Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

Ishonchlilik tamoyili
- axborotlarni buzib kо‘rsatishlardan va xatolardan 
holiligi hamda yetarlicha ishonchli ekanligini bildiradi. 
Kо‘rsatkichlar qiyoslanishi tamoyili -
bir nechta korxonaning о‘xshash 
kо‘rsatkichlarini taqqoslashni bildiradi.
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 14.08.1998 y. 474-
sonli ro’yxatga olingan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 
26.07.1998 y. n 17-17/86 tasdiqlangan 1-sonli “Hisob siyosati va moliyaviy 
hisobot” nomli O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti 
talabidan kelib chiqib buxgalteriya hisobini yuritishda quyidagi tamoyillardan ham 
foydalanish talab etiladi: hisoblab yozish tamoyili, ikki yoqlama qayd etish usuli 
bilan hisob yuritish tamoyili, xo’jalik operatsiyalari, aktivlar va passivlarga pul 
bilan baho berish, ahamiyatlilik tamoyili, muhimiylik tamoyili, tugallanganlik 
tamoyili, izchillik tamoyili. 
Hisoblab yozish tamoyili
- buxgalter tegishli daromad va xarajatlarni qaysi 
hisobot davriga kiritish kerakligi tо‘g‘risida qaror qabul qilishi lozimligini 
bildiradi. Hisoblash tamoyiliga asosan aktivlar, passivlar, xususiy kapital
daromadlar, xarajatlar va boshqa xо‘jalik muomalalari yuzasidan haridorga yuklab 
jо‘natilgan mashulot, bajarilgan ish, kо‘rsatilgan xizmatlar yuzasidan olinadigan 
pul mablag‘lari, korxona hisob raqamiga qachon kelib tushishidan qat’iy nazar, 
hisobot davriga taalluqli ekanligini bildiradi. Ular mazkur hisobot davrida 
buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. 
Ikki yoqlama qayd etish usuli bilan hisob yuritish tamoyili
- korxona 
buxgalteriyasida xо‘jalik muomalalarini ikki yoqlama yozish tamoyili asosida aks 
ettirish kerakliligini bildiradi. Ikki yoqlama yozish tamoyili sodir bо‘lgan xо‘jalik 
muomalasiga tegishli bо‘lgan summani bir vaqtning о‘zida bitta schyotning debet 
tomoniga va aynan shu summani ikkinchi bir schyotning kredit tomoniga qayd 
qilishdan iborat bо‘ladi. 

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin