277
3-Misol.
“Toshmuhammadhoji” xususiyfirmasi
omboriga mol yetkazib
beruvchilardan olib kelingan material qiymatliklar kirim orderi bilan qabul qilib
olindi va kirim qilindi – 5000000 sо‘m. Bu operatsiya ta’sirida
firmaning
ombordagi moddiy qiymatliklar ham, mol yetkazib beruvchilarga bо‘lgan
qarzdorligi ham 5000000 sо‘mga kо‘payadi. Bu operatsiyada ikkita schyot, ya’ni
“Materiallar hisobga olinadigan schyotlar” va “Mol
yetkazib beruvchilar va
pudratchilar bilan hisob-kitoblar” schyotlari ishtirok etgan. “Materiallar hisobga
olinadigan schyotlar” schyoti xо‘jalik mabalg‘larini aks ettiruvchi schyot bо‘lib,
balansga nisbatan aktivdir. “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-
kitoblar” schyoti
esa qarzdorlikni bildirib, u balansga nisbatan passivdir. Demak,
qoidaga binoan aktiv schyotlarda mablag‘larning kо‘payishi schyotning debet
tomonda, passiv schyotlarda esa, qarzning kо‘payishi kredit tomonda kо‘rsatiladi.
Ayni chog‘da 500000 million sо‘mga “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar”
schyoti debetlanadi. “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarni tо‘lovga olingan
schyotlar” schyoti esa kreditlanadi. Bu operatsiya
quyidagi buxgalteriya
pravodkasi bilan rasmiylashtiriladi:
Debet – “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar” – 5000000
Kredit – . “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar” -
5000000
Mazkur pravodka schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi:
Dostları ilə paylaş: