188
Ishlab chiqarish zahiralariga О‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya
hisobining 4-sonli “Tovar moddiy zahiralar” nomli
milliy andozasiga muvofiq
quyidagiлар mehnat buyumlari таркибига kiritiladi: Tovar-moddiy zahiralar
(TMZ) quyidagilar tarzida xo’jalik subyektlarida bo’lgan aktivlar hisoblanadi: xom
ashyo, xarid qilinadigan yarim tayyor mashulotlar va butlovchi buyumlar, yoqilg’i,
idishlar, ehtiyot qismlar, inventarь va xo’jalik anjomlari (arzon
baholi va
tezeskiruvchi buyumlar), ishlab chiqarish jarayonida yoki ishlarni bajarish va
xizmatlar ko’rsatishda foydalanish uchun mo’ljallangan boshqa materiallar
zaxiralari.
Xom-ashyo
- dastlabki mehnat ta’siriga
uchragan, lekin, hali sanoat ishlab
chiqarishi jarayonida ishtirok etmagan va iste’mol qilishga tayyor bо‘lmagan
mehnat buyumi. Xom-ashyoga qishloq xо‘jaligi mashulotlari, tog‘-kon
sanoati
mashulotlari kiradi. Bunday mehnat buyumlari keyinchalik sanoat ishlab chiqarish
jarayonida ishtirok etib, ishlab chiqarilgan mashulotlarning moddiy asosini tashkil
qiladi. Masalan, paxta tozalash zavodlari uchun momiq (daladan terib olingan
paxta), konserva zavodlari uchun pomidor, karam, bodring, pateson, shaftoli, о‘rik
va boshqa qishloq xо‘jaligi mashulotlari, metallurgiya sanoati uchun qazib olingan
ruda xom ashyo bо‘lib hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayonida xom ashyoga
birlamchi ishlov berilib, iste’mol qilishga yoki keyinchalik sanoat maqsadi uchun
ishlatishga
tayyor
holga
keltiriladi.
Xom-ashyo
ishlab
chiqariladigan
mashulotlarning moddiy asosini tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: