186
2.
Xо‘jalik jarayonida qatnashish muddatiga kо‘ra;
3.
Xо‘jalik jarayonidagi funksional roliga kо‘ra;
4.
Takror ishlab chiqarishning qaysi sikliga tegishliligiga kо‘ra;
5.
Tashkil topish manbalariga kо‘ra.
Xо‘jalik mablag‘lari korxona xо‘jalik jarayonda qatnashish muddati va
xususiyatiga kо‘ra uzoq muddatli va joriy aktivlarga bо‘linadi.
Uzoq muddatli aktivlar tarkibi va moddiylashishiga kо‘ra mulklardan va
nomoddiy aktivlardan tashkil topadi. Korxona mulklariga asosiy vositalar
kiritiladi. Korxona tomonidan nazorat qilinadigan qiymatga ega bо‘lgan,
lekin
moddiy-ashyoviy mazmunga va jismoniy mohiyatga ega bо‘lmagan, aktivlarga –
nomoddiy aktivlar deyiladi.
Asosiy vositalarga О‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 1998 yil 23
sentabrda 491-son bilan rо‘yxatga olingan buxgalteriya hisobining 5-sonli “Asosiy
vositalar” nomli milliy andozasiga muvofiq, moddiy ishlab chiqarish va xizmat
kо‘rsatish sohalarida bir yildan kо‘proq vaqt davomida amal qiladigan, shuningdek
ijaraga berish maqsadlari uchun foydalaniladigan va amal qilayotgan me’yoriy
hujjatlar talabiga kо‘ra bir birligining qiymati eng kam ish haqining ellik
barobaridan kam bо‘lmagan moddiy aktivlar kiradi. Asosiy vositalar natural
jihatdan binolar, inshootlar,
uzatish qurilmalari, ish va kuch
mashinalari, о‘lchov
hamda boshqaruvchi qurilmalari, hisoblash texnikasi, transport vositalari, qishloq
xо‘jaligi mashinalari, ishlab chiqarish va xо‘jalik anjomlari, ish xayvonlari va
mashuldor chorva mollar, kо‘p yillik о‘simliklar, bog‘lar, axborot resurs markazi
(kutubxona) fondlari shaklida namoyon bо‘ladi. Shuningdek,
ularning tarkibiga
yerlarni unumdorligini yaxshilashga sarflangan mablag‘lar (yerlarni zaxini
qochirish, irrigatsiya-meloratsiya va boshqa ishlar uchun sarflangan xarajatlar),
uzoq muddatga ijaraga olingan binolar, inshoatlar va boshqa turdagi vositalar ham
kiradi.
Asosiy vositalar ishlab chiqarishning bir nechta sikllari jarayonida yoki
korxananing boshqa faoliyatida uzoq yillar xizmat qilib, о‘zining qiymatini
yangitdan yaratilgan mashulotlar qiymatiga (tannarxiga) qisman-qisman, ularning
187
eskirishiga teng bо‘lgan, amartizatsiya summalari miqdorida о‘tkazib boradi. Ular
ishlatishdan chiqib ketgunlariga qadar о‘zlarining dastlabki natural shakllarini
saqlab qoladilar. Shunday qilib, ishlatish mudati bir yildan kо‘p, bir donasining
qiymati esa, eng kam ish xaqining 50 barabaridan kam bо‘lmagan mehnat
vositalari asosiy vositalar deyiladi.
Nomoddiy aktivlarga, korxonaning
huquqlari, korxona uchun qiymatga ega
bо‘lgan, lekin kо‘rib yoki ushlab bо‘lmaydigan kapital qо‘yilmalarning loyihalari
(proyektlari),
savdo markalari, patentlar hamda shu kabi boshqa huquqlari
kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining 7-sonli “Nomoddiy
aktivlar” nomli milliy andozasiga muvofiq nomoddiy aktivlarga moddiy-
ashyoviymazmunigaegabо‘lmagan,
xо‘jalikyurituvchisubyekttomonidanxо‘jalikfaoliyatidafoydalanishyokiboshqarishu
chunfoydalanishmaqsadidanazoratqilinadigan,
shuningdekuzoqvaqt
(biryildankо‘p) ishlatishuchunmо‘ljallanganmol-mulkobyektlar kiritiladi.
Nomoddiy aktivlarga korxonalarning, yer, suv va boshqa tabiiy resurslardan,
sanoat obyektlari va aqliy intelektual mulkdan foydalanish, mualliflik va boshqa
shunga о‘xshash huquqlari, shuningdek, texnik kо‘nikma, litsenziya, savdo
markalari, belgilari, patent, kompyuter dasturlari, nou-xau, import kvotalari, yangi
korxonani barpo etish xarajatlari kiradi.
Joriy aktivlar moddiylashishiga kо‘ra
Dostları ilə paylaş: