Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

5. KITOBLAR BILAN ISHLASH 
Kitob inson tomonidan bilim, malaka va muayyan ko’nikmalar tizimini 
egallash kalitidir. Inson nazariy bilimni asosan kitob orqali oladi. SHuning uchun 
ham insonyat kitobga bilim manbai sifatida qaraydi.
Talaba o’quv darsligi, o’quv qo’llanmalar, mutaxasisligi bo’yicha 
jurnallar, gazetalar, monografiya, risola va boshqa zaruriy kitoblar usti da 
ishlash orqali tegishli bilimlarni egallaydi, o’z dunyoqarashini shakllantiradi. 
Oliy maktabda kitob ustida mustaqil ishlash ta’lim va tarbiyaning muhim shakli 
zaruriy elementi bo’lib hisoblanadi. 
Kitob ustida ishlash o’quvchining talabalik yillaridagi faoliyatda asosiy 
va markaziy o’rinni egallaydi. Kitob bilan ishlash talabaning jiddiy, 
mahsuliyatli, ijodiy va aqliy mehnat jarayoni bo’lib hisoblanadi. Uning 
metodikasini bilish muvaffaqiyat garovidir. Kitob ustida ishlash adabiyotlarni 
tanlashdan boshlanadi.
O’qish lozim bo’lgan adabiyotlar ro’yxari o’rganilayotgan predmetning 
o’quv dasturida ko’rsatilgan bo’ladi yoki o’qituvchi tomonidan tavsiya 
yetiladi.Kerakli kitob OTM, shahar, viloyat, respublika kutubxona fondlaridan 
olinadi. Kutubxonada bibliografiya bo’limi bor. Bibliografiya bo’limida 
kitoblarni topishga yordam beradigan alfavit va tizimlashtirilgan (sistematik ya’ni 
mavzular bo’yicha) kataloglarda joylashgan kartotekalar bo’ladi. 
Alfavit katalogda
joylashgan kartotekalarda - kutubxonada mavjud 
bo’lgan, kitob, monografiya, risola, jurnal, ilmiy anjumanlar to’plami, gazeta
yoki boshqa kitob shaklidagi manbaoga muallifning familiyasihamda kitob yoki 
maqolaning nomi yozilgan maxsus kartochka bo’ladi. Ana shu kartochkalar 


153 
alohida, kartoteka deb nomlangan qutichalarda alfavit bo’yicha bir 
tartibda joylashtirilgan bo’ladi. Kartotekada kitob yoki maqola 
muallifining familiyasi ismi va sharifini bosh xarfi bo’yicha 
joylashtiriladi. Kitob yoki maqolaning muallifi bo’lmasa, ularning 
kartochkalari kartotekada kitob yoki maqola nominiig biriichi xarfi 
bo’yicha qo’yiladi.
Alfavitli katalog tuzishiing ahamiyati katta, u kerakli kitob yoki 
maqolaning kutubxonada bor-yo’qligini tezda aniqlashga imkon beradi.
Tematik katalogda adabiyotlar ularda qanday masalalar haqida gap 
yuritilayotganiga qarab ma’lum bir tizimga keltirilgan kartotekalarda 
joylashtirilgan bo’ladi, masalan, O’zbekiston tarixi, Iqtisodiy nazariya, 
Politologiya, Buxgalteriya hisobi, Menejment, Marketing, Iqtisodiyot va 
hokazo fan va fan sohalari bo’yicha alohida kartotekalarda 
joylashtirilgan bo’ladi. Masalai, "Moliyaviy hisob va hisobot” bo’yicha 
adabiyotni tanlash zarur bo’ladi, deylik, bu kitob “Buxgalteriya hisobi” 
mutaxasisligi sirasiga kiradi, shuning uchun, tematik katalogda 
joylashgan kartotekaning "Buxgalteriya hisobi” bo’limini topib, 
“Moliyaviy hisob va hisobot” degan yozuvli kartochka bor, kartochka 
orqasidan "Moliyaviy hisob va hisobot" bo’yicha axborot resurs 
markazida mavjud bo’lgan kitob va maqolalar kartochkalari topiladi.
O’qishning dastlabki paytlarida kitobni topib olish qiyinroq 
bo’ladi. SHu sababli kutubxona xodimlariga murojat qilib, ulardan 
kitoblarni “alfavit” yoki “tematik” katalogdan qanday topish xaqida 
maslahat olish maqsadga tezroq erishishga yordam beradi.
Kutubxonada gazeta va jurnallarda bosilgai maqolalarning 
katalogi ham bo’ladi. Bu katalogda gazeta va jurnallar kartatekada
tematik katalog singari mavzu yoki muammolar bo’yicha joylashtiriladi. 
Institut kutubxonasida kataloglarga qo’shimcha ravishda 
ma’lum masalalar, mavzular hamda o’rganilayotgan fanlar bo’yicha 
tavsiya yetiladigan adabiyotlar ro’yxati ham bo’ladi. Ularda kitob 


154 
mazmuni haqida annotasiya, muallifi hamda kitobda yoritilgan masalalar 
to’g’risida qisqacha ma’lumot beriladi. 
Kitob tanlanib, topib olingach kitob ustida ishlashning ikkinchi 
bosqichi boshlanadi, ya’ni kitob bilan bir sidra umumiy tarzda tanishib 
chiqiladi.Kitob bilan umumiy tarzda taiishish jarayonida uning nomi, muallifi. 
uni nashr yetgan nashriyot, chop etilgan yili kabilarga ehtiborberiladi. So’ngra 
kitobning so’z boshini o’qib, undan ushbu kitob kimlarga mo’ljallangani, 
qanday materiallarga asoslanib yozilgani va boshqalar aniqlanadi. 
Talaba kitobning mundarijasi bilan tanishib boblar, qismlar, 
paragrflarning nomlariga ehtibor beradi va o’rganishi lozim bo’lgan mavzuga 
aloqadorlik darajasini hisobga oladi. Kitobning xotima qismi bilan ham 
tanishib chiqadi. SHu tariqa talaba kitob to’g’risida umumiy bir fikrga keladi. 
Endi kitob ustida ishlashning navbatdagi - uchinchi bosqichiga o’tiladi, 
ya’ni kitobni boshidan oxirigacha o’qishga, mutolaa qilishga kirishadi. Kitobni 
birinchi o’qish jarayonida talaba uning mazmuni hamda bayon tartibi bilan 
tanishib oladi. Kitobni bir o’qishda mavzuni to’la mahnosi xotirada qolmaydi. 
SHuning uchun, kitobni chinakamiga o’rganish va undagi asosiy holatlarni 
chuqur anglab-tushunib olish uchun uni takror-takror o’qishga to’g’ri keladi. 
Kitobni o’qish jarayonida yangi so’zlar, terminlar, ilmiy tushunchalar uchrasa, 
ularni 
yozib 
olib, 
ularning 
mazmun 
mohiyatini 
so’zlagichlardan, 
entsiklapediyalardan ("CHet tillar so’zlari lug’ati", "Rus tili lug’ati", "Iqtisodiy 
terminlar lug’ati", "Entsiklopediyalar") o’rganib olish zarur. Bunday 
lug’atlarni shaxsiy qilib sotib olish yoki institut kutubxoiasidan topish mumkin. 
Kitobni faol, diqqat bilan o’qilganda puxta bilim olish mumkin. 
Ehtiborsiz o’qish bilan bilim olib bo’lmaydi. 
Kitobda o’zlashtirish qiyinroq matnlar uchrab qolsa, o’sha joyni qayta-
qayta tushunib olguncha o’qish kerak. Kitob mazmunini tushunib olgach, o’z 
tushunchalaringiz to’g’risida o’ylab ko’ring, xotirangizga kiriting, uta muhim 
joylarini yozib qo’yish zarur. Kitobda sxemalar, diagrammalar, jadvallar, 


155 
xaritalar bo’lsa ularni diqqat bilan o’rganing, tahlil qiling, ular kitob 
mazmunini chuqurroq tushunishga yordam beradi. 
Nihoyat, kitob ustida ishlashning to’rtinchi bosqichi, o’qigan 
kitobni 
konspektlashtirish 
bosqichi 
boshlanadi. 
O’rganilayotgan 
materialni konspekt qilish chuqur bilim olish, uni esda saqlab qolish 
imkoniyatini beradi. Yozuv jarayoni insonning yangi hissiyot 
organlarini safarbar yetadi. Yozuv o’qilgan materialni fikran tahlil 
qilishga o’rgatadi, mavzuning mazmunini esda saqlashga yordam beradi.
Konspektlashtirishda reja tuzishniig ahamiyati katta. Kitob 
mundarijasi konspekt rejasi uchun asos bo’lishi mumkin. Reja kitobni 
qunt bilan o’qishga, barcha masalalarni puxta tushunib olishga, 
kitobning muhim joylarini topish, yozish va eslab qolishga yordam 
beradi. 
Kitobda boshqa so’zlar bilan to’la ifodalab bo’lmaydigan darajada 
yorqin va mahnoli fikrlar uchrasa, ularni ko’chirib yozish lozim. 
SHuningdek nazariy tushunchalar, tarix voqealarining tavsifi, tahriflar 
ham so’zma-so’z ko’chirib olinadi. Ulardan kurs va bitiruv malakaviy 
ishlarida, ma’ruzalarda, maqolalarda foydalanish mumkin. Bunday 
ko’chirma yozuvlar tsitata (boshqalarning fikr-muloxazalari) deyiladi. 
Katta tsitatani ko’chirib olayotganda bahzi so’zlarni, hatto butun bir 
jumlalarni tashlab ketish mumkin, ularning o’rniga nuqtalar qo’yiladi.
Bunday hollarda muallif fikrini buzib kuchirish man etiladi. 
TSitatalar qo’shtirnoq ichiga olinadi, oxirida shu tsitata olingan manba 
yoki kitob va uning nechanchi betda yekanligi yozib qo’yiladi, 
Masalan, tsitata quyidagicha yoziladi: "demokratik jamiyatda bolalar, 
umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar 
bolalar erkin fikrlashni o’rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past 


156 
bo’lishi muqarrar. Albatta, bilim kerak. Ammo bilim o’z yo’liga. Mustaqil 
fikrlash ham katta boylikdir"
42

Konspekt kitob mazmunini muhim faktlar, nomlar, raqamlar
ismlarni keltirilgan xolda qisqacha bayon qilish bo’lib, kitobni bir sidra 
ko’chirib yozmasdan, o’z tushunchalaringizni o’z so’zlaringiz bilan ifodalab 
yozish zarur.
Konspekt yozishning qisqa shakli bor, u 

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin