Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

 
 
 
 


162 
2. TALABALARNING ILMIY-TADQIQOT ISHLARINI TASHKIL ETISH 
Iqtidorli talabalar maxsus psixologik, pedagogik test o’tkazish orqali 
aniqlanadi. Ular maqsadga intilish, qaroiylik va meonatsevarlik kabi fazilatlari 
hamda ijodiy faoliyat bilan shug’ullanish istagi bilan ajralib turadilar. 
Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va maqsadli tayyorlashning asosiy 
maqsadi - ilmiy va ijodiy salohiyatga ega bo’lgan intellektual elitani tayyorlash 
bo’lib, yuksak isteg’dod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq 
yo’nalishlari bo’yicha qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o’zlaridagi 
noyob isteododni ro’yobga chiqarish uchun imkoniyatlar yaratish bo’lib 
hisoblanadi.
Iqtidorli talabalarni maqsadli tayyorlash qo’ydagi vazifalarni bajarishga 
qaratilgan: 
- talabalarning intellektual salohiyatini chuqur bilim olishga va 
qobiliyatlarini rivojlantirishga; 
- malakali prfessor-o’qituvchilarni iqtidorli talabalar bilan individual 
ishlashga jalb etishga; 
- ilm-fan taraqqiyotining ustivor yo’nalishlari bo’yicha ilmiy tadqiqot 
ishlariga iqtidorli talabalarni keng jalb etishga; 
- iqtidorli talabalar bo’yicha respublikada manitoringi o’tkazib, klarning 
markazlashgan bankini shakllantirishga; 
- maxsus o’quv dasturlari va progressiv pedagogik texnologiyalarni ishlab 
chiqishga; 
- buyurtmachilar talablarini qondiruvchi malakali, har tomonlama kamol 
topgan kadrlarni tayyorlashga; 
Iqtidorli talabalar bilan ishlashning shakl va usullari: 
- o’qitishni individuallashtirish; 
- talabalarning intellektual salohiyati va qobiliyat imkoniyatlarini bilim 
olishga yo’naltirish; 
-talabalar qobiliyatini rivojlantirish uchun maksimal shart-sharoitlar yaratish. 


163 
Oliy o’quv yurtlarida “Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi” 
mavjud. Bu bo’lim psixologik va pedagogik testlar asosida iqtidorli 
talabalarni aniqlash ularning ro’yxatini tuzish hamda ilmiy rahbar va 
maslahatchilarni belgilash ishlari bilan shug’ullanadi.
Iqtidorli talabalar bilan ishlashni sifatli tashkil etish maqsadida 
universitet (institut), fakulg’tet va kafedralarda quyidagi ish qog’ozlarini 
yuritiladi: 
iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi Nizomi; 
iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limining ish rejasi; 
yillik hisobotlar; 
iqtidorli talabalarga oid rektorning buyruqlari; 
fakulg’tet, kafedralar bo’yicha iqtidorli talabalar ro’yxati; 
murabbiylarning iqtidorli talabalar bo’yicha bergan tavsiyalari va 
unga ilova qilgan hujjatlar va fotosuratlar; 
konferentsiya, olimpiada, tanlov, viktorina o’tkazilishiga oid hujjatlar; 
iqtidorli talabalar izlash va ularni maqsadli tayyorlashga tegishli 
O’zbekiton Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining 
Qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari va Hayg’at 
qarorlari; 
xat va arizalarni qayd etish kotibi; 
Iqtidorli talaba tomonidan o’quv-ijodiy va tarbiyaviy dastur tuziladi. 
Dasturga binoan uning bajarilishi bo’yicha, nazorat muddatlari ko’rsatilgan 
shaxsiy o’quv reja va ilmiy-ijodiy ishlar rejasi tuziladi. Bu reja fakulg’tet 
Ilmiy Kengashi tavsiyasiga binoan oliy o’quv yurtining farmoyishi bilan 
tasdiqlanadi. 
Talabaning ilmiy rahbari iqtidorli talaba va chuqurlashtirilgan holda 
o’rganilishi nazarda tutilgan mavzular bo’yicha fan o’qituvchilar bilan 
hamkorlikda qo’shimcha ishchi dastur va tematik-kalendar rejasini tuzadi. 
Yuqori ko’rsatgichlarga erishgan iqtidorli talabalar “Iqtidorli talabalar 
bilan ishlash bo’limi” tavsiyasi asosida institut rektorining buyrug’i bilan


164 
ayrim fanlarning ma’ruza darslariga (o’qituvchining roziligi bilan) erkin qatnashish 
huquqi berilish mumkin. 
Har o’quv yilining yakunida iqtidorli talabaning qobiliyati va o’quv-ilmiy
reytingi aniqlanadi hamda uning shaxsiy delosiga tikiladi. 

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin