Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


Passivlar hisobga olinadigan schyotlar-



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI


Passivlar hisobga olinadigan schyotlar- 
bu guruhga kiruvchi schyotlar turli 
xildagi joriy va uzoq muddatli majburiyatlarni kо‘payishini yoki kamayishini 
kо‘rsatadi. Passivlar hisobga olinadigan schyotlarga quyidagi schyotlar kiradi. 


294 
“Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarni tо‘lovga olingan schyotlarini joriy 
qismi”, “Bо‘linmalarni tо‘lovga olingan schyotlarni joriy qismi”, “Kechiktirilgan 
majburiyatlarni joriy qismini hisobga oluvchi schyotlar”, “Olingan bunaklarni joriy 
qismini hisobga oluvchi schyotlar”, “Byudjetga tо‘lovlar bо‘yicha qarzlarni 
hisobga oluvchi schyotlar, ”Ta’sischilarga bо‘lgan qarzdorliklarni hisobga oluvchi 
schyotlar, “Xodimlar bilan mehnatga haq tо‘lash bо‘yicha hisoblashishlarni 
hisobga oluvchi schyotlar”, “Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarni tо‘lovga 
olingan schyotlarini uzoq muddatli qismi” va boshqa schyotlar.
 
Kapitalni hisobga oluvchi schyotlar – 
bu guruhga kiruvchi schyotlar 
mulkdorlarning korxona faoliyatiga jalb qilingan mablag‘larini va ularning 
о‘zgarishlarini hisobga olish uchun belgilangan. Kapitalni hisobga oluvchi 
schyotlarga quyidagi schyotlar kiradi. “Ustav kapitalini hisobga oluvchi schyotlar”, 
“Qо‘shilgan kapitalni hisobga oluvchi schyotlar”, “Rezerv kapitalini hisobga 
oluvchi schyotlar”, “Sotib olingan о‘zining aksiyalarini hisobga oluvchi schyotlar”.
 
Daromad va sarflarini hisobga oluvchi schyotlar –
bu guruhga korxona 
kapitali miqdorini о‘zgartiradigan schyotlar kiradi. Ma’lumki korxona kapitali 
daromadlar va sarflar bilan bog‘liq bо‘ladi. Madomiki shunday ekan, korxonaning 
moliya-xо‘jalik faoliyatidagi daromadlar sarflardan kо‘p bо‘lsa foyda, agar sarflar 
daromaddan kо‘p bо‘lsa zarar olinadi. Har bir korxonaning yakuniy maqsadi foyda 
olish bо‘lib hisoblanadi. Shunga muvofiq korxona buxgalteriyasi rahbariyatni bu 
maqsadga erishish uchun zarur bо‘lgan ma’lumotlar bilan ta’minlashi zarur. Har 
bir daromad va sarflar bо‘yicha schyotlarning mavjudligi bu vazifani bajarishning 
asosiy sharti bо‘lib hisoblanadi. Bu schyotlarga quyidagi schyotlar kiradi: “Asosiy 
faoliyatdan (operatsion) daromadlarni hisobga oluvchi schyotlar”, “Sotilgan 
mashulotlarni (ishlar, xizmatlar) tannarxini hisobga oluvchi schyotlar”, “Asosiy 
vositalar va bо‘lak aktivlarni sotishni va boshqa chiqib ketishlarini hisobga oluvchi 
schyotlar”, “Asosiy faoliyatdan boshqa daromadlarni hisobga oluvchi schyotlar”, 
“Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar”, “Sotish bо‘yicha sarflarni hisobga 
oluvchi schyotlar”, “Boshqaruv sarflarini hisobga oluvchi schyotlar”, “Boshqa har 
xil operatsion sarflarni hisobga oluvchi schyotlar”, “Kelgusida soliqqa tortish 


295 
bozasidan chiqarib tashlanadigan hisobot davri sarflarini hisobga oluvchi 
schyotlar”, “Xizmat kо‘rsatuvchi xо‘jalikni hisobga oluvchi schyotlar”, 
“Moliyaviy faoliyatdan daromadlarni hisobga oluvchi schyotlar”, “Moliyaviy 
faoliyat bо‘yicha sarflarni hisobga oluvchi schyotlar”, “Favqulotda foydalarni 
(zararlarni) hisobga oluvchi schyotlar”, “Soliq tо‘lovlari va yig‘imlar uchun 
foydani ishlatishni hisobga oluvchi schyotlar”, “Yakuniy moliyaviy natijalarni 
hisobga oluvchi schyotlar”. 

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin