285
schyotlar Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan balans va
moliyaviy natijalar tо‘g‘risidagi hisobot shakllariga mos ravishda joylashtiriladi.
birinchi ikkita raqami schyotni qaysi guruh schyotlar tarkibiga kirishini,
ikkinchi
ikkita raqami esa schyotni nima maqsadga belgilanganligini bildiradi. Schyotlar
raqami hisob ishlarini avtomatlashtirish uchun ham zarur. Schyotlar rejasida
sintetik schyotlar Moliya vazirligi tomonidan ishlab
chiqilgan va tasdiqlangan
balans va moliyaviy natijalar tо‘g‘risidagi hisobot shakllariga mos ravishda
joylashtiriladi.
Korxona moliyaviy xо‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi
besh qism va tо‘qqiz bо‘limdan iborat. Schyotlar rejasining 1-8 bо‘limlarida balans
tuzilishiga, 9 bo‘limida esa moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi
hisobot tuzilishiga
nisbatan joylashtirilgan. Schyotlar rejasining 10 bo’limida balansdan tashqari
schyotlar keltirilgan. Amaldagi schyotlar rejasi yangi schyotlar bilan to‘ldirish
imkoniyatiga ega tarzida tuzilgan.