Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


 OBOROT QAYDNOMALARI VA ULARNI TAVSIFI



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

 
8. OBOROT QAYDNOMALARI VA ULARNI TAVSIFI.
Iqtisodiy adabiyotlarda buxgalteriya hisobini tashkil qilishni ikki qismga 
bо‘lib kо‘rsatiladi: birinchi qism, joriy hisob, ikkinchi qism, moliyaviy hisobotlar 
tuzish. 
Joriy 
hisobga 
odatda, 
sodir 
bо‘lgan 
xо‘jalik 
operatsiyalarini 
hujjatlashtirishdan toki buxgalteriya pravodkalarini schyotlarga yozib chiqish 
oralig‘ida amalga oshiriladigan ishlar kiritiladi. Xususan, xо‘jalik operatsiyalarini 
hujjatlashtirishga, buxgalteriya hisobi registrlariga va Bosh kitobga yozishga, 
sintetik va analitik schyotlarning hisobot davri oxiriga qoldiqlarini topishga joriy 


299 
hisob, deb qaraladi. Shunga kо‘ra, korxonalar faoliyatida sodir bо‘ladigan xо‘jalik 
jarayonlarini hujjatlashtirish va ularni buxgalteriya hisobi schyotlarida qayd qilib 
borish joriy hisob, deb aytiladi. 
Hisobot davri tugagandan keyin (yoki zaruriyat tug‘ilganda) korxonalar 
belgilangan tartibda moliyaviy hisobotlar tuzishadi. Buning uchun hisobot 
davrining oxirida barcha schyotlar bо‘yicha ma’lumotlar jamlab chiqiladi va 
ularning hisobot davri oxiriga qoldiqlari hisoblab topiladi. Bunday umumlashgan 
ma’lumotlaridan balans va moliyaviy hisobotlarni tuzishda, shuningdek, korxona 
faoliyati boshqaruviga taalluqli bо‘lgan qarorlar qabul qilishda foydalaniladi.
Qarorlar qabul qilish va hisobotlar tuzish uchun zarur bо‘lgan joriy hisob 
ma’lumotlarini tо‘g‘riligiga ishonch hosil qilish uchun hisobot davrida 
foydalanilgan schyotlarning ma’lumotlari jamlab chiqilib qoldiqlari topiladi va 
schyotlarning umumlashgan ma’lumotlari asosida oborot qaydnomasi tuziladi. 
Shunga kо‘ra buxgalteriya hisobini tashkil qilishni uch qismga bо‘lish maqsadga 
muvofiq: joriy hisob, joriy hisob ma’lumotlarini jamlash (joriy hisob tо‘g‘ri 
yurgizilganligini tekshirib kо‘rish maqsadida sintetik va analitik schyotlar bо‘yicha 
oborot qaydnomalari tuzish) va moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish. 
Sintetik va analitik schyotlar bо‘yicha aylanma qaydnomalar,joriy hisobni 
tо‘g‘ri olib borilganligini bilish maqsadida, hisobot davri tugagandan keyin 
ma’lumotlari jamlab chiqilgan va qoldiqlari topilgan sintetik va analitik 
schyotlarning ma’lumotlari asosida tuziladi.
Sintetik schyotlar oborot qaydnomasi о‘zida quyidagi ma’lumotlarni aks 
ettiradi: schyotlar nomi va shifri; hisobot davrining boshiga qoldiq; hisobot 
davrining oboroti; hisobot davrining oxiriga qoldiq. Hisobot davri boshiga qoldiq 
summalar, о‘tgan davrdagi sintetik schyotlar bо‘yicha oborot qaydnomaning oxirgi 
qoldig‘idan, schyotlarning hisobot davridagi oboroti va oxiriga qoldiq summalari 
sintetik schyotlardan kо‘chirib yoziladi. Quyida sintetik schyotlar oborot 
qaydnomasini tuzilishi keltirilgan. Jadval ma’lumotlaridan kо‘rinib turibdiki, 
sintetik schyotlar oborot qaydnomasida summalari bir-biriga teng uch juft ustun 
mavjud. 


300 
Birinchi juft tenglik: oborot qaydnomasining tо‘rtinchi ustun summalarining 
jami, beshinchi ustun summalarining jamiga tengligi. Bu tenglik о‘tgan hisobot 
davrining balansidan yoki xо‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish 
manbaalarining tengligidan kelib chiqadi. Chunki, schyotlarning oy boshiga 
qoldig‘i о‘tgan hisobot davrining balansidan olib yoziladi. Agar bu ustunlar 
tengligi buzilsa, unda yо‘l qо‘yilgan xatolik quyidagicha topiladi: 
1. Oborot qaydnomasining tо‘rtinchi, beshinchi ustun jamlari yana bir bor 
jamlab chiqiladi. Agar arifmetik qо‘shishda xatolikka yо‘l qо‘yilgan bо‘lsa, xatolik 
topiladi; 
2. Schyotlarning oy boshiga qoldig‘ini oborot qaydnomasiga kо‘chirib 
yozish tekshirib kо‘riladi. Agar schyotlarning oy boshiga qoldig‘ini oborot 
qaydnomasiga kо‘chirib yozishda xatolikka yо‘l qо‘yilgan bо‘lsa, xatolik topiladi; 
3. О‘tgan hisobot davri balansidan schyotlarning oy boshiga qoldig‘ini 
kо‘chirib yozilganligi tekshirib kо‘riladi. Agar schyotlarning oy boshiga qoldig‘ini 
о‘tgan hisobot davr balansidan kо‘chirib yozishda xatolikka yо‘l qо‘yilgan bо‘lsa, 
xatolik topiladi. 
Ikkinchi juft tenglik: oborot qaydnomasining oltinchi ustun summalarining 
jami, yettinchi ustun summalarining jamiga tengligi. Bu tenglik xо‘jalik 
operatsiyalarini buxgalteriya hisobi schyotlarida ikki yoqlama yozish usulidan 
kelib chiqadi. Bunda har bir xо‘jalik operatsiyasi bir schyotning debetiga, ikkinchi 
bir schyotning kreditiga teng summalarda yoziladi. Shuning uchun barcha 
schyotlarning debet oborotlari summasining jami ularning kredit oborotlari 
summasining jamiga teng bо‘ladi. Agar oltinchi va yettinchi ustun tengliklari 
buzilsa, unda yо‘l qо‘yilgan xatolik quyidagicha topiladi: 
1. Oborot qaydnomasining oltinchi va yettinchi ustun jamlari yana bir bor 
jamlab chiqiladi. Agar arifmetik qо‘shishda xatolikka yо‘l qо‘yilgan bо‘lsa, xatolik 
topiladi; 
2. Schyotlarning oy davomidagi debet va kredit oborotlarini oborot 
qaydnomasiga kо‘chirib yozib tekshirib kо‘riladi. Agar schyotlarning oy 


301 
davomidagi debet va kredit oborotlarini oborot qaydnomasiga kо‘chirib yozishda 
xatolikka yо‘l qо‘yilgan bо‘lsa, xatolik topiladi. 
3. Buxgalteriya hisobi schyotlarining debet va kredit oborotlarining jami 
qayta hisoblab kо‘riladi. Agar schyotlarning oborotlarini jamlashda arifmetik 
xatolikka yо‘l qо‘yilgan bо‘lsa, xatolik topiladi. 
4. Xо‘jalik operatsiyalari bо‘yicha tuzilgan provodkalarni buxgalteriya 
hisobi schyotlariga teng summalarda yozib chiqish tekshirib kо‘riladi. Agar 
provodkalarni buxgalteriya hisobi schyotlariga yozib chiqishda xatolikka yо‘l 
qо‘yilgan bо‘lsa, xatolik topiladi. 
Uchinchi juft tenglik: oborot qaydnomasining sakkizinchi ustun 
summalarining jami, tо‘qqizinchi ustun summalarining jamiga tengligi. Bu tenglik 
birinchi va ikkinchi juft tengliklaridan kelib chiqadi. Agar oborot qaydnomasida 
sakkizinchi hamda tо‘qqizinchi ustun tengliklari buzilsa, unda yо‘l qо‘yilgan 
xatolik quyidagicha topiladi: 
1. Oborot qaydnomasining sakkizinchi hamda tо‘qqizinchi ustun jamlari 
yana bir bor jamlab chiqiladi. Agar arifmetik qо‘shishda xatolikka yо‘l qо‘yilgan 
bо‘lsa, xatolik topiladi; 
2. Schyotlarning oy oxiriga qoldig‘ini oborot qaydnomasiga kо‘chirib yozish 
tekshirib kо‘riladi. Agar schyotlarning oy oxiriga qoldig‘ini oborot qaydnomasiga 
kо‘chirib yozishda xatolikka yо‘l qо‘yilgan bо‘lsa, xatolik topiladi. 
3. Schyotlarning oy oxiriga qoldig‘i summalari tо‘g‘ri topilganligi qayta 
tekshirib kо‘riladi. Agar schyotlarning oy oxiriga qoldig‘ini hisoblashda xatolikka 
yо‘l qо‘yilgan bо‘lsa, xatolik topiladi. 
Sintetik hisob schyotlari bо‘yicha oborot qaydnomalarini tuzishdan oldin, 
ayrim sintetik schyotlar bо‘yicha ochilgan va yuritilgan analitik schyotlar bilan 
о‘sha sintetik schyot ma’lumotlarining mosligini tekshirib kо‘rish maqsadida 
sintetik schyotlarga tegishli bо‘lgan analitik schyotlar bо‘yicha oborot qaydnoma 
tuzib chiqiladi. Analitik schyotlarning oborot qaydnomasi hisobot davrining 
boshiga qoldiq, hisobot davrida kirim, hisobot davrida chiqim, hisobot davrining 
oxiriga qoldiq kabi ma’lumotlarni natural va qiymat о‘lchovlarda aks ettiradi. 


302 
Bunda analitik schyotlar oborot qaydnomasining oy boshiga qoldiq ustunining 
jami, sintetik schyotning oy boshiga qoldig‘iga, kirim ustunining jami, sintetik 
schyotning debet oborotiga, chiqim ustunining jami, sintetik schyotning kredit 
oborotga, oy oxiriga qoldiq ustunining jami, sintetik schyotning oy oxiridagi 
qoldig‘iga teng bо‘lishi kerak. Shuningdek, korxonada foydalanilayotgan 
hisobchilik shaklining xususiyatiga qarab, shaxmatsimon oborot qaydnomalaridan 
ham foydalaniladi. Shaxmatsimon oborot qaydnomalar hisobot davri davomida 
sodir bо‘lgan xо‘jalik muomalalarini mazmunini, schyotlarning о‘zaro 
bog‘lanishini, ularning qoldiqlarini va oborotlar yig‘indisini aks ettiradi. 
Shaxmatsimon oborot qaydnomalaridan buxgalteriya hisobini tashkil qilishda 
foydalanadigan schyotlar miqdori cheklangan, unchalik katta bо‘lmagan 
mikrofirmalarda va byudjet korxonalari faoliyalarida foydalaniladi. 
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, oborot qaydnomalari boshqaruv 
qarorlarini qabul qilish hamda moliyaviy hisobotlarni tuzishda foydalaniladigan 
joriy hisob umumlashtirish va tekshirish vositasi bо‘lib xizmat qiladi. 

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin