Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


Aktivlar va passivlarga pul bilan baho berish tamoyili -



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

Aktivlar va passivlarga pul bilan baho berish tamoyili - 
buxgalteriya 
hisobida barcha xo’jalik operatsiyalari, voqealar, aktivlar va passivlar bir xil 
birlikda o’lchanishi - pul bilan baholanishi lozimligini bildiradi. Pul umum qabul 


205 
qilingan о‘lchov birligi hisoblanib, uning vositasida korxonada sodir bо‘ladigan 
hodisalar bitta umumiy maxrajga keltiriladi. Natijada ular qо‘shish yoki ayirish 
mumkin bо‘lgan raqamlar kо‘rinishida aks ettiriladi. Masalan: korxona 2000000 
naqd pulga, 150 ming kvadrat metrga teng bino maydoniga, 10 ta yuk va 4 yengil 
avtomashinasiga, 10 tonna mineral о‘g‘itga va shu kabi boshqa xо‘jalik 
mablag‘lariga ega. Korxona ixtiyoridagi hamma mulkni miqdorini topish uchun bu 
narsalarni hammasini qо‘shib chiqish mumkin emas. Bunda korxona mulklarini 
pulda ifodalash yordam beradi: 2000000 sо‘m naqd pul, yuk tashish 
mashinalariining qiymati 100000000 sо‘m, yengil avtomashinalarning qiymati 
40000000 sо‘m va mineral о‘g‘itning qiymati 3000000 sо‘m – bularni qо‘shib 
chiqish mumkin. O’zbekiston Respublikasida pul birligi - so’m, uning bo’laklari - 
tiyinlardir. 
Hisobot davrining daromadlari bilan xarajatlarining muvofiqligi 
tamoyili -
buxgalteriya hisobida shu hisobot davriga tegishli bо‘lgan daromadlarni 
olishga asos bо‘ladigan xarajatlarni aks ettirish lozimligini bildiradi. Agar 
daromadlar bilan xarajatlar о‘rtasida bevosita bog‘liqlik mavjud bо‘lsa, unda 
xarajatlar taqsimotining biron bir usuliga muvofiq bir nechta hisobot davrlari 
о‘rtasida taqsimlanadi. Masalan bir necha yilga taqsimlanadigan amortizatsiya 
xarajatlari. 
Ahamiyatlilik tamoyili
- foydalanuvchilarga beriladigan axborotlar 
korxonaning moliyaviy va xо‘jalik faoliyatlariga baho berish hamda qarorlar qabul 
qilish uchun ahamiyatlidir. Shuning uchun korxonaning moliya-xо‘jalik faoliyatiga 
baho berish hamda qarorlar qabul qilish sifati buxgalteriya hisobi yetkazib 
beradigan axborotlarni tо‘g‘riligiga bog‘liq bо‘ladi.

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin