294
“Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarni tо‘lovga
olingan schyotlarini joriy
qismi”, “Bо‘linmalarni tо‘lovga olingan schyotlarni joriy qismi”, “Kechiktirilgan
majburiyatlarni joriy qismini hisobga oluvchi schyotlar”, “Olingan bunaklarni joriy
qismini hisobga oluvchi schyotlar”, “Byudjetga tо‘lovlar bо‘yicha qarzlarni
hisobga oluvchi schyotlar, ”Ta’sischilarga bо‘lgan qarzdorliklarni hisobga oluvchi
schyotlar, “Xodimlar bilan mehnatga haq tо‘lash bо‘yicha
hisoblashishlarni
hisobga oluvchi schyotlar”, “Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarni tо‘lovga
olingan schyotlarini uzoq muddatli qismi” va boshqa schyotlar.
Kapitalni hisobga oluvchi schyotlar –
bu guruhga kiruvchi schyotlar
mulkdorlarning korxona faoliyatiga jalb qilingan mablag‘larini
va ularning
о‘zgarishlarini hisobga olish uchun belgilangan. Kapitalni hisobga oluvchi
schyotlarga quyidagi schyotlar kiradi. “Ustav kapitalini hisobga oluvchi schyotlar”,
“Qо‘shilgan kapitalni hisobga oluvchi schyotlar”, “Rezerv
kapitalini hisobga
oluvchi schyotlar”, “Sotib olingan о‘zining aksiyalarini hisobga oluvchi schyotlar”.
Daromad va sarflarini hisobga oluvchi schyotlar –
bu guruhga korxona
kapitali miqdorini о‘zgartiradigan schyotlar kiradi. Ma’lumki
korxona kapitali
daromadlar va sarflar bilan bog‘liq bо‘ladi. Madomiki shunday ekan, korxonaning
moliya-xо‘jalik faoliyatidagi daromadlar sarflardan kо‘p bо‘lsa foyda, agar sarflar
daromaddan kо‘p bо‘lsa zarar olinadi. Har bir korxonaning yakuniy maqsadi foyda
olish bо‘lib hisoblanadi. Shunga muvofiq korxona buxgalteriyasi rahbariyatni bu
maqsadga erishish uchun zarur bо‘lgan ma’lumotlar bilan ta’minlashi zarur. Har
bir daromad va sarflar bо‘yicha schyotlarning mavjudligi bu vazifani bajarishning
asosiy sharti bо‘lib hisoblanadi. Bu schyotlarga quyidagi schyotlar kiradi: “Asosiy
faoliyatdan (operatsion) daromadlarni hisobga oluvchi schyotlar”, “Sotilgan
mashulotlarni (ishlar, xizmatlar) tannarxini hisobga oluvchi schyotlar”, “Asosiy
vositalar va bо‘lak aktivlarni sotishni va boshqa chiqib ketishlarini hisobga oluvchi
schyotlar”, “Asosiy faoliyatdan boshqa daromadlarni hisobga oluvchi schyotlar”,
“Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar”, “Sotish bо‘yicha sarflarni hisobga
oluvchi schyotlar”, “Boshqaruv sarflarini hisobga oluvchi schyotlar”, “Boshqa har
xil operatsion sarflarni hisobga oluvchi schyotlar”, “Kelgusida
soliqqa tortish
295
bozasidan chiqarib tashlanadigan hisobot davri sarflarini hisobga oluvchi
schyotlar”, “Xizmat kо‘rsatuvchi xо‘jalikni hisobga oluvchi schyotlar”,
“Moliyaviy faoliyatdan daromadlarni hisobga oluvchi schyotlar”, “Moliyaviy
faoliyat bо‘yicha sarflarni hisobga oluvchi schyotlar”, “Favqulotda foydalarni
(zararlarni) hisobga oluvchi schyotlar”, “Soliq tо‘lovlari va yig‘imlar
uchun
foydani ishlatishni hisobga oluvchi schyotlar”, “Yakuniy moliyaviy natijalarni
hisobga oluvchi schyotlar”.
Dostları ilə paylaş: