298
Xо‘jalik mablag‘larini tashkil topish manbaalarini
hisobga oluvchi
schyotlarda xо‘jalik subyektlarining о‘z mablag‘lari manbaalari, ularning
oborotiga jalb qilingan mablag‘lar manbaalari va ularning xо‘jalik faoliyatidan
olinadigan moliyaviy natijalar aks ettiriladi.
Korxonalarni о‘z mablag‘lari manbai bо‘lib, har
xil kapital va zahiralar
xizmat qiladi. Bu guruhi schyotlari yordamida mavjud kapital va zahiralar hamda
ularning о‘zgarishi, shuningdek, ulardan foydalanishga doir kо‘pgina
umumlashtiruvchi ma’lumotlar olinadi.
Korxona faoliyatiga jalb qilingan mablag‘larning manbaalarini aks
ettiriruvchi schyotlar amaldagi schyotlar rejasida alohida guruhga ajratilgan, bu
schyotlarda banklarning qisqa
va uzoq muddatli kreditlari, mol yetkazib beruvchi
va pudratchilar hamda har xil kreditorlar bilan hisob-kitoblar, qisqa muddatga
olingan qarzlar va boshqalar tо‘g‘risidagi ma’lumotlar umumlashtiriladi. Bu
schyotlar “Hisob kitoblar”, “Kreditlar va mablag‘ bilan ta’minlash”
degan
bо‘limlarda keltirilgan.
Bundan kо‘rinib turibdiki, buxgalteriya hisobi schyotlarining iqtisodiy
mazmuniga qarab turkumlarga ajratganda schyotlarda hisobga olinadigan
obyektlarning iqtisodiy mazmunini birligi asos qilib olinadi.
Shuning uchun ham
iqtisodiy mazmuniga qarab bir guruhda keltirilgan schyotlarning tayinlanishi va
tuzilishi turlicha bо‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: