Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


Schyotlar tizimi va ikki yoqlama yozuv -



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

Schyotlar tizimi va ikki yoqlama yozuv - 
schyotlar tizimi hisob 
obyektlarini iqtisodiy belgilariga qarab guruhlash uchun xizmat qiladi. 
Buxgalteriya hisobi schyotlariga yozuv ikki yoqlama yozuv tamoyili asosida 
amalga oshiriladi. Uning mohiyati shundaki, rо‘y bergan xо‘jalik operatsiyasi bir 
vaqtning о‘zida ikkita schyotga teng summalarda yoziladi. 
Joriy hisob ma’lumotlarini jamlash, oborot qaydnomasi va balans 
tuzish - 
buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning asosiy shakllaridan biri bо‘lib, 
korxona mablag‘larining tarkibini va hosil bо‘lish manbalarini tavsiflaydi. 
Shuningdek buxgalteriya balansi korxonaning moliyaviy holatini kо‘rsatib 
beruvchi va uni tahlil qilish manbalardan biri bо‘lib hisoblanadi. 
Balans moliyaviy hisobot shaklida korxonaning muayyan vaqt mobaynidagi 
faoliyatini umumlashtirib kо‘rsatadi. Balans ma’lumotlariga qarab korxonaning 
moliya - xо‘jalik faoliyatiga baho beriladi. Shuning uchun ham balans korxona 
xо‘jalik faoliyatiga baho beruvchi “korxona kо‘zgusi” bо‘lib hisoblanadi. 
Inventarizatsiya (ashyoviy rо‘yxatdan о‘tkazish) 
- buxgalteriya hisobi 
metodining elementi sifatida, moddiy boyliklar, pul mablag‘lari va moliyaviy 
majburiyatlarni natura jihatdan tekshirish orqali ularning korxonadagi haqiqiy 
holatini aniqlash imkonini beradi. Buxgalteriya hisobini tashkil qilishda yо‘l 
qо‘yilgan xatoliklarni yoki korxonada sodir bо‘lgan о‘g‘irlik va yо‘qotishlar 
natijasida kо‘rilgan zarar va kamomadlar miqdori faqat hisob obyektlarini qayta 
ashyoviy rо‘yxatdan о‘tkazish yо‘li bilan aniqlanadi. Inventarizatsiya yordamida 
moddiy boyliklar va pul mablag‘larining butligi hamda moliyaviy 
majburiyatlarning haqiqiyligi nazorat qilinib, buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining 
aniq va ishonchli bо‘lishi ta’minlanadi (6-chizma). 
Har qanday fanning metodi bilan bir qotorda metodologiyasi mavjud. 
Yuqorida aytib о‘tganimizdek, metod - fanni о‘rganish usuli bо‘lsa, metodologiya - 
shu fanni о‘rgatish usuli bо‘lib hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi nazariyasiga doir 
adabiyotlarda har qanday fanning dialektik asosi bо‘lgan dialektik usul 


184 
buxgalteriya hisobining ham asosidir, deb eslatib о‘tilgan. Lekin bu usulning 
buxgalteriya hisobi fanining metodologik asosi sifatida qanday kategoriyalarga 
asoslanishi yoritilmagan. 

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin