171
Korxona qonun bilan cheklanmagan har qanday faoliyat bilan shug‘ullanish
huquqiga ega. Korxonaning vazifalarini mulk egasining (yoki jamoaning)
qiziqishi, faoliyatga yо‘naltirilgan ustav kapitalining (pulining) miqdori, korxona
ichidagi ijtimoiy-iqtisodiy holat va bozorni talabi belgilaydi. Faoliyat xususiyatlari
bо‘yicha barcha korxonalar, tijorat va notijorat maqsadlari uchun tashkil qilinadi.
Tijorat korxonalari notijorat korxonalaridan, xususan, assotsiatsiyalardan, ijtimoiy
tashkilotlardan, diniy korxonalar va har xil fondlardan о‘zining asosiy maqsadi
bо‘lgan foyda olishi bilan farq qiladi.
Mulkchilik shakliga kо‘ra korxonalar:
davlat korxonasi, xususiy, aralash
mulkchilikka asoslangan, hamkorlikdagi, mas’uliyati cheklangan jamiyat,
aksiyadorlik, kompaniya, fermer xо‘jaligi,
agrofirma, chet el kapitali bilan
hamkorlikdagi va boshqa shakllarda tashkil qilinadi.
Boshqaruv deganda, ma’lum iqtisodiy natijalarga erishish maqsadida
korxonada mavjud bо‘lgan obyektlarga, sodir bо‘ladigan ijtimoiy-iqtisodiy
jarayonlarga va korxona faoliyatida ishtirok etuvchi xodimlarga (odamlarga)
yо‘naltirilgan ongli faoliyat tushuniladi. Kishilik jamiyatining taraqqiyotida,
boshqaruvni turli tizimlaridan foydalanib kelingan. Tashqi muhitga ta’siri
bо‘yicha
boshqarishni mexanistik, organik, aralash va boshqa tizimlari mavjud.
Boshqarishni aralash tizimiga bashorat qilish va iqtisodiy tahlilga
asoslangan boshqarish variantlarini kiritish mumkin. Uning asosiy maqsadi -
korxona faoliyatida ishtirok etadigan barcha moddiy, moliyaviy va mehnat
resurslarni holatini va korxona ish natijalarini о‘rganish hamda baholash asosida
ulardan foydalanish samaradorligini oshirish bо‘lib hisoblanadi.
Iqtisodiy tahlil choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari
asosida о‘tkazilib, dastlabki va moliyaviy tahlil shaklida tashkil qilinadi.
Dastlabki tahlil buxgalteriya va moliyaviy hisobotlarini tuzgunga qadar
о‘tkaziladi va hisobot moddalarini hamda hisobotlarga qо‘shimcha
tuziladigan
tushuntirish xatini tо‘g‘ri tuzishni ta’minlaydi. Iqtisodiy tahlilning tarkibiy qismi
bо‘lgan moliyaviy tahlil, korxona biznes-rejalarini ishlab chiqish va uning
moliyasini boshqarishning ajralmas qismi bо‘lib hisoblanadi.
172
Korxonalar faoliyatiga baho berish va yо‘l qо‘yilgan kamchiliklarni
aniqlash hamda korxonani iqtisodiy rivojlantirishni ichki omillarini topish
maqsadida moliyaviy hisobotlarni topshirgandan keyin, ularning ma’lumotlari
asosida korxonalar moliya-xо‘jalik
faoliyatlari har tomonlama, tо‘liq tahlil
qilinadi. Uning natijalari asosida kelgusi davr rejalari va korxonani rivojlantirish
chora-tadbirlari ishlab chiqiladi. О‘tkaziladigan moliyaviy tahlilnig sifati tahlil
qilishda qо‘llaniladigan usullar va buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining
haqiqiyligiga bog‘liq bо‘ladi. Iqtisodiy tahlilga asoslangan boshqaruv tizimi
asosini
Dostları ilə paylaş: