150
hamda talabaning shaxsiy dars jadvali bo’ladi. Talabalar o’qishdan haydalmaydi
yoki kursdan-kursga qolmaydi. Qaysi fandan belgilangan kreditlarni yig’olmasa,
faqat o’sha fanning o’zidan qayta imtihon topshiradi, xolos. Oliy ma’lumot
olganligi to’g’risidagi diplom esa belgilangan kreditlarni yiqqanidan so’nggina
beriladi. Semestr yakunida talabalar bahosining 50 foizini fan o’qituvchisi, 50
foizini universitet rahbariyati qo’yadi. Ya’ni, bir semestr davomida oraliq nazorat,
uyga vazifalar va amaliy mashg’ulot (laboratoriya) ishlarini professor-o’qituvchilar
baholaydi. Yakuniy nazorat universitet rahbariyati tomonidan olinadi. Unda fan
o’qituvchilari ishtirok
etmaydiMutaxassislar fikricha, kreditlarni yig’ish uchun
talabadan darslarda qatnashish, berilgan vazifalarni vaqtida bajarish, o’z
bilim
saviyasini namoyon etish talab etiladi. O’zlashtirishi yuqori talabalar mustaqil ish
mavzularini o’rganib, ularni muddatidan oldin topshirishi mumkin. Bu bo’lajak
mutaxassislarning vaqtini tejaydi. Zimmasidagi “yuk”dan xalos bo’lganlar semestr
yakuniga qadar qolgan vaqtini amaliy mashg’ulotlarga sarflaydi.Misol uchun,
talaba bir semestrda 30 (bir o’quv yilida 60) kredit yig’ishi kerak. Unga
matematika fanidan 8 kredit ajratilgan bo’lsa, bundan 4 kreditni leksiyadan,
qolganini mustaqil ishdan to’playdi. Agar u matematika fanini o’zlash¬tirolmasa,
unga taotil vaqti bu fanni qayta o’qish imkoni beriladi. Lekin bu imkoniyat —
pullik. Bir kredit qiymati o’quv yili davomidagi ta’lim olish uchun to’planadigan
umumiy summani kreditlar miqdoriga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. Deylik,
to’lov-shartnoma puli 8 477 800 so’m bo’lsa, bu raqam 60 ga bo’linadi. Hosil
bo’lgan bo’linma (141 297 so’m) bir kredit bahosi. Demak, ushbu bo’linmani
matematika fani uchun ajratilgan kredit — 8 ga ko’paytirsak, qayta o’qish fani
narxi (1 130 376 so’m) kelib chiqadi. SHu summa evaziga talaba matematika
fanini qayta o’qishi va imtihon topshirishi mumkin.Bu tizim 1989-yili bir qancha
Ovrupa universitetlarida sinovdan muvaffaqiyatli o’tgan.
Mazkur tizimning oliy
ta’limga joriy qilinishi o’qitish sifatini oshirish, shaffoflikni tahminlash,
korrupsiyaga barham berish, ta’lim oluvchining haqiqiy bilimini yuzaga chiqarish
hamda talabaning mustaqil o’qib-o’rganib, o’z ustida ishlashiga zamin yaratadi.
Ovrupa davlatlarida o’qitishning akademik kredit tizimiga ko’ra 1 kredit 36
151
akademik soatga teng. Har bir o’quv moduli 1 yoki 1,5 kreditga mo’ljallanadi.
Kredit tizimi auditoriya ta’limini ham, mustaqil o’qish jarayonini ham o’z ichiga
oladi.
Yurtimizdagi ilg’or oliy ta’lim muassasalarida anoanaviy o’qitish tizimidan
voz kechilib, dunyo tajribasidan o’tgan usul va uslublardan foydalanish yo’lga
qo’yilmoqda. Masalan, 2013-yildan buyon mamlakatimizdagi tibbiyot oliy ta’lim
muassasalari, 2016–2017-o’quv yilidan Toshkent davlat
yuridik universitetida
talabalar o’qitishning modul tizimi asosida ta’lim olayotgan bo’lsa, 2018–2019-
o’quv yilidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari
universitetida kredit tizimiga o’tildi.Talabalar orasida bu kabi o’qitish tizimlariga
haligacha tushunolmay qiynalayotganlar uchrab turibdi. Ijtimoiy tarmoq
foydalanuvchilaridan biri shunday xabar qoldirgan: “Kredit tizimida darslar o’tish
ketma-ketligi, muayyan dars jadvalining yo’qligi, ayniqsa, biz talabalarni
qiynaydigan baholash tizimi ham biroz murakkab. Mustaqil ishlarni topshirish
uchun esa haftalab vaqtimiz ketadi. Topshirolmagan
taqdirimizda yana shuncha
vaqt
sarflab
qayta
tayyorlanishimiz
kerak.
Boshqa
darslarga
esa
ulgurmayapman”.Vaqt sinovidan o’tgan mazkur ta’lim berish tizimlariga
talabalarimiz nega moslasha olmayapti? Modul va kredit tizimlarining bir-biridan
farqi nima? SHu kabi savollar bizni mutaxassislar huzuriga yetakladi.— Modul va
kredit tizimlari bir-birini to’ldiradi, — deydi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Ta’lim kredit tizimini boshqarish
bo’limi boshlig’i Farhod Alisherov. — Modul alohida o’quv fani (yoki
uning
qismi) bo’lib, o’zida tegishli bilim hamda kasbiy jihatlarga doir ma’lumotlarni
qamrab oladi. O’qitishning modul tizimi talabaning fan dasturini o’rganishi
natijasida shakllanadigan bilim, ko’nikma va malakalarni nazorat qilishning
tegishli turi bilan yakunlanadi. Masalan, talabalarning bilim saviyasi va
o’zlashtirish darajasining davlat ta’lim standartlariga
muvofiqligini tahminlash
uchun joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari o’tkaziladi. Akademik kredit tizimi
esa talabaning oliy o’quv yurtida samarali bilim olishini aniqlab beruvchi
standartlashtirilgan baholash tizimi hisoblanadi. Kredit talaba tomonidan tegishli
152
o’quv ishlarini bajarishga ketadigan vaqt(soatlar)dan tashkil topadi. Har bir modul
mustaqil kredit hisobiga ega. Oliy ta’lim muassasasi kredit tarkibi, har bir modul
bo’yicha
kreditlar soni, shuningdek, har bir kursni va umuman o’qish davrini
tamomlash uchun talaba tomonidan to’planishi lozim bo’lgan kreditlarning
umumiy sonini mustaqil belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: