292
9430. Boshqa har xil operatsion sarflarni hisobga oluvchi schyotlar.
9440. Kelgusida soliqqa tortish bazasidan chiqarib tashlanadigan hisobot davri
sarflarini hisobga oluvchi schyotlar.
9450. Xizmat kо‘rsatuvchi xо‘jalikni hisobga oluvchi schyotlar.
9500–9590. Moliyaviy faoliyatdan daromadlarni hisobga oluvchi schyotlar.
9600 – 9690. Moliyaviy faoliyat bо‘yicha sarflarni hisobga oluvchi schyotlar.
9700 – 9720. Favqulotda foydalarni (zararlarni) hisobga oluvchi schyotlar.
9800 – 9890. Soliq tо‘lovlari va yig‘imlar uchun
foydani ishlatishni hisobga
oluvchi schyotlar.
9900. Yakuniy moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi schyotlar.
Schyotlar rejasi me’yoriy hujjat bо‘lib, hamma yuridik shaxslar
schyotlarning nomlanishi va raqamlanishi tartibiga qat’iy amal qilishi shart. Bu esa
schyotlardan foydalanishni yagona tartibini ta’minlaydi va umumdavlat miqyosida
korxonalarning bir xil shakldagi moliyaviy hisobotlarni tuzishga imkon beradi.
Korxonalar namunaviy schyotlar rejasiga asosan
hisobot yili uchun hisob
siyosatlarini ishlab chiqishlarida о‘z ishchi schyotlar rejalarini ham ishlab chiqadi.
Ishchi schyotlar rejasida schyotlar soni kо‘p yoki kam bо‘lishi mumkin, lekin
tanlangan schyotlar guruhi korxonaning faoliyatiga mos ravishda hamma xо‘jalik
operatsiyalarni hisobga olishni ta’minlashi kerak.
Dostları ilə paylaş: