Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

Pul mablag‘lari
- korxona kassasidagi pullar, mijozlardan olinadigan cheklar, 
bankdagi joriy schyotdagi pul mablag‘lari va pul о‘tkazmalari kiradi.
 
Tо‘lovga olingan mablag‘lar
- haridorlarning, ularga jо‘natilgan tovarlarni 
tan olishlari bо‘yicha qarzlari kiradi. 
Xо‘jalik mablag‘larini xо‘jalik jarayonidagi funksional roliga kо‘ra ishlab 
chiqarish fazasidagi mablag‘lar, muomala fazasidagi mablag‘lar, korxona 
faoliyatidan vaqtincha chetlatilgan mablag‘lar kabi guruhga bо‘lib о‘rganish, 
ularning mazmun va mohiyatini yanada chuqurroq tushunishga imkon yaratadi.
 
Ishlab chiqarish fazasida ishtirok etadigan mablag‘lar
ga mashulot ishlab 
chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanadigan yoki xizmat kо‘rsatish va ishlarni 
bajarish bilan band bо‘lgan korxonalarning mehnat vositalari (mehnat qurollari va 
mehnat buyumlari) kiradi. 
Ishlab chiqarish jarayonida mehnat qurollari orqali mehnat buyumlariga ta’sir 
etib yangitdan mashulot yaratiladi. Mehnat qurollari ishlab chiqarish jarayonida 
uzoq muddatlar xizmat qilib, о‘zining natural kо‘rinishini saqlab qoladi. Ularning 
tarkibiga ishlab chiqarishning texnollogik jihozlari, stanoklar, mashinalar, transport 
vositalari, qishloq xо‘jaligi mashinalari, ishlab chiqarish tsexlarining binolari, 
korxona qurilmalari, inshoatlari va boshqa shularga tenglashtiriladigan mehnat 
qurollari kiradi. Mehnat buyumlariga esa, ishlab chiqarish jarayonida faqat bir sikl 
ishtirok etib, о‘zining natural shaklini о‘zgartiradigan va yangitdan ishlab 
chiqarilgan mashulotlarning moddiy asosini tashkil qiladigan buyumlar kiradi. 
Ularning tarkibiga xom-ashyo, asosiy materiallar, yordamchi materiallar, ehtiyot 


191 
qismlar, yoqilg‘i, kam qiymatli va tez ishdan chiqadigan buyumlar, idish va idish 
materiallari, yarim tayyor mashulotlar, tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlari 
va shu kabi boshqa mehnat buyumlarini kiritish mumkin. Mehnat buyumlari ishlab 
chiqarish jarayonida bir sikl ishtirok etib о‘z qiymatini yangitdan yaratilgan 
mashulotlar tannarxiga tо‘liq о‘tkazadi.

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin