3-jadval
).
Jurnal 7 ta ustundan iborat bо‘lib uning 1-5 ustunlari sodir bо‘lgan xо‘jalik
operatsiyalarini xronologik ketma-ketlikda qayd qilish uchun, 6-7 ustunlari esa
jurnalda qayd qilingan xо‘jalik operatsiyalarini iqtisodiy mazmun jihatdan
guruhlash, ya’ni buxgalteriya pravodkalari tuzish uchun belgilangan. Xronologik
jurnalda tuzilgan pravodkalar hisobot davri uchun ochilgan schyotlarga yozib
chiqiladi, ya’ni “raznoska” qilinadi. Operatsiyalarni schyotlarga yozishda
pravodkani oldiga yozuvni amalga oshirilganligini tasdiqlovchi “V” belgisi
qо‘yiladi. Buxgalterlar tilida bu belgi “galochka” yoki”ptichka” deyiladi.
3-jadval
Xо‘jalik operatsiyalarini qayd qilish xronologik jurnali
T/
r
Hujjat
Xo’jalik operatsiyasining
mazmuni
Summa
Pravodka
Raqami Sanasi
Raqami
1
566
Mol yetkazib beruvchilar-dan
materialla sotib olинdi
80000
1010
6000
22
1225
Mol yetkazib beruvchilar-dan
ehtiyot qismlar sotib olинdi
40000
1040
6000
3
3
6478
Mol yetkazib beruvchilar-dan
arzon
baholi
tezeskiruvchi
buyumlar sotib olинdi
60000
1080
6000
4. SINTETIK VA ANALITIK HISOB.
О‘zbekiston respublikasida «Buxgalteriya hisobi tо‘g‘risida»gi qonunning
7-moddasi талабига биноан барча хўжалик юритeвчи сeбъектларdabuxgalteriya
hisobi obyektlari sintetik va analitik hisoblarda yuritiladi. SHeнга биноан
281
buxgalteriya hisobi schyotlari xо‘jalik mablag‘lari va ularning manbaalari haqidagi
axborotlarni qamrab olishiga kо‘ra ikki xil bо‘ladi:
Sintetik schyotlar;
Analitik schyotlar.
Ma’lum bir guruh xо‘jalik mablag‘lari va ularning manbaalari hamda
xо‘jalik jarayonlari haqida pul ifodalarida umumlashgan ma’lumotlar beradigan
schyotlar sintetik schyotlar deb ataladi. Sintetik schyotlarda hisobga olish sintetik
hisob deb ataladi. Sintetik schyot ma’lumotlari yordamida korxonaning moliya-
xо‘jalik faoliyati ustidan nazorat о‘rnatiladi hamda butun iqtisodiyot
tarmoqlarining ish faoliyatiga baho beriladi. Sintetik schyotlarga “Asosiy
vositalar”, “Nomoddiy aktivlar”, “Materiallar”, “Ustav kapitali”, “Zahira fondi”,
“Mehnat tо‘lovlari bо‘yicha xodimlar bilan hisoblashuvlar” va h.k schyotlar kiradi.
Korxonaning moliya-xо‘jalik faoliyatlariga nazorat о‘rnatishda va tezkor
boshqaruvni tashkil qilishda faqat sintetik schyotlardan foydalanish yetarli
bо‘lmaydi. Buxgalteriya hisobining har bir obyektining holati va unda bо‘ladigan
о‘zgarishlarni (ta’minot jarayonini, tayyor mashulotlar ishlab chiqarish rejalarini
bajarilishini va xaridorlar bilan tuzilgan shartnomalar bо‘yicha mashulot sotishni
doimiy nazorat qilish va boshqa masalalar) bilish uchun qiymat hamda natural
о‘lchovlardagi batafsil ma’lumotlar zarur bо‘ladi. Shuning uchun buxgalteriya
hisobi tizimida sintetik schyotlar bilan bir qatorda analitik deb nomlangan
schyotlardan ham foydalaniladi.
Xо‘jalik mablag‘lari va ularning manbaalari harakatini pul, natura va mehnat
о‘lchovi kо‘rsatkichlarida hisobga oladigan schyotlar analitik schyotlar deb ataladi.
Analitik schyotlarda hisobga olish analitik hisob deb ataladi. Analitik schyotlar
sintetik schyot ma’lumotlarini iqtisodiy mazmun jihatdan bo’laklarga bo’lib aks
ettiradi. Masalan: “Xom ashyo va materiallar” schyoti bо‘yicha qurilishda, truba,
lak, bо‘yoq, avtomobil sanoatida avtomobillarning alohida bо‘tlovchi qismlari,
motor, oldi oynasi, orqa oynasi, qanotlari, eshiklari va shu kabi boshqa moddiy
qiymatliklar bо‘yicha ochiladigan schyotlar analitik schyotlarga kiritiladi.
282
Sintetik schyotlarda analitik hisob ma’lumotlari umumlashtiriladi. Shuning
uchun ham bitta sintetik schyot bir necha analitik schyotlarga bо‘linishi mumkin.
Agar sintetik schyotlar korxonaning moddiy qiymatliklarini umumiy summasi yoki
debitorlik va kreditorlik qarzlarning holati haqida pul ifodalaridagi umumiy
ma’lumotlarni kо‘rsatsa, analitik schyotlar korxonadagi moddiy qiymatliklarning
alohida turlari bо‘yicha qoldig‘ini, harakatini, joylanishini, xodimlarning har biriga
korxonaning qancha qarzi borligini, har bir hisobdor shaxsning korxonaga bо‘lgan
qarzini va boshqalarni kо‘rsatadi.
Buxgalteriya hisobini rivojlanishida sintetik schyotlar birlamchimi yoki
analitik schyotlar degan haqli bir savolga javob berish kerak bо‘ladi. Bu masalaga
oydinlik kiritish maqsadida oddiy tovar ishlab chiqarish davridagi tovar
ayriboshlash muomilasiga murojaat qilamiz. Tovar muomalasi quyidagi almashuv
shaklida amalga oshiriladi. T-T. Tovar ayriboshlashning rivojlangan bosqichida pul
muomala vositasini bajaradi. Natijada tovar muomilasi jarayoni quyidagi almashuv
shaklida amalga oshiriladi. T-P-T. Bunda №1 tovarning qiymati ma’lum
miqdordagi pul massasida о‘z ifodasini topadi va tovar shaklidan pul shakliga
ko’chadi. Mantiqan tovar ishlab chiqaruvchining xо‘jaligida tovarni tovarga
ayriboshlash yuz beradi. Pul vositachilik rolini bajarib muomila vositasi sifatida
namoyon bо‘ladi, xolos. Har bir tovar ishlab chiqaruvchi, unda qancha, qanday
tovarlar borligini doimo bilishi kerak. Axborotlar oqimining kо‘pligi tufayli
tovarda sodir bо‘ladigan hamma о‘zgarishlarni yodda saqlab bо‘lmaydi. Shuning
uchun tovarni tovarga almashtirishni bilgan har bir mulkdor har xil tovarlar
schyotlarini alohida olib borgan, chunki bitta tovarni sotsa, ikkinchi bir tovarni
sotib oladi. Bundan kо‘rinib turibdiki buxgalteriya hisobi rivojlanishida, eng
avvalo, analitik schyotlar yuzaga kelgan. Korxonalar xо‘jalik-moliyaviy faoliyatida
analitik schyotlar yordamida korxona xо‘jalik mablag‘larining tarkibi aniqlanib,
butligi va ulardan samarali foydalanish ta’minlanadi, shuningdek, moddiy javobgar
shaxslar faoliyatiga nazorat о‘rnatiladi. Analitik schyotlar yordamida qiymat
о‘lchovi kо‘rsatkichlari ma’lumotlar bilan birgalikda natura va mehnat
о‘lchovlarda ham ma’lumotlar olinadi.
283
Xо‘jalik mablag‘larini va ularning paydo bо‘lish manbaalarini, shuningdek,
xо‘jalik jarayonlarini joriy hisobda aks ettirishda sintetik va analitik schyotlarning
bir-biri bilan aloqasini “Xom ashyo va materiallar hisobga olinadigan schyotlar”
sintetik schyot misolida kо‘rib chiqamiz.
Hisobot davrining boshiga “Xom ashyo va materiallar” sintetik schyotida
490000 sо‘m qoldiq bor edi. Shundan: “Chit” schyotidagi qoldiq 400000 sо‘m
(2000 m - 200sо‘m); “Atlas” schyotidagi qoldiq 90000 sо‘m (90m - 1000 sо‘m);
Hisobot oyi davomida korxona omboriga quyidagi moddiy qiymatliklar
qabul qilindi:
“Chit”- 500m., har bir metri 200 sо‘mdan = 100000 sо‘m
“Atlas”- 400m., har bir metri 1000 sо‘mdan = 400000 sо‘m.
Hisobot oyi davomida materiallarning sarfi bilan bog‘liq bо‘lgan quyidagi
operatsiyalar sodir bо‘ldi:
“Chit”- 300m., har bir metri 200 sо‘mdan = 60000 sо‘m
“Atlas”- 200m., har bir metri 1000 sо‘mdan = 200000 sо‘m.
Yuqorida bayon qilingan operatsiyalarni sintetik schyotlarda quyidagicha aks
ettiramiz:
Korxona omboriga qabul qilingan moddiy qiymatliklar bilan bog‘liq bо‘lgan
operatsiyani:
D-t–“Xom ashyo va materiallar” schyoti – 500000
K-t - ”Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar” schyoti
– 500000 sо‘m
Materiallarning sarfi bilan bog‘liq bо‘lgan operatsiyani
D-t - ”Asosiy ishlab chiqarish” schyoti – 260000
K-t - “Xom ashyo va materiallar ” schyoti - 260000sо‘m.
Keltirilgan ma’lumotlarni “Xom ashyo va materiallar”sintetik schyotiga
ochilgan analitik schyotlarga yozib chiqamiz:
Misoldan kо‘rinib turibdiki, “Xom ashyo va materiallar” sintetik schyotning
oy boshiga qoldig‘i, debet va kredit oborotlari hamda oy oxiriga qoldiq summalari
shu sintetik schyotga tegishli bо‘lgan, bizning misolimizda ikkita, ya’ni “Chit” va
284
“Atlas” analitik schyotlarning xuddi shunday ma’lumotlarning pul ifodasidagi
yig‘indilariga teng bо‘ladi. Agar bu tenglik buzilsa, unda joriy hisobni tashkil
qilishda, yoki sintetik hisobni yurgizishda, yoki analitik hisobni yurgizishda
xatolikka yо‘l qо‘yilgan bо‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |