Kuzatish va hujjatlashtirish. Kuzatish va hujjatlashtirish korxonada
amalga oshirilgan xо‘jalik operatsiyasi tо‘g‘risida yozma guvohlik bо‘lib,
buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga huquqiy maqom beradi. Birlamchi hujjatlar,
shu jumladan, axborotning mashina о‘qiydigan qog‘ozsiz shakldagi axborot
tashuvchi vositalar ham, korxona xо‘jalik faoliyatini buxgalteriya hisobida yalpi va
uzluksiz aks ettirishni ta’minlab beradi.
Buxgalteriyaga, foydalanish uchun me’yoriy hujjatlarda nazarda tutilgan
barcha rekvizitlari tо‘ldirilgan va tо‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlargina qabul
qilinadi. Bunday rekvizitlarga quyidagilar kiradi: korxonaning nomi, hujjatning
nomi, raqami, tuzilgan sanasi, xо‘jalik operatsiyasining qisqacha mazmuni, uning
miqdoriy va pul ifodasi hamda mas’ul shaxslarning imzolari. Tо‘g‘ri
rasmiylashtirilgan hujjatlar korxonaning moliya-xо‘jalik faoliyatlari ustidan
dastlabki va joriy nazorat о‘rnatish hamda ularning ish natijalariga ta’sir kо‘rsatish
imkoniyatini ta’minlaydi.
Baholash va kalkulyatsiya qilish. Aktivlar, passivlar va majburiyatlar
buxgalteriya hisobida pul ifodalarida aks ettiriladi. Buning uchun ularni qiymat
о‘lchovlarida baholanadi. Hisob obyektlarini pulda о‘lchash qiymat qonunini amal
qilishiga bog‘liq bо‘lib, unga, sо‘m va tiyinlarda hisob yuritish misol bо‘ladi.
Korxonaning xо‘jalik mablag‘larini baholash harid qilingan moddiy
qiymatliklarning xarid qilish haqiqiy tannarxiga asoslanadi. Shuning uchun
kalkulyatsiya korxona moddiy qiymatliklarini haqiqiy tannarxlarini topish usuli
bо‘lib xizmat qiladi. Haqiqiy tannarxlarini topish uchun kalkulyatsiya qilinadi.
Buxgalteriya hisobi amaliyotida kalkulyatsiya qilish va kalkulyatsiya
atamalari mavjud. Kalkulyatsiya qilish – barcha moddiy qiymatliklarni puldagi
qiymatini aniqlash bо‘lib, mashulot ishlab chiqarish, ishlar va xizmatlarni bajarish,
moddiy qiymatliklarni sotib olish va mashulotlarni sotish paytida qilingan
xarajatlarni qо‘shib chiqishni bildiradi. Kalkulyatsiya - moddiy qiymatlikning bir
birligini haqiqiy tannarxini topish usuli bо‘lib hisoblanadi. Barcha xarajatlarni
183
moddiy qiymatliklarning umumiy miqdoriga bо‘lish yо‘li bilan moddiy
qiymatliklarni baholash uchun zarur bо‘ladigan haqiqiy tannarxlari topiladi.