Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


Buxgalteriya hisobi schyotlarini tayinlanishi va tuzilishiga qarab



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

 
Buxgalteriya hisobi schyotlarini tayinlanishi va tuzilishiga qarab 
turkumlarga ajratish 
- schyotlarning nima uchun xizmat qilishi hamda ularning 
debet, kredit oborotlari va hisobot davrining oxiriga qoldiqlari qanday mazmunga 
ega ekanligini bilishga asos bо‘ladi. Bunday turkumlash schyotlarda xо‘jalik 
operatsiyalarini yozish uchun kerakli kо‘rsatkichlar qayerdan olinishini kо‘rsatib, 
xо‘jalik operatsiyalarini ikki yoqlama yozish usulini о‘zlashtirishga ham yordam 
beradi. 
Schyotlar tayinlanishi va tuzilishiga kо‘ra, doimiy, tranzit va balansdan 
tashqari schyotlarga bо‘linadi. 
Doimiy schyotlar hisobot davrining oxiriga buxgalteriya balansida 
kо‘rsatiladigan qoldig‘i bor bо‘lgan aktivlar, majburiyatlar va kapitallar hisobga 
olinadigan schyotidir. Doimiy schyotlar aktiv, passiv, kontr-aktiv va kontr-passiv 
schyotlarga bо‘linadi. 
Aktiv schyotlar – korxonalarning aktivlarini hisobga olish uchun belgilangan 
schyotlardir. 
Passiv schyotlar – korxona mablag‘lari manbaalarini va maburiyatlarini 
hisobga olish uchun belgilangan schyotlardir. 
Kontr - aktiv schyotlar- aktivlarni moliyaviy hisobotda sof qiymatida 
kо‘rsatish uchun, ularning qoldig‘ini kamaytiruvchi ya’ni qoldig‘i aktiv schyotning 
qoldig‘idan ayirib tashlanadigan schyotlardir. 


297 
Kontr-passiv schyotlar- passivlarni yoki kapitalni moliyaviy hisobotda sof 
qiymatida kо‘rsatish uchun, ularning qoldig‘ini kamaytiruvchi ya’ni qoldiqlari 
passiv schyotning qoldig‘idan ayirib tashlanadigan schyotlardir. 
Tranzit schyotlar-daromad va sarflarni vaqtincha schyoti bо‘lib, hisobot 
davri davomida ishlatiladi va hisobot davrining oxirida bekiladi, ya’ni hisobot 
davrining oxiriga tuziladigan balansda aks ettiriladigan qoldig‘i bо‘lmaydi. 
Balansdan 
tashqari 
schyotlar-korxona 
huquq 
va 
majburiyatlariga 
kirmaydigan, ammo vaqtincha uning ixtiyorida bо‘lgan aktivlarni mavjudligi va 
harakati tо‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun belgilangan schyotlardir.

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin