7. BUXGALTERIYA HISOBINING SUBYEKTI VA OBYEKTI.
Korxonalar faoliyatini boshqarishda, ishlab chiqarilgan mashulot miqdori,
bajargan ish va kо‘rsatgan xizmatlar tannarxi va boshqa faoliyat turlari tо‘g‘risida
kо‘plab ma’lumotlar zarur bо‘ladi.
Bozor munosabatlariga asoslangan boshqaruv tizimi korxonalar о‘rtasida
erkin raqobat va tijorat sirini vujudga keltiradi. Ulardan ishlab chiqargan
mashulotlari, bajargan ishlari, kо‘rsatgan xizmatlari tannarxini shakllanish
tamoyillari haqidagi ma’lumotlarni raqobatchilariga sezdirmaslik talab etiladi.
Chunki mashulot, ish, xizmatlar tannarxi tо‘g‘risidagi ma’lumotlar korxonaning
tijorat siri bо‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ishlab chiqargan mashulot miqdori,
bajargan ish va kо‘rsatgan xizmatlar tannarxi tо‘g‘risidagi hisob ma’lumotlari faqat
korxona egalari, investorlar, kreditorlar, menejerlari va mutaxassislarga taqdim
etiladi.
Korxona egalari, menejerlari, iqtisodchilari, buxgalterlari, ta’minotchilari
bilan bir qatorda, korxonaning moliya-xо‘jalik faoliyatini sifat kо‘rsatkichlarini
tavsiflovchi moliyaviy ma’lumotlar bilan uning faoliyatiga investitsiya kirituvchi,
“begona” xuquqiy va jismoniy shaxslar hamda korxonaning boshqa hamkorlari,
bankirlar, aksionerlar, kreditorlar, hukumat tashkilotlari ham qiziqadilar. Ular har
doim korxonani moliya - xо‘jalik faoliyati tо‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega
bо‘lgilari keladi. Misol “Vodiygaz” korxonasiga kapital kiritgan aksiyadorlar
199
korxonaning moliyaviy holati tо‘g‘risidagi axborotga ega bо‘lgisi keladi. Yoki
korxona ssuda olishni hoxlasa, bank yoki boshqa ssuda beruvchi tashkilot
korxonadan tо‘lov qobiliyati tо‘g‘risidagi axborotni talab qiladi. Amaliyotda
bunday ma’lumot va axborotlar moliyaviy hisob orqali olinadi. Demak korxona
egalari, menejerlari, iqtisodchilari, buxgalterlari, ta’minotchilari va tashqi
foydalanuvchilarga (bankirlar, aksionerlar, kreditorlar, hukumat tashkilotlari)
tayyorlangan, shuningdek, jamoatchilik hukmiga taqdim etish uchun chop etishga
mо‘ljallangan axborotlar moliyaviy hisob axborotlari deyiladi. Shuningdek
korxona rahbarlari va menejerlari о‘zlarining xizmat vazifalarini bajarishlari
jarayonida boshqaruv qarorlari qabul qilishlari uchun tahlil qilingan qisqa
ma’lumotlardan va boshqa axborotlardan foydalanadilar. Bunday ma’lumot va
axborotlar boshqaruv hisobi orqali olinadi.
Shunday qilib, korxona rahbarlari, menejerlari, iqtisodchilari, buxgalterlari
va ta’minotchilariga yordam uchun tayyorlangan hisob axboroti boshqaruv hisob
axboroti deb ataladi. Boshqaruv hisob axborotlari korxona faoliyatini rejalashtirish,
xо‘jalik muomalalari va mashulot ishlab chiqarish ustidan nazorat о‘rnatish,
korxonada byudjet bajarilishi va foyda olishning monitoringini о‘rnatish,
shuningdek, kompaniyaning kelajakda muvaffaqiyatga erishishini bashorat qilish
uchun ham foydalaniladi.
Shunga kо‘ra, buxgalteriya hisobi ma’lumotlari ikki turga bо‘linadi:
moliyaviy hisob ma’lumotlari; boshqaruv hisobi ma’lumotlari.
Moliyaviy hisob ma’lumotlari - barcha qiziquvchilar uchun, boshqaruv
hisobi ma’lumotlari esa faqatgina chegaralangan shaxslar, korxona xodimlari
uchun taqdim etiladi. Hisob ma’lumotlarini bunday ikki yо‘nalish bо‘yicha
ajralishiboshqaruv va moliyaviy hisoblarini vujudga keltiradi.
Boshqaruv hisobi foydalanuvchilarni korxona ishlab chiqarish jarayonlari
uchun zarur bо‘lgan xom-ashyo, materiallar, yordamchi materiallar, sotib olingan
yarim tayyor mashulotlar, yoqilg‘i va ehtiyot qismlarni zahiralari, korxonaning
ishlab chiqarish sarflari, xodimlarning ish haqlari, asosiy vositalarni eskirishi,
ishlab chiqarilgan mashulotlarni tannarxi va boshqa shu kabi ma’lumotlar bilan
200
ta’minlaydi. Shuning uchun ishlab chiqarish jarayonlarida ishtirok etadigan,
mehnat vositalari zahiralari va sarflari, mehnat xarajatlari va mashulot tannarxini
kalkulyatsiya qilish boshqaruv hisobining obyekti bо‘lib hisoblanadi.
Moliyaviy
hisob
ma’lumotlari
moliyaviy
hisobotlar
orqali
foydalanuvchilarga yetkaziladi. Moliyaviy hisobot ma’lumotlariga asoslanib, har
bir mulkdor, investor, kreditor, aksiyador korxonaning moliyaviy faoliyati
tо‘g‘risida xulosa qiladi va о‘zi uchun zarur bо‘lgan qarorlarni qabul qiladi.
Moliyaviy hisob ma’lumotlaridan foydalanuvchilar juda kо‘p. Ularni
umumlashtirib
ikki
guruxga
ajratamiz:
ichki
foydalanuvchilar,
tashqi
foydalanuvchilar.
Ichki foydalanuvchilarga korxona menejerlari, iqtisodchilari, buxgalterlari,
ta’minot bо‘limi xodimlari va boshqa mutaxassislar kiradi.
Tashqi foydalanuvchilar о‘z navbatida yana ikki guruhga bо‘linadi:
1. Korxona faoliyatidan bevosita manfaatdor bо‘lganlar (korxona egalari
ya’ni mulkdorlar, ular korxonada о‘z mablag‘lari hissasini kо‘paytirishni yoki
kamaytirishni belgilab, korxona rahbariyati tomonidan moddiy va moliyaviy
resurslardan qanchalik samarali foydalanayotganligini baholaydilar), aksiyadorlar,
investorlar, kreditorlar (berilgan kreditlarini qaytarib olish, ular yuzasidan foiz
tо‘lanish ehtimolini baholaydilar), ta’minotchi va pudratchilar, soliq idoralari
xodimlari va korxonaning ishchi va xizmatchilari.
2. Korxona faoliyatidan bilvosita manfaatdor bо‘lganlar, auditorlik firmalari,
moliyaviy maslahatchilar, fond birjasining makler va brokerlari, qonun chiqaruvchi
idoralar, huquqshunoslar, matbuot va axborot agentliklari, kasaba uyushmalari.
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanuvchilar buxgalteriya hisobining
subyektlari deyiladi.
Takror ishlab chiqarish jarayonlarida mehnat vositalari, mehnat buyumlari va
jonli mehnat bilan bog‘liq bо‘lgan sarflar sodir bо‘ladi. Bizga ma’lumki,
buxgalteriya hisobi bu jarayonlarda sodir bо‘layotgan moddiy va moliyaviy
resurslarni harakatini, korxonalar faoliyatidagi passivlar va majburiyatlarda sodir
201
bо‘ladigan о‘zgarishlarni qonuniyligini kuzatish va hujjatlashtirish asosida hisobga
olish vazifasini bajaradi.
Har bir korxona ish boshlashidan avval mashulot ishlab chiqarish jarayonida
va faoliyatining boshqa sohalarida ishlatiladigan xom ashyo, material, yoqilg‘i,
yarim tayyor mashulotlar, ehtiyot qismlar, savdo-sotiq bilan shug‘ullanuvchi
korxonalar esa tovarlar va boshqa moddiy qiymatliklarning zaruriy zahiralariga ega
bо‘lishi shart. Bunday zahiralar korxonaning ta’minot bо‘limi tomonidan ta’minot
jarayonida harid qilinadi. Ta’minot jarayonining obyektlari bо‘lib, xom ashyo,
materiallar, yoqilg‘i, ehtiyot qismlar, mol yetkazib beruvchilar bilan bо‘ladigan
hisob-kitoblar va boshqalar hisoblanadi. Bunday hisob-kitoblar buxgalteriya hisobi
vositasida olib boriladi hamda nazorat qilinadi. Shuning uchun ham ta’minot
jarayonini buxgalteriya hisobi predmeti, deb hisoblaymiz.
Ishlab chiqarish jarayonida mehnat qurollari, mehnat buyumlari va ishchi
kuchi ishtirok etadi. Bunda ishlab chiqarish zahiralariga mehnat qurollari va ishchi
kuchi vositasida ta’sir etib, mashulot yaratiladi. Yangitdan yaratilgan mashulotlarni
tannarxini hisoblashga bо‘lgan zaruriyat, ishlab chiqarish jarayonida sarflangan
barcha mehnat vositalarining (mashinalar, ulchov uskunalar, xom ashyo, material,
yarim tayyor mashulotlar hamda arzon baholi va tez ishdan chiqadigan buyumlar)
qiymatini hamda sarflangan ish vaqti davomida bajargan ishlarning puldagi
miqdorlarini bilishga ehtiyoj tug‘diradi. Ishlab chiqarish jarayonida ishtirok
etayotgan mashinalar, ulchov-uskunalar va boshqa mexanizmlarning eskirishini
hisoblash, xom ashyo, materiallar, yarim tayyor mashulotlar hamda arzon baholi va
tez ishdan chiqadigan buyumlarni ishlab chiqarish davridagi harakatini (korxonaga
kelishini, ishlab chiqarishga sarflanishini) va ishlab chiqarishda bajarilgan
ishlarning miqdorini qayd qilish, ular ustidan nazorat olib borish buxgalteriya
hisobi vositasida amalga oshiriladi. Shuning uchun ham mashulot ishlab chiqarish,
xizmatlar bajarish va mashulotlar tannarxini kalkulyatsiya qilish buxgalteriya
hisobining predmeti bо‘lib hisoblanadi.
202
Sotish jarayonida ishlab chiqarilgan tayyor mashulot haridorlarga yuboriladi
va buning evaziga korxonaga pul kelib tushadi. Sotish jarayonining obyektlariga
quyidagilar kiradi:
1.
Korxonaning tayyor mashulotlarini omborlardagi harakatini hisobga olish va
ularni ombordan haridorlarga yuborish;
2.
Haridorlar va buyurtmachilar bilan bо‘ladigan hisob - kitoblar;
3.
Moliyaviy natijalarni aniqlash;
4.
Kassadagi pullar va bankdagi boshqa schyotlardagi mablag‘lar.
Bunday hisob-kitoblar buxgalteriya hisobi vositasida olib boriladi va nazorat
qilinadi. Shuning uchun ham sotish jarayoni buxgalteriya hisobining predmeti
bо‘lib hisoblanadi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, korxonalar ixtiyoridagi xо‘jalik mablag‘lari va
manbalarining hajmi, tarkibi, joylanish va tayinlanishi, ularning takror ishlab
chiqarish jarayonlaridagi faoliyatlari davrida sodir bо‘ladigan hodisalar ta’sirida
о‘zgaradi. Bu о‘zgarishlar buxgalteriya hisobida qayd qilib boriladi va korxonalar
xо‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari aniqlanadi.
О‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi tо‘g‘risida”gi Qonunning 7-
moddasida buxgalteriya hisobining obyektlariga “Aktivlar, majburiyatlar, xususiy
kapital, zahiralar, daromadlar, xarajatlar, foyda, zararlar va ularning harakati bilan
bog‘liq xо‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining obyektlaridir. Buxgalteriya
hisobi obyektlari sintetik va analitik hisoblarda yuritiladi, - deb ta’rif berilgan.
Asosiy va joriy aktivlar, zahiralar, daromadlar, xarajatlar - aktivlardir, shuningdek,
xususiy kapital, foyda, zararlar esa - passivlardir. Shunga muvofiq, ushbu ta’rifni
soddalashtirgan holda quyidagicha talqinda bayon etishni tavsiya etamiz:
Dostları ilə paylaş: |