175
Professor N. Jо‘rayev va boshqalar muallifligida “Moliyaviy va boshqaruv
hisobi” darsligida buxgalteriya hisobining predmetiga “...buxgalteriya hisobining
predmeti
– ishlab chiqarish jarayonidagi korxonalar, tashkilotlar va
muassasalarning samarali boshqarilishida mablag‘lar holati hamda ulardan unumli
foydalanish haqidagi axborotlarni shakllantirish hisoblanadi”
49
, - deb ta’rif
berishgan. Bu ta’rifda mualliflar, birinchidan, buxgalteriya hisobini faqatgina
ishlab chiqarish sohasida tashkil qilinishiga ishora qilishgan; ikkinchidan, fanning
predmeti bilan obyektlari chalkashtirib yuborilgan; uchinchidan, buxgalteriya
hisobiga faqatgina mablag‘lar holati hamda ulardan unumli foydalanish haqidagi
axborotlarni shakllantirish vositasi sifatida qaralgan; tо‘rtinchidan esa, xо‘jalik
mablag‘larining tashkil topish manbalarini buxgalteriya hisobi doirasidan chiqarib
yuborishgan.
Angliyalik olim Frenk Vud buxgalteriya hisobi fanini predmetini “...eng
avvalo, yozuvlar nima uchun belgilanganligi, ularni tahlil etish va bayon
etishdir”
50
, - deb izohlaydi. Uning fikricha,
Dostları ilə paylaş: