189
berilgan teri, charmdan mashulot ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun asosiy
material bо‘lib hisoblanadi.
Shuningdek, metallurgiya kombinatida tayyorlangan
prokat, mashinasozlik sanoati uchun,
qazib chiqarilgan neft, neftni qayta ishlash
zavodlari uchun asosiy material bо‘lib hisoblanadi.
Yordamchi materiallar
- tayyorlanadigan mashulotlarni moddiy asosini
tashkil qilmaydigan mehnat buyumi. Ular ishlab chiqarilgan mashulotlarga ma’lum
bir sifat beradi. Misol yengil sanoat korxonalarida yordamchi materiallarga har-xil
bо‘yoqlar, kislotalar, kraxmal, moylovchi materiallar,
qurilish sanoatida qurilish
ishlarini pardozlash uchun zarur bо‘lgan qurilish-ta’mirlash materiallari (bо‘yoq,
lak, emulsiya, rang beruvchi parashoklar va boshqalar) kiradi.
Ehtiyot qismlar
- jihozlarni, stanoklarni, transport vositalarini ta’mirlash
uchun zarur bо‘lgan va korxonaning о‘zida tayyorlangan
yoki mol yetkazib
beruvchilardan sotib olingan detallar, uzellar, ehtiyot qismlar va butlovchi
buyumlar kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: