2. O’QUV MANBALARI BILAN ISHLASH. Fanning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab
ishchi o’quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda
o’zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini
ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli
bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga ehtibor qaratish, asosiy adabiyotlar va
axborot manbalarini ko’rsatish lozim.
Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o’quv
adabiyotlaridan foydalanib ushbu mavzuni konspektlashtiradilar, tayanch
iboralarning mohiyatini anglagan holda mavzuga taalluqli savollarga javob
tayyorlaydilar. Zarur hollarda (o’zlashtirish qiyin bo’lsa, savollar paydo bo’lsa,
adabiyotlar yetishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa va h.k.) o’qituvchidan
maslahatlar oladilar.
Mustaqil o’zlashtirilgan mavzu bo’yicha tayyorlangan matn kafedrada
himoya qilinadi.
Referat tayyorlash. Talabaga qiyinchilik darajasi uning shaxsiy
imkoniyatlari, qobiliyati va bilim darajasiga muvofiq bo’lgan biror mavzu bo’yicha
referat tayyorlash topshiriladi. Bunda talaba asosiy adabiyotlardan tashqari
qo’shimcha adabiyotlardan, monografiyalar, ilmiy, uslubiy maqolalar,
Internetdan olingan ma’lumotlar, elektron kutubxona materiallari kabilardan)
foydalanib materiallar yig’adi, taxlil qiladi, tizimga soladi va mavzu bo’yicha
imkon darajasida to’liq, keng ma’lumot berishga harakat qiladi. Zarur hollarda
o’qituvchidan maslahat va ko’rsatmalar oladi.
Yakunlangan referat kafedrada ekspertlar ishtirokida himoya qilinadi.
Ko’rgazmali vositalar tayyorlash. Talabaga muayyan mavzuni bayon
qilish va yaxshiroq o’zlashtirish uchun yordam beradigan ko’rgazmali
materiallar (jadvallar, chizmalar, rasmlar, xaritalar, maketlar, modellar, grafiklar,
namunalar, musiqiy asar, kichik badiiy asar va h.k.) tayyorlash topshiriladi. Mavzu
o’qituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga ma’lum ko’rsatmalar, yo’l-yo’riqlar
beriladi. Ko’rgazmali vositalarning miqdori, shakli va mazmuni talaba tomonidan
135
mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu bo’yicha bir necha talabaga
topshirish ham mumkin.
Talaba ko’rgazmali materiallardan foydalanish bo’yicha yozma
ravishda tavsiyalar tayyorlaydi va kafedrada himoya qiladi.