293
“Lizing shartnomasi bо‘yicha moliyalashtirishdan olingan asosiy vositalar” -
bu guruhga kiruvchi schyotlar ijarachi korxonada ishlatiladi va lizing shartnomasi
bо‘yicha uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar harakati tо‘g‘risidagi
axborotlarni qayd qilish uchun xizmat qiladi.
“Nomoddiy aktivlar hisobga olinadigan schyotlar” - bu guruhga kiruvchi
schyotlar korxonaning asosiy faoliyatida foydalaniladigan nomoddiy aktivlarni
harakatini qayd qilish uchun xizmat qiladi. Odatda har bir turdagi nomoddiy aktiv
uchun alohida schyot ochiladi, misol “Patentlar, ruxsatnomalar va nou-xau”,
“Dastur ta’minotlari”, “Mualliflik huquqi”, “Yerdan va tabiiy resurslardan
foydalanish huquqi” va boshqalar.
“Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar” - bu guruhga kiruvchi schyotlar
korxonaning asosiy faoliyatida foydalaniladigan xom-ashyo zahiralari, materiallar,
sotib olingan yarim tayyor mashulotlar va butlovchi buyumlar, yoqilg‘i, idishlar,
ehtiyot qismlar va boshqa shu kabi qiymatliklar va ularning harakati tо‘g‘risidagi
ma’lumotlarni hisobga olish uchun xizmat qiladi. Har bir turdagi moddiy qiymatlik
uchun alohida schyot ochiladi, misol “Xom ashyo va materiallar”, “Sotib olingan
yarim tayyor mashulotlar va butlovchi buyumlar”, “Yoqilg‘i”, “Idishlar”, “Ehtiyot
qismlar” va boshqalar.
“Kassa” – korxona kassasidagi naqd pullar va unga tenglashtirilgan
mablag‘larni harakatini qayd qilish uchun ishlatiladi. Bu mablag‘larga tangalar,
valyutalar, cheklar, markalar va shu kabilar kiradi.
“Olinadigan schyotlar” – yuklab jо‘natilgan va kо‘rsatilgan xizmatlar uchun
kelgusida qilinadigan tо‘lovlarni hisobga olish uchun ishlatiladi.
“Tayyor mashulotlarni hisobga oluvchi schyotlar”- tayyor mashulotlar va
ularning harakatini hisobga olish uchun ishlatiladi.
“Tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar”- tovar-moddiy qiymatliklar va
ularning harakatini hisobga olish uchun ishlatiladi
Dostları ilə paylaş: