqsadida 
seminar-treninglar tashkil etadi.Amaliyot joyida malaka amaliyoti o’tash 
dasturi bilan bog’liq bo’lmagan vazifalarni bajarish taqiqlanadi. 
Malaka amaliyotini o’tash bo’yicha talabaning huquqi: 
1. Malaka amaliyotini o’tash joyi, reja-jadvali, dasturi va tartibi bilan 
oldindan tanishish; 
2. Malaka amaliyotini o’tkazish bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini 
bildirish; 
3. Malaka amaliyotini o’tash yuzasidan zarur axborotlar olish; 
4. Malaka amaliyoti bo’yicha uslubiy materiallar bilan tanishish hamda 
malaka amaliyoti rahbarlaridan yo’l-yo’riqlar olish huquqlariga ega. 
Malaka amaliyotini o’tash bo’yicha talabaning majburiyatlari: 
1. Malaka amaliyoti reja-jadvali va dasturida nazarda tutilgan barcha 
topshiriqlarni belgilangan muddatlarda, to’liq hajmda va sifatli bajarish; 
2. Malaka amaliyoti kundaligini har kuni va tartibli yuritish; 
3. OTM va qabul qiluvchi tashkilotdan tayinlangan malaka amaliyoti 
rahbarlarining dasturda ko’zda tutilgan ishlarga oid barcha topshiriqlarini 
bajarish; 
4. Hisobotga tegishli hujjatlarni o’z vaqtida rasmiylashtirish; 


127 
5. Qabul qiluvchi tashkilot xodimlari faoliyatini tartibga soluvchi 
hujjatlar va ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilish majburiyatlari 
yuklatiladi. 
Talaba malaka amaliyotini o’tagandan so’ng OTMda malaka 
amaliyoti bo’yicha hisobotini kafedra tomonidan belgilangan 
muddatda himoya qiladi. 
Malaka amaliyoti uch bosqichga bo’linadi: 
1. Tayyorlov bosqichi; 
2. Asosiy bosqich; 
3. Yakuniy bosqich. 
Tayyorlov bosqichida malaka amaliyotini o’tashning birinchi 
kunida OTMdan malaka amaliyoti rahbari va qabul qiluvchi 
tashkilotdan malaka amaliyoti rahbari yig’ilish o’tkazadi. Yig’ilishda 
talabalar malaka amaliyoti reja-jadvali va dasturi bilan tanishadi, uning 
maqsadi, vazifalariva mazmuniga taalluqli ko’rsatmalar oladi, talaba 
tomonidan bajariladigan ishlar va ularni malaka amaliyoti kundaligida 
qayd etib borish tartiblari bilan tanishtiriladi. 
Talabalar qabul qiluvchi tashkilotga yetib borgandan so’ng 
malaka amaliyotini o’tashning dastlabki kunlarida qabul qiluvchi 
tashkilotning tuzilishi, faoliyat yo’nalishlari, o’ziga xosligi bilan 
tanishadilar. 
Malaka amaliyotini o’tashning asosiy bosqichida talaba bevosita 
qabul qiluvchi tashkilotda malaka amaliyoti reja-jadvali va dasturida 
ko’rsatib o’tilgan ishlarni bajaradi. 
Malaka amaliyoti o’tashning yakuniy bosqichida talabalar 
tomonidan malaka amaliyotini o’tash jarayonida qilingan ishlarning 
natijalari tahlil qilinadi va baholanadi 
Malaka amaliyoti yakunida talaba yozma ravishda malaka 
amaliyoti dasturi bo’yicha tayyorlagan hisobotni hamda uni qabul 


128 
qiluvchi tashkilotdan tayinlangan rahbar imzolagan kundaligi bilan birga 
OTMdan tayinlangan rahbarga belgilangan muddatda topshiradi. 
Talabaning malaka amaliyotini baholash jarayoni tegishli kafedralarda 
o’tkaziladi. Baholash jarayonida dekan, tegishli kafedra mudiri, o’quv-
uslubiy boshqarma(bo’lim) vakili hamda qabul qiluvchi tashkilotdan malaka 
amaliyoti rahbari ishtirok etishi mumkin. 
Malaka amaliyoti natijasi bo’yicha baho talabaning kursdan kursga 
o’tishi va stipendiya belgilashda hisobga olinadi. 
Malaka amaliyoti kurs uchun qo’llanilayotgan (100; 5) balli tizimda 
baholanadi. Malaka amaliyoti davrida talaba malaka amaliyoti dasturida 
ko’zda tutilgan baholash mezonlariga muvofiq joriy baholanishi va ushbu 
baholar hisobot himoyasi bo’yicha baholanishida inobatga olinishi mumkin. 
Malaka amaliyoti yakunlari bo’yicha qoniqarsiz baho olgan yoki uzrli 
sabablarsiz amaliyotga qatnashmagan talaba akademik qarzdor sifatida oliy 
ta’lim muassasasi rektori buyrug’i bilan kursdan qoldiriladi. 
Malaka amaliyotini o’tash davrida talabaning uzrli sabablarga (kasal 
bo’lib qolishi, oilasi bilan bog’liq baxtsiz hodisalar va b.) ko’ra qatnashish 
imkoniyati bo’lmagan holatlarda, talabaning malaka amaliyotini o’tash vaqti 
OTM rektori buyrug’i bilan o’quv yili (semestr) davomidagi boshqa 
muddatga (odatda, tahtil davriga) ko’chirilishi mumkin. 
Malaka amaliyoti yakuni OTM ilmiy-uslubiy kengashi (tegishli 
fakulg’tet kengashi) da qabul qiluvchi tashkilotning vakillari ishtirokida 
muhokama qilinadi. 
Malaka amaliyotini o’tash davrida talabaga ish haqi to’lanishi 
belgilanganligidan qathiy nazar, uning stipendiya olish huquqi saqlab 
qolinadi. 
OTM ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari xususiyatlaridan kelib 
chiqib, talabalar malaka amaliyoti o’tashi uchun yo’riqnoma va 
ko’rsatmalarni ta’lim to’g’risidagi qonun hujjatlari, shuningdek malaka 
amaliyoti to’g’risidagi Nizom asosida ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar. 


129 
Talaba amaliyot utish davrida, buxgalteriya hisobotning xar bir 
bo’limlari bo’yicha amaliy ma’lumotlarni o’rganib taxlil qilib, nazariy 
bilimga bog’lab o’zlarining xulosalarini bildiradilar. Amaliy ma’lumotlarni 
o’rganish davomida talabalar buxgalteriya hisobining boshlang’ich xujjatlari, 
hisob registrlari va hisobotlardan ko’chirma oladilar. Agar xujjat yetishmasa 
yoki bo’lmasa talaba hujjat va hisob registrlarini chizib, ma’lumotlardan 
nusxa oladilar. 
Talaba amaliyotini o’tash davrida amaliyot dasturida 
keltirilgan mavzular bo’yicha amaliyot materiallarini to’playdi, 
ularni o’rganib chiqadi. Mavzuda ko’rsatilgan va bajarilishi lozim 
bo’lgan ishlar kundalik daftarga yozib boriladi. Amaliy materiallar, 
hisob-kitoblar va jadvallaralohida papkada yig’ib boriladi va 
keyinchalik amaliyot hismobotiga ilova qilinadi.
Talaba amaliyot o’tishida: amaliyot dasturida ko’zda tutilgan 
topshiriklarni to’liq bajaradi; mehnat muxofazasi, xafvsizlik texnikasi va 
ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalarini o’rganadi va ularga qathiy rioya 
qiladi; bajarilgan ish va uning natijalari uchun shu korxona ishchilari qatori 
mahsul hisoblanadi; kundalik daftar yuritadi, buxgalteriya hisobiga tegishli 
dastlabki xujjatlarni va hisob registrlarni yig’adi; amaliyot rahbariga barcha 
topshiriqlar bajarilganligi haqida og’zaki ravishda hisobot beradi, kundalik 
daftar, yig’ilgan birlamchi xujjatlar va hisob-registrlari asosida amaliyot 
bo’yicha hisobot yoziladi. Hisobot yozish talabalarning amaliyot bilan 
bevosita bog’langan holdagi mustaqil ilmiy ishi bo’lib hisoblanadi. 
Ishlab chiqarish amaliyoti to’g’risidagi hisobot ushbu talablarga javob 
berishi talab etiladi. 
1. Hisobotda keltirilgan ma’lumotlarning korxona ma’lumotlariga to’g’ri kelishi; 
2. Amaliyot dasturining to’liq bajarilishi; 
3. Olingan ma’lumotlar tahlil ilinib hisobotda yoritilganligi; 
4. Hisobotda keltirilgan jadvallar grafiklar, va hujjatlarning nomi to’liq 
ko’rsatilganligi. 


130 
Hisobot saxifalari raqamlanadi. Hisobotga ilova qilingan xujjatlar, hisob-
kitoblardan ko’chirmalar va hisob registrlari raqamlar bilan alohida belgilanadi. 
Har bir qilingan ilovaning tavsifi tegishli bo’lim matnida ko’rsatib boriladi.
Talabalar hisobotini yozib ilovada keltirilgan shaklda titul varag’ini to’ldirib 
Hisobot saxifalari raqamlar bilan belgilanadi. Hisobotga ilova qilingan xujjatlar, 
hisob-kitoblardan ko’chirmalar va hisob registrlari raqamlar bilan alohida 
belgilanadi. Ilovalar tavsifi hisobotning tegishli bo’limidayoritiladi. Talabalar 
hisobotini yozib ilovada keltirilgan shaklda titul varag’ini to’ldirib hisobotni 
tekshirish va taqriz uchun kafedraga topshiradilar. 
Talaba tomonidan yozilgan hisobot rahbar tomonidan tekshirish va taqriz 
qilish uchun kafedraga topshiriladi. 
Hisobotga OTMdan biriktirilgan rahbar tomonidan taqriz yoziladi. 
Hisobotning yutuq va kamchiliklari ushbu taqrizda ko’rsatib o’tiladi. Rahbar ijobiy 
baholangan hisobotni kafedrada tashkil qilingan komissiyada ximoya qilish uchun 
tavsiya qiladi.

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin