Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


Mavzu bo’yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

Mavzu bo’yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar 
tayyorlash. 
Talabaga muayyan mavzu bo’yicha testlar, qiyinchilik darajasi 
har 
xil bo’lgan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bo’ladigan 
savollar tuzish topshiriladi. 
Bunda o’qituvchi tomonidan talabaga testga qo’yiladigan talablar va 
uni tuzish qonun-qoidalari, qanday maqsad ko’zda tutilayotganligi, 
muammoli savollar tuzishda mavzuning munozarali momentlarini qanday 
ajratish lozimligi, topshiriqlarni tuzish usullari bo’yicha yo’l-yo’riq beriladi. 
Konsulg’tatsiya paytlarida bajarilgan ishlarning qo’yilgan vazifa va 
talablarga javob berish darajasi nazorat qilinadi (qayta ishlab kelish, 
aniqlashtirish yoki to’ldirish taklif etilishi mumkin). 
Test, savol va topshiriqlar majmuasi kafedrada eskpertlar 
ishtirokida himoya qilinadi. 
Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash. 
Talabaga biron 
bir mavzu bo’yicha (mavzuni talabaning o’zi tanlashi ham mumkin) ilmiy 
(referativ) harakterda maqola, tezis yoki ma’ruza tayyorlash topshirilishi 
mumkin. Bunda talaba o’quv adabiyotlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, 
dissertatsiyalar, maqola va monografiyalar hamda boshqa axborot 
manbalaridan mavzuga tegishli materiallarni to’playdi, taxlil qiladi, 
zarurlarini ajratib olib, tartibga soladi, shaxsiy tajribasi va bilimi, ilmiy 
natijalariga asoslangan holda qo’shimchalar, izohlar kiritadi, o’z nuqtai-
nazarini bayon etadi va asoslaydi. Bunda talaba o’qituvchi bilan 
hamkorlikda ishlaydi. 
Tayyorlangan maqola, tezis yoki ma’ruza kafedrada himoya 
qilinadi. 


136 
Amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy 
ishlash. 
Bir mavzu yoki bo’lim bo’yicha nostandart, alohida yondashish talab 
qilinadigan, nazariy ahamiyatga ega bo’lgan amaliy topshiriqlar, ijodiy 
yondashish talab qilinadigan ilmiy-ijodiy vazifalar, modellar, maketlar, namunalar 
yaratish vazifasi topshirilishi mumkin. Amaliy topshiriqlar masalani hal qilishning 
optimal variantlarini izlashga va topishga qaratilgan bo’lishi kerak. 
Talabaning qiziqish va qobiliyatiga qarab, unga ilmiy harakterdagi 
topshiriqlar berish, o’qituvchi bilan hamkorlikda ilmiy maqolalar tayyorlash 
va chop ettirish mumkin.

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin