8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI
4-Misol. “Toshmuhammadhoji” xususiyfirmasi jamoasining qaroriga binoan
о‘tgan hisobot yili foydasi hisobiga zahira fondi tashkil qilindi - 1500000 sо‘m.
Ushbu operatsiya natijasida firmaning foyda summasi kamayishi, zahira fondini
kо‘payishi kuzatiladi.Bu operatsiyada ikkita sintetik schyot ishtirok etgan. Biri
278
“Foyda va zararlar”schyoti, ikkinchisi esa “Zahira fondi” schyoti. Xо‘jalik
operatsiyasida ishtirok etuvchi schyotlarning ikkalasi ham passivdir, chunki ular
balansning passiv moddalariga mos schyotlar. Bizga ma’lumki, passiv schyotlarda
kо‘payish schyotning kredit tomonida, kamayish esa uning debet tomonida
kо‘rsatiladi. Shuning uchun ham mazkur xо‘jalik operatsiyasi ta’sirida schyotlarda
quyidagicha о‘zgarish sodir bо‘ladi: “Foyda va zararlar” schyotida foyda 1500000
sо‘mga kamayadi va bir vaqtning о‘zida “Zahira fondi” schyotida mablag‘lar
1500000 sо‘mga kо‘payadi. “Foyda va zararlar” schyoti passiv bо‘lganligi uchun
kamayish uning debet tomoniga yoziladi, “Zahira fondi” schyoti ham passiv
shuning uchun fondni tashkil qilinishi yoki mavjud zahiralar mablag‘ining
kо‘payishi bu schyotining kredit tomonga yoziladi. Bu operatsiya quyidagi
buxgalteriya pravodkasi bilan rasmiylashtiriladi:
D-t “ Foyda va zararlar ” schyoti - 1500000 sо‘m
K-t “ Zahira fondi ” schyoti - 1500000 sо‘m
Mazkur yozuv schyotlarda quyidagi sxemada aks ettiriladi:
Pravodkalar shaklan ikki xil bо‘ladi: oddiy va murakkab. Oddiy buxgalteriya
pravodkasini tuzishda faqat ikkita schyot ishtirok etadi. Bunda sodir bо‘lgan
xо‘jalik operatsiyasini bir schyotning debetiga va ikkinchi bir schyotning kredetiga
teng summalarda yoziladi. Bunday yozuvga oddiy buxgalteriya pravodkasi
deyiladi.
Murakkab buxgalteriya pravodkasini tuzishda uchta va undan ortiq schyotlar
ishtirok etadi. Bunda sodir bо‘lgan xо‘jalik operatsiyasini bitta schyotning debetiga
hamda ikkita va undan ortiq schyotlarning kreditiga yoki teskarisi, bitta schyotning
kreditiga hamda ikkita va undan ortiq schyotlarning debetiga teng summalarda
279
yoziladi. Bunday yozuvga murakkab buxgalteriya pravodkasi deyiladi. Masalan:
faraz qilaylik “Toshmuhammadhoji” xususiyfirmasi mol yetkazib beruvchilardan
quyidagi moddiy qiymatliklarni sotib oldi: materiallar - 80000 sо‘m, ehtiyot
qismlar - 40000 sо‘m, arzon baholi tezeskiruvchi buyumlar - 60000 sо‘m. Bu
operatsiya ta’sirida firmaning ombordagi moddiy qiymatliklar ham, mol yetkazib
beruvchilarga bо‘lgan qarzdorligi ham kо‘payadi. Mol yetkazib beruvchiga
bо‘lgan qarzning umumiy summasi 200000 sо‘mni (80000+40000+60000) tashkil
qiladi.
shbu operatsiya murakkab pravodka bilan quyidagicha rasmiylashtiriladi.
Dt -1010 - “Xom-ashyo va materiallar” - 80000 sо‘m.
Dt -1040 - “ Ehtiyot qismlar” - 40000 sо‘m.
Dt -1080 - “Inventar va xо‘jalik ashyolari” -1080- 60000 sо‘m.
Kt -6000 - “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob kitoblar” -
200000 sо‘m.
Yuqoridagi bitta murakkab yozuvni uchta oddiy provodka kо‘rinishda ham yozish
mumkin:
1.
Dt -1010 - “Xom-ashyo va materiallar” - 80000 sо‘m,
Kt - 6000-“Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob - kitoblar”-
80000 sо‘m.
2.
Dt -1040 “Ehtiyot qismlar” - 40000 sо‘m,
Kt – 6000 - “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob - kitoblar”
- 40000 sо‘m.
3.
Dt -1080 - “Inventar va xо‘jalik ashyolari”Kam qiymatli va tezeskiruvchi
buyumlar” – 60000 sо‘m,
Kt – 6000 - “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob kitoblar” -
60000 sо‘m.
Xо‘jalik operatsiyalari ta’sirida ikki va undan ortiq schyotlarning о‘zaro
bog‘lanishi schyotlar aloqasi (korrespondensiyasi), о‘zaro bog‘lanuvchi schyotlar
esa aloqador (korrespondensiyalanuvchi) schyotlar deyiladi.
280
Korxonalar faoliyatida sodir bо‘lgan xо‘jalik operatsiyalari ustidan nazorat
olib borish maqsadida xо‘jalik operaiyalarini qayd qilish “Xronologik jurnali”
yurgizishadi (