281
buxgalteriya hisobi schyotlari xо‘jalik mablag‘lari va ularning manbaalari haqidagi
axborotlarni qamrab olishiga kо‘ra ikki xil bо‘ladi:
Sintetik schyotlar;
Analitik schyotlar.
Ma’lum bir guruh xо‘jalik mablag‘lari va ularning manbaalari hamda
xо‘jalik jarayonlari haqida pul ifodalarida umumlashgan ma’lumotlar beradigan
schyotlar sintetik schyotlar deb ataladi. Sintetik schyotlarda hisobga olish sintetik
hisob deb ataladi. Sintetik schyot ma’lumotlari yordamida korxonaning moliya-
xо‘jalik faoliyati ustidan nazorat о‘rnatiladi
hamda butun iqtisodiyot
tarmoqlarining ish faoliyatiga baho beriladi. Sintetik schyotlarga “Asosiy
vositalar”, “Nomoddiy aktivlar”, “Materiallar”, “Ustav kapitali”, “Zahira fondi”,
“Mehnat tо‘lovlari bо‘yicha xodimlar bilan hisoblashuvlar” va h.k schyotlar kiradi.
Korxonaning moliya-xо‘jalik faoliyatlariga nazorat о‘rnatishda va tezkor
boshqaruvni tashkil qilishda faqat sintetik schyotlardan foydalanish yetarli
bо‘lmaydi. Buxgalteriya hisobining har bir obyektining holati va unda bо‘ladigan
о‘zgarishlarni (ta’minot jarayonini, tayyor mashulotlar ishlab chiqarish rejalarini
bajarilishini va xaridorlar bilan tuzilgan shartnomalar bо‘yicha mashulot sotishni
doimiy nazorat qilish va boshqa masalalar) bilish uchun qiymat hamda natural
о‘lchovlardagi batafsil ma’lumotlar zarur bо‘ladi.
Shuning uchun buxgalteriya
hisobi tizimida sintetik schyotlar bilan bir qatorda analitik deb nomlangan
schyotlardan ham foydalaniladi.
Xо‘jalik mablag‘lari va ularning manbaalari harakatini pul, natura va mehnat
о‘lchovi kо‘rsatkichlarida hisobga oladigan schyotlar analitik schyotlar deb ataladi.
Analitik schyotlarda hisobga olish analitik hisob deb ataladi. Analitik schyotlar
sintetik schyot ma’lumotlarini iqtisodiy mazmun jihatdan bo’laklarga bo’lib aks
ettiradi. Masalan: “Xom ashyo va materiallar” schyoti bо‘yicha qurilishda, truba,
lak, bо‘yoq, avtomobil sanoatida avtomobillarning alohida bо‘tlovchi qismlari,
motor, oldi oynasi, orqa oynasi,
qanotlari, eshiklari va shu kabi boshqa moddiy
qiymatliklar bо‘yicha ochiladigan schyotlar analitik schyotlarga kiritiladi.
282
Sintetik schyotlarda analitik hisob ma’lumotlari umumlashtiriladi.
Shuning
uchun ham bitta sintetik schyot bir necha analitik schyotlarga bо‘linishi mumkin.
Agar sintetik schyotlar korxonaning moddiy qiymatliklarini umumiy summasi yoki
debitorlik va kreditorlik qarzlarning holati haqida pul ifodalaridagi umumiy
ma’lumotlarni kо‘rsatsa, analitik schyotlar korxonadagi moddiy qiymatliklarning
alohida turlari bо‘yicha qoldig‘ini, harakatini, joylanishini, xodimlarning har biriga
korxonaning qancha qarzi borligini, har bir hisobdor shaxsning korxonaga bо‘lgan
qarzini va boshqalarni kо‘rsatadi.
Buxgalteriya hisobini rivojlanishida sintetik schyotlar birlamchimi yoki
analitik schyotlar degan haqli bir savolga javob berish kerak bо‘ladi. Bu masalaga
oydinlik kiritish maqsadida oddiy tovar ishlab chiqarish davridagi tovar
ayriboshlash muomilasiga murojaat qilamiz. Tovar muomalasi quyidagi almashuv
shaklida amalga oshiriladi. T-T. Tovar ayriboshlashning rivojlangan bosqichida pul
muomala vositasini bajaradi. Natijada tovar muomilasi jarayoni quyidagi almashuv
shaklida amalga oshiriladi. T-P-T. Bunda №1 tovarning qiymati ma’lum
miqdordagi pul massasida о‘z ifodasini topadi va tovar
shaklidan pul shakliga
ko’chadi. Mantiqan tovar ishlab chiqaruvchining xо‘jaligida tovarni tovarga
ayriboshlash yuz beradi. Pul vositachilik rolini bajarib muomila vositasi sifatida
namoyon bо‘ladi, xolos. Har bir tovar ishlab chiqaruvchi, unda qancha, qanday
tovarlar borligini doimo bilishi kerak. Axborotlar oqimining kо‘pligi tufayli
tovarda sodir bо‘ladigan hamma о‘zgarishlarni yodda saqlab bо‘lmaydi. Shuning
uchun tovarni tovarga almashtirishni bilgan har bir mulkdor har xil tovarlar
schyotlarini alohida olib borgan, chunki bitta tovarni sotsa, ikkinchi bir tovarni
sotib oladi. Bundan kо‘rinib turibdiki buxgalteriya hisobi rivojlanishida, eng
avvalo, analitik schyotlar yuzaga kelgan. Korxonalar xо‘jalik-moliyaviy faoliyatida
analitik schyotlar yordamida korxona xо‘jalik mablag‘larining tarkibi aniqlanib,
butligi va ulardan samarali foydalanish ta’minlanadi, shuningdek, moddiy javobgar
shaxslar faoliyatiga nazorat о‘rnatiladi. Analitik
schyotlar yordamida qiymat
о‘lchovi kо‘rsatkichlari ma’lumotlar bilan birgalikda natura va mehnat
о‘lchovlarda ham ma’lumotlar olinadi.
284
“Atlas” analitik schyotlarning xuddi shunday ma’lumotlarning
pul ifodasidagi
yig‘indilariga teng bо‘ladi. Agar bu tenglik buzilsa, unda joriy hisobni tashkil
qilishda, yoki sintetik hisobni yurgizishda, yoki analitik hisobni yurgizishda
xatolikka yо‘l qо‘yilgan bо‘ladi.
Dostları ilə paylaş: