Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

Nazorat uchun savollar: 
1. O’kuv jarayonining ilmiy asoslariga nimalar kiradi?
2. Ma’ruza mashg’ulotlari qanday o’tkaziladi?
3. Ma’ruza mashg’ulotlarining qanday turlarini bilasiz? 
4. Ma’ruza mashg’ulotlarida konspekt qanday tayyorlanadi?
5. Amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rish tartibi
6. Ilmiy seminar nima va u qanday tashkil qilinadi? 
7. 
Referat tayyorlash. Referat yozish. 
8. Mutaxassislik fanlardan nazorat o’tkazish tartibi va shakllari.
9. Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlashni gapirib bering 
8-MAVZU. TALABALARNING ILMIY-TADQIQOT ISHINI TASHKIL 


158 
ETISH 
Mavzu bo’yicha kalit so’zlar: 
yoshlik, yetuklik, uspirinlik, individual 
hayot, fizialogik o’zgarish, ijtimoiy o’zgarish, fuqorolik va psixologik yetuklik, 
ilmiy-tadqiqot ishlari, ilmiy tugarak, konkursi, viktorina,olimpiada, konferentsiya, 
muammoli laboratoriya, ko’rik, tanlov, maqola. 
 
1. YOSHLAR VA FAN 
Yoshlar ota-onalar bag’ridan ketib, o’rta maxsus yoki oliy ta’lim 
muassasalarida ta’lim olar ekan, mahsuliyat bevosita ta’lim muassasasiga o’tadi. 
Natijada uning individual hayot tarzi yoshlik va yetuklik oralig’idagi davr bo’lib, 
o’spirinlikdan keyin fiziologik o’zgarishlardan ham ko’ra ijtimoiy o’zgarishlar 
ko’proq namoyon bo’ladi. Bu davr 17-25 yoshni o’z ichiga oladi. Bu davr ko’p 
yoshlarning talabalik davriga to’g’ri keladi. 
Talaba deganda moddiy va maonaviy ishlab chiqarishda ijtimoiy hayotga va 
mutaxassislikka oid rollarni muayyan holda va maxsus dastur asosida bajarishga 
tayyorlanayotgan shaxs tushuniladi
SHaxsning talabalik davri fuqarolik va psixolog yetuklikka erisha borish 
jarayonidir. Bu davrda yetuk shaxsga mansub bo’lgan huquq va burchlar egallab 
olinadi va yoshlarning kasb tanlash oid shaxsiy hayot tarzi shakllana boradi. 
Binobarin o’spirinlik davri tugallanishi va fiziologik jihatdan yetuklik psixologik 
va ijtimoiy yetuklikka davri boshlanadi.
Ijtimoiy yetuklik talabalarni ham aqliy qobiliyatiga, ham ijtimoiy hayotda 
bajariladigan turli faoliyatga: oila qurish, farzand tarbiyasi, ijtimoiy foydali 
mehnatda qatnashishga tayyorlaydi. Bunda talabalar ijtimoiy hayotga oid 
ma’lumotga ega bo’lishi, yetuk mutaxassislikka ega bo’lishi, qonunlarga itoat 
etishi va uni bajarishda javobgarlikni his etishi, ota-onalik burchini his etishi
ma’lum ijtimoiy guruhga rahbarlik qila olishi, sport sektsiyalari va ma’lum 
to’garaklarda qatnashishga tayyor bo’lishi zarur. Ijtimoiy yetuklikning 
boshlanishida ayniqsa qonunlarni, uning mehyorini bilish va unga bo’ysunishni 
taqozo etadi. Agar shu davrda yoshlarda ijtimoiy tahsir u yoki bu sabablarga ko’ra 


159 
susayib ketsa, yoshlar bu davrda ijtimoiy hayot mehyorlariga, ota-onaga zid 
hatti-harakat qilishlari mumkin natijasida yovuz g’oyalar yoshlarimiz ongi 
va aqliga tahsir etib, ularni har qanday usullar bilan o’z tomonlariga 
og’dirishga harakat qiladilar va bahzi yoshlar ehtiqodi sustligi, qonun va 
uning talablarini bilmasligi tufayli yot tahsirlarga berilib ham ketadi. 
SHuning uchun ham, ijtimoiy va psixologik yetuklik yoshlarda mahsuliyat 
va burch hissini anglab olishda muhim sanaladi.
O’z oilasidan chetga o’qishga ketgan yosh yigit-qiz dastlab talabalik 
davrida paydo bo’lgan murakkab vaziyatlar, mustaqil hayot oldida esankirab 
qolishi mumkin.CHunki, talabalikning dastlabki kunlaridagi kayfiyatning 
ko’tarinkiligi, zavq-shavq tuyg’usi yoshlarga ko’tarinki ruh bersa, kundalik 
turmush urunishlari, o’qish jarayonidagi muayyan qonun-qoidalar, 
qiyinchiliklar tahsir etib, ular ruhiyatida bahzida tushkunlik yuz berishi 
mumkin. Natijada, ichki va tashqi omillar tahsirida talaba ruhida 
ishonchsizlik, umidsizlik kabi his-tuyg’ular paydo bo’lib yot tahsirlarga 
berilib ketishga yoki noto’g’ri yo’lga kirib ketishga olib keladi. Masalan, 
17-19 yoshda talaba hali o’z xulqini hatti-harakatini boshqara olmaganligi 
tufayli hayotida ehtiyotsizlik holatlari yuz berishi mumkin. SHunga ko’ra, 
ayrim talabalarda hayotiy tajriba yetishmasligi tufayli ko’p masalalarda 
hohish-istakka berilib, xatoliklarga yo’l qo’yadi. Ularda o’zini-o’zi tahlil 
qilish, nazorat qilish, baholash, tekshirish kabi holatlar yetishmaydi. 
SHuning uchun ham ular faoliyatida ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar mavjud 
bo’ladi. Lekin asta-sekin keyingi kurslarga o’tgan sayin ularning ijodiy 
tafakkuri, his-tuyg’ulari, axloqiy xislatlari o’zini-o’zi baholash asosida 
ehtiqodi ham shakllana boradi.
Demak, yoshlik davrida o’spirinlikda tarkib topgan eng yaxshi 
xislatlar to’liq shakllanadi. Bu, ayniqsa, kasb tanlashda namoyon bo’ladi. 
Umumiy o’rta ta’lim maktabida va oilada to’g’ri kasb tanlashga
yo’naltirilgan yoshlar institutda o’z kasbining yetuk mutaxassisi bo’lishi 
uchun harkat qiladi, o’qib o’rganadi. To’g’ri kasb tanlash oilaviy hayotni 


160 
ham moddiy, ham maonaviy tomonidan to’g’ri tahminlashga yordam beradi. 
To’g’ri kasb tanlash insonning kelajagini belgilashda katta ahamiyatga ega. Har bir 
kasb, albatta, insonning qiziqishi va qobiliyati naqtai nazaridan tanlanadi. Agar 
kasb to’g’ri tanlansa, shu kasbning yetuk mutaxassisi bo’lib yetishadi. Agar kasb 
tanlashga yoshlar ota-onalar xohish istagi bilan o’zi befarq qaragan holda 
yondashsa, bunda kelgusi hayotida katta fojialarga duch kelishi mumkin. SHuning 
uchun kasb tanlashda ota-ona bilan maslahat qilishi bilan birga o’zining qobiliyati, 
kasbga loyiqligi, moddiy va maonaviy jihat hisobga olinishi muhim. Aks hola 
noto’g’ri tanlangan kasb natijasida uni o’zlashtirishga yoki yillab o’zi sevmagan 
kasb bilan majburan shug’ullanishiga to’g’ri keladi. Ana shunday sharoitda eng 
avvalo oila, farzandlar aziyat chekadi, oila moddiy va maonaviy qiyinchiliklarga 
duch keladi. Oiladagi bu maonaviy va moddiy zarar jamiyatga ham tahsir etadi. 
CHunki har bir mutaxassisni tayyorlab yetkazguncha davlat qanchadan-qancha 
mablag’ sarflaydi, o’sha tashlab ketilgan kasbning mohir sohibi bo’ladigan inson 
esa bunga erisha olmay sarson-sargardon kezishi mumkin. 
Yoshlarning kasb tanlashida ularga kasbning mosligi katta ahamiyatga ega. 
Kasbga moslik mehnat faoliyati jarayonida shakllanib, uning xulqi ham tarkib topa 
boradi. 
Lekin bahzi kasblarda alohida qobiliyat, kasbga moslik talab etilmasa-da, 
bahzilarida mazkur kasbga moslik, layoqat talab etiladi. Masalan, uchuvchilik 
kasbi, jarrohlik, energiya tizimi operatorlari kabi kasblarda alohida qunt, qobiliyat, 
bilim va zukkolik talab etiladi. SHaxsda sanaht bilan bog’liq bo’lgan kasblarda esa 
qobiliyat, ijodkorlik bo’lmasa, sanahtkor, rassom, aktyor yoki arxitektor bo’la 
olmaydi. 
Bahzi hollarda to’g’ri kasb tanlanadi. U yoshlarning qiziqishi va qobiliyatiga 
to’g’ri keladi. Ammo mehnat faoliyati jarayonida uning tanlagan kasbi to’g’ri 
kelmasligini tushunib yetadi. Bunday hollarda o’z irodasi va qobiliyatini ishga 
solib, qiyinchilik-larni yengib o’tish zarur. 
Demak, kasb tanlashda o’z qiziqishlari, qobiliyati, imkoniyatlarini hisobga 
olish, o’z xarakterini bilish, o’z iroda kuchini anglab yetishni baholay olish 


161 
talabalik yilarida muhimdir. Lekin kasb tanlashni o’smirlik davridan 
boshlab, talabalik yillarida esa yuqori darajali mutaxassisni tayyorlashda 
samaradorlikka erishish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Talabalar kun tartibi oiladagi o’smir va o’spirinlarning kun tartibidan 
farq qiladi. Talabalarning asosiy vaqti o’qish mashg’ulotlariga sarf bo’ladi. 
Lekin asosiy maqsad, ana shu o’quv mashg’ulotlarida talabaning faoliyatini 
oshirish, kun tartibini to’g’ri tashkil etishdir. Buning uchun talaba jismoniy 
tarbiya mashqlari, nonushta, bo’sh vaqtini to’g’ri tashkil etish, shaxsiy 
gigiena qoidalariga rioya qilish, sog’lomlashtirish-sport ishlariga ehtiborini 
qaratmog’i lozim. Agar talaba bolaligidan oilada, o’z ota-onasi bag’rida kun 
tartibiga qaroiy rioya etsa, u talabalik yillarida ham kun tartibini to’g’ri tuza 
oladi. Bunda asosan o’qish mashg’ulotlaridan ta’limga ehtibor beriladi. 
Lekin qolgan bo’sh vaqtini taqsimlashda sanhat, sport, kitobxonlik bilan 
shug’ullanish, madaniy hordiq chiqarish (kinoteatrga borish, radio, 
televidenie eshitish va ko’rish) bularning barchasi talaba kun tartibidan aniq 
o’rin olishi muhimdir. 
Lekin talbalar orasida «Mustaqillik» natijasida mashg’ulotlarga 
qatnashmay, faqat bemahni vidiofilg’mlar tahsirida kunni kech qilayotgan, 
tungi barlarda kunni tongga ulayotganlar ham mavjud. SHunindek, tug’ilgan 
kun, bayramlar munosabati bilan hayotni faqat maishatdan iborat deb 
tushunayotgan yoshlar ham yo’q emas. SHuning uchun ham birinchi kurs 
talabasini qabul qilish bilan unga oliy o’quv dargohida kun tartibini qanday 
tashkil etish yuzasidan maslahat uyushtirish va uni qaroiy nazorat qilish 
maqsadga muvofiq. Toki «erkin» hayot tarzi talabalarning kelgusi oilaviy 
hayot tarziga salbiy tahsir etmasin yoki uning ravon ketayotgan hayotini 
izdan chiqarib yubormasin. 

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin