Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


Muomila fazasidagi xо‘jalik mablag‘lari



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

 
Muomila fazasidagi xо‘jalik mablag‘lari
ga, odatda, muomila (savdo, 
umumovqatlanish va xizmatlar kо‘rsatish) sohasi korxonalarining mablag‘lari 
kiritiladi. Jumladan, tayyor mashulotlar, pul mablag‘lari va tо‘lovga olingan 
mablag‘lar. Shuningdek, muomila sohasi mablag‘larga shu faoliyat bilan 
shug‘ullanuvchi korxonalarning binolari, jihozlari, transport vositalari va boshqa 
asosiy mablag‘lari ham kiradi.
 
Korxona faoliyatidan vaqtincha chetlatilgan mablag‘lar
ga boshqa 
korxonalarga berilgan moliyaviy yordamlar, vaqtincha foydalanish uchun berilgan 
mehnat vositalari va buyumlari, davlat byudjetiga korxona foydasidan qilingan 
ajratmalar, yil davomida kо‘rilgan va qoplanmagan zararlar kiradi. Bunday 
mablag‘lar korxonaning faoliyatida haqiqatdan ham ishtirok etmaydi, lekin uning 
balansida kо‘rsatiladi. 
Korxonalarning xо‘jalik mablag‘lari takror ishlab chiqarish jarayonining 
qaysi sikliga tegishligiga kо‘ra ishlab chiqarish va muomala sohalari mablag‘larga 
ajratiladi. Noishlab chiqarish sohasining mablag‘lari, odatda, muomala sohasi 
mablag‘lari sifatida qaraladi. 
Mashulot ishlab chiqarish bilan band bо‘lgan binolar, inshootlar, uzatish 
qurilmalari, ish va kuch mashinalari, о‘lchov birliklari hamda boshqaruvchi 
qurilmalar, hisoblash texnikasi, transport vositalari, qishloq xо‘jaligi mashinalari, 
ulchov - uskunalar, uzoq muddatga ijaraga olingan binolar, inshoatlar va boshqa 
turdagi vositalar hamda ishlab chiqarish zahiralari, jumladan, xom-ashyo, asosiy va 
yordamchi materiallar, harid qilingan yarim tayyor mashulotlar va butlovchi 
buyumlar, yoqilg‘i, idishlar, tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlari, ta’mirlash 
uchun zarur bо‘lgan extiyot qismlar, qurilish materiallari, kam qiymatli va 
tezeskiruvchi buyumlar ishlab chiqarish sohasining mablag‘larini tashkil etadi. 


192 
Mashulotlarni sotish uchun xizmat qiladigan binolar, inshoatlar, uzatish 
qurilmalari, о‘lchov birliklari, hisoblash texnikasi, transport vositalari, qishloq 
xо‘jaligi mashinalari, ulchov - uskunalar, uzoq muddatga ijaraga olingan binolar, 
inshoatlar va boshqa turdagi vositalar hamda tayyor mashulotlar, pul mablag‘lari 
va tо‘lovga olingan mablag‘lar esa, muomila sohasining mablag‘larini tashkil 
qiladi. 
Noishlab chiqarish sohasiga aholiga nomoddiy xizmatlar kо‘rsatish bilan band 
bо‘lgan ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, san’at, servis xizmati bilan 
shug‘ullanuvchi va shu kabi boshqa muassasalar kiradi. Ularning faoliyatlarida 
ishtirok etadigan binolar, inshootlar, о‘lchov birliklari, hisoblash texnikasi, 
transport vositalari, xonalarning jihozlari, cholg‘u birliklari, meditsina texnikasi va 
uskunalari va boshqa shu kabi mehnat buyumlari noishlab chiqarish sohasining 
mablag‘larini tashkil qiladi. 
Korxona xо‘jalik mablag‘lari tashkil topish manbalariga kо‘ra: о‘zining 
mablag‘lari, chetdan jalb qilingan mablag‘lar, uzoq muddatli va joriy majburiyatlar 
kabi guruhlarga bо‘linadi. 
О‘zining mablag‘lariustav kapitali, fondlar va foydadan iborat bо‘ladi. 
Ustav kapitali, korxonani faoliyat kо‘rsatishni ta’minlash uchun, uni tashkil 
qilish vaqtida ta’sischilarning ta’sis hujjatlarida belgilangan mol-mulkidagi 
ulushlarning pul ifodasidir. Ustav kapitalini miqdori faqatgina ta’sischilarni 
umumiy yig‘ilishi qaroriga binoan о‘zgartirilishi mumkin. 
Fondlar О‘zbekiston Respublikasi “Korxonalar tо‘g‘risida”gi qonuniga 
binoan korxonaning kо‘zda tutilgan zararlar va nobudgarchiliklarni qoplash uchun, 
shuningdek, hisobot yilida kelgusi davr xarajatlari va tо‘lovlarini ishlab chiqarish 
va muomala xarajatlariga bir me’yorlarda kiritishni ta’minlash maqsadida, foyda 
hisobidan rezerv (zahira) fondini tashkil qiladi. Rezerv fondi hisobidan 
korxonaning hisobot yili davrida kо‘zda tutilgan zararlari, nobudgarchiliklari, 
asosiy vositalarini tuzatish xarajatlari, xodimlarning mehnat ta’tillariga haq tо‘lash, 
ularni kо‘p yillik mehnatlarini taqdirlash kabi boshqa xarajatlari qoplanadi. 
О‘zining mablag‘lariustav kapitali, fondlar va foydadan iborat bо‘ladi. 


193 
Ustav kapitali, korxonani foaliyat kо‘rsatishni ta’minlash uchun, uni tashkil 
qilish vaqtida ta’sischilarning ta’sis hujjatlarida belgilangan mol-mulkidagi 
ulushlarning pul ifodasidir. Ustav kapitalini miqdori faqatgina ta’sischilarni 
umumiy yig‘ilishi qaroriga binoan о‘zgartirilishi mumkin. 
Foyda mashulotlarni va korxona uchun keraksiz bо‘lgan asosiy vositalar 
hamda shu kabi boshqa mulklarni, shuningdek, sotish bilan bog‘liq bо‘lmagan 
operatsiyalardan tushgan daromadlarni shu operatsiyalar bо‘yicha qilingan 
xarajatlardan ortiq chiqqan summasidir. Demak, foyda – daromadlarning 
xarajatlardan ortiq chiqqan summasidir. 
Mashulotni sotishdan tushgan foyda, ular uchun pul tо‘lovi amalga 
oshirilgandan sо‘ng (naqd pulsiz hisob-kitoblarda korxonaning bank 
muassasasidagi schyotiga mablag‘ kelib tushganda, naqd pulli hisob-kitoblarda esa 
mablag‘lar kassaga kelib tushganda) yoki tovarlar yuklab jо‘natilib, haridorga 
hisob-kitob hujjatlari taqdim etilgandan keyin aniqlanadi. Foyda yil davomida 
buxgalteriya balansining passiv tomonida alohida moddalarda о‘sib boruvchi 
jamlikda aks etiriladi. Balansning aktiv qismida esa foydadan avans tariqasida 
foydalanish yoki haqiqiy kо‘rilgan zarar aks ettiriladi. 
Chetdan jalb qilingan mablag‘lar manbaiga bank kreditlari va kreditor qarzlar 
kiradi. 
Bank kreditlarini korxona faoliyat kо‘rsatishi davomida о‘z mablag‘larini 
yetmasligi natijasida chetdan mablag‘larni jalb qiladi. Shulardan asosiysi bank 
kreditlaridir. Bank kreditlari qisqa muddatli va uzoq muddatli bо‘ladi. Kreditlar 
belgilangan muddatlarda qaytarib berish sharti bilan vaqtincha foydalanish uchun 
beriladi. Kredit bank tomonidan ma’lum foizlar hisobidan, bankning qayta 
moliyalash stavkasidan kam bo’lmagan miqdorlarda beriladi. Misol: korxona bir 
yilga 25 foiz hisobidan 10000000 sо‘m kredit olgan bо‘lsa, qaytarib berishda 
ushbu summani 12500000 sо‘m qilib qaytaradi. 
Boshqa tashkilotlardan jalb qilingan mablag‘larga mol yetkazib 
beruvchilardan puli tо‘langunga qadar, olingan xom ashyo va boshqa moddiy 
resurslar bо‘yicha qarzlar hamda boshqa har xil kreditor qarzlar kiradi. Bu qarzlar 


194 
korxonaga mol yetkazib beruvchilardan moddiy qiymatliklarni harid qilishdan 
boshlab, toki korxona ularning pulini tо‘lagungacha bо‘lgan davrda mavjud 
bо‘ladi. Bu vaqt davomida mol yetkazib beruvchilarga tо‘lanishi lozim bо‘lgan 
qarzlar, korxona mablag‘larining manbai bо‘lib hisoblanadi. 
Kreditor qarzlar korxonaning xо‘jalik faoliyati davomida huquqiy va jismoniy 
shaxslar oldida majburiyatlar vujudga keladi. Bunday majburiyatlar kreditor 
qarzlar deyiladi. Ularga, eng avvalo, korxonaning ishchi xizmatchilarga ish haqi 
bо‘yicha bо‘lgan qarzdorligini, soliq inspeksiyasiga byudjetga tо‘lovlar bо‘yicha 
qarzdorlikni, sug‘urta organlariga ijtimoiy sug‘urta bо‘yicha qarzdorlikni, 
ta’sischilarga foyda hisobidan divident tо‘lovlari bо‘yicha qarzdorliklarni kiritish 
mumkin. 
Ish haqi bо‘yicha ishchi va xizmatchilarga qarzdorlik xodimlarga bajargan 
ishlari uchun hisoblanagan ish haqini ularning qо‘llariga bergunga qadar bо‘lgan 
davrdagi korxona majburiyati sanaladi. 
Byudjetga tо‘lovlar bо‘yicha qarz korxonaning faoliyati yuzasidan olingan 
foyda (daromad) solig‘ini va xodimlarni ish haqlaridan о‘tkazib beriladigan 
daromad soliqlarini soliq inspeksiyasiga о‘tkazib bergungacha bо‘lgan davrdagi 
korxona majburiyati sanaladi. Shuningdek bunday qarzlarga xodimlarning ish 
haqlariga nisbatan hisoblangan ajratmalarni ijtimoiy sug‘urta organlariga о‘tkazib 
bergungacha bо‘lgan davrdagi korxona majburiyati kiritiladi. 
Foyda hisobidan ta’sischilarga tо‘lanadigan divident qarz korxona xо‘jalik 
faoliyatidan olingan foydaning ta’sischilarga tegishli qismi bо‘lib, ularning 
ulushlari bо‘yicha hisoblanadi va tо‘lagunga qadar bо‘lgan davrdagi korxona 
majburiyati. 

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin