ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-313-315
Academic Research, Uzbekistan 313 www.ares.uz
BOSHLANG'ICH SINFLARDA KOMBINATORIKA ELEMENTLARINI
QO'LLASH
T. M. Sultanov
Toshkent viloyati CHDPI o`qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada kombinatorika masalalari haqida qisqacha ma‘lumot
berilgan. Boshlang`ich sinf matematika darsligida
keltirilgan masalalar va
ularni yechish metodikasi ko`rsatilgan.
ABSTRACT
This article provides a brief overview of combinatorial issues. Math
textbook for elementary school presents problems and ways to solve them
Kombinatorika masalasi. Elementlarning turli kombinatsiyalari va
ularning sonini topish bilan bog`liq
masalalar kombinatorika masalalari
deyiladi. Bunday masalalar matematika fanining tarmog `i — kombinatorikada
o`rganiladi.
Kombinatorika asosan, XVII—XIX asrlarda mustaqil fan sifatida
yuzaga kelgan bo`lib, uning rivojiga B.Paskal, P.Ferma, G.Leybnis,
Y.Bernulli, L.Eyler kabi olimlar katta hissa qo`shganlar.
Kombinatorikada, asosan, chekli to`plamlar, ularning qism to`plamlari,
chekli to`plam elementlaridan tuzilgan kortejlar
va ularning sonini topish
masalalari o`rganilgani uchun uni to`plamlar nazariyasining bir qismi sifatida
qarash mumkin.
Boshlang`ich ta‘lim va sport-tarbiyaviy ish ta‘lim
yonalishi talabalariga
―Boshlang`ich matematika kursi nazariyasi‖ fanidan kambinatorika masalalari
bo`yicha ma`ruzalar o`qimiz va amaliy mashg`ulotlarida
olgan bilimlarini
mustaxkamlaymiz. Shu boyis ularni ertangi kun boshlang`ich sinf
o`qituvchilariga kerak bo`lgan bilmlarni beramiz. Bu yerda olgan nazariy
bilimlarini ertaga maktabda amalda foydalanadi.
Quiyda 3 sinf
«
SHARQ»
nashriyot-matbaa aksiyadorlik
kompaniyasi bosh
tahririyati Toshkent – 2019 yil nashir etilgan ―Matematika‖ darsligida
keltirilgan kombinatorika, mantiqiy masalalarga doir topshiriqlar berilgan